Anarxizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Anarxizm (yun. anarchia – hokimiyatsizlik, beboshlik) – rahbar sifatida faqat alohida shaxsning xohish-irodasinigina tan olib, har qanday hokimiyat va davlat tuzumini rad etuvchi jamiyat toʻgʻrisidagi ta’limot. Antik dunyo zamonidayoq A.ga xos fikr yuritish alomatlari boʻlgan, qadimgi xristi-anlikda diniy shaklda, keyinchalik oʻrta asrlar mazhablarida ham uchraydi. Lekin ilmiy nazariya sifatida A. keyin pay-do boʻlgan. Nemis faylasufi K. Shmidt (Shtirner), fransuz olimi P. Prudon, rossiyalik M. Bakunin uning nazariyotchilari hisoblanadi. A. ba’zi oʻrinlarda liberalizm bilan chatishib ketadi, har qanday davlat hokimiyatini yoʻqotishni va ishlab chiqaruvchilar uyushmalarining federatsiyasini tuzishni yoqlaydi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil