Shimoliy Irlandiya
Ushbu maqolani Olster bilan birlashtirish taklif etiladi. |
Shimoliy irlandiya, Olster — Buyuk Britaniyaning maʼmuriy-siyosiy qismi. Irlandiya o.ning shim.sharqiy qismida joylashgan. Maydoni 14,2 ming km². Aholisi 1675 ming kishi (1997). Asosiy shahri — Belfast. Maʼmuriy jihatdan 26 okrugga boʻlingan.
SH.I.ning 20-asr boshlarigacha boʻlgan tarixi Irlandiya tarixi bilan uzviy bogʻliq. Bu hududda odamlar mil. av. 6ming yillikdan, kelt qabilalari esa mil. av. 4-asrdan yashay boshlagan. Ilk oʻrta asrlarda bu hudud mustaqil Olster Irland Qirolligining tarkibiga kirgan. 12-asr oxirida rasman ingliz taxtiga tobe boʻlgan boʻlsa ham amalda hokimiyat klan qabilasi boshliklari qoʻlida boʻlgan (q. Olster, tarixiy viloyat). 16-asrda Irlandiya hududining barcha qismida Angliya hukmronligi oʻrnatilgach, hozirgi Shimoliy Irlandiya hududi Olster viloyati tarkibiga kirgan. 1919—21 yillardagi irland xalqining inglizlarga qarshi olib borgan milliy ozodlik urushi natijasida 1921 yil imzolangan AngliyaIrlandiya shartnomasiga koʻra, Buyuk Britaniya Irlandiyaning katta qismiga dominionlik huquqini berdi (1949 yildan Irlandiya Respublikasi), ammo Sh.I. hududidagi hukmronligini saqlab qoldi. Irlandiyaning ana shu ajratib olingan qismida rasman Buyuk Britaniya va Shim. Irlandiya Qoʻshma Qirolligi tarkibida muxtor viloyat (Shim. Irlandiya) tashkil etildi.
Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |