Bosh Sahifa
Oʻzbekcha Vikipediyadagi maqolalar soni: 259 867
Buxoro qamali — 1220-yil mart oyida, yaʼni moʻgʻullar tomonidan Xorazmshohlar davlatinining bosib olishi davrida sodir boʻlgan harbiy bosqin. Bosqinda Moʻgʻullar imperiyasining xoni Chingizxon sulton Muhammad II tomonidan boshqarilayotgan Xorazmshohlar davlati bilan tutashgan chegaraning turli tomonlaridan hujum uyushtirgan. Xorazmshoh yirik shaharlarni yakka tartibda mudofaa qilishni rejalashtirgan boʻlsa, moʻgʻullar chegara shahar — Oʻtrorni qamal qilib, Xorazmshohlar davlatiga qaqshatqich zarbalar berishni maqsad qilgandi. Buxoro shahri Xorazmshohlar davlatining yirik savdo va madaniy markazi boʻlgan. Shahar Moʻgʻullar imperiyasi bilan chegaradan ancha uzoqda joylashganligi sababli xorazmshoh bu shaharni himoya qilish uchun 20 000 dan kamroq askar ajratgan. Soni 30 000 dan 50 000 gacha boʻlgan moʻgʻul qoʻshinlari katta qoʻshin uchun oʻtib boʻlmas toʻsiq deb hisoblangan Qizilqum choʻlini kesib oʻtishga muvaffaq boʻlganlar. Buxoro mudofaachilari butunlay sarosimaga tushgan va muvaffaqiyatsiz jangdan soʻng tashqi shahar uch kun ichida taslim boʻlgan. Xorazmlik hukmdorga sodiq askarlar qal’a buzib tashlangunga qadar ikki haftadan kamroq vaqt davomida mudofaani davom ettirganlar. Moʻgʻul qoʻshini qoʻrgʻondagi barchani oʻldirib, aholining katta qismini qul qilib olgan. Mohir hunarmandlar mehnat mahsuli moʻgʻullar tomonidan oʻzlashtirilgan, boshqalar esa harbiylikka jalb etilgan. Garchi oʻsha paytda Buxoro yongʻinlar oqibatida vayron boʻlgan boʻlsa-da, talafot nisbatan kamroq boʻlgan. Qisqa vaqt ichida shahar yana savdo va madaniy markazga aylanib, Pax Mongolica davrida yanada rivojlangan. (Davomi...)
Zebunniso begim — shoira, maʼrifatparvar. Boburiylar sulolasidan Avrangzebning qizi. Onasi Dilrasbonuning shajarasi Safaviylarga va Boburning qizi — Gulbadan begimga borib taqaladi. „Maxfiy“ taxallusi bilan ijod qilgani taxmin qilinadi. Zebunniso begim hayoti va ijodi haqida Bareliy, Sherxoni Ludiy, Hakimxon toʻra kabi tarixchi va tazkiranavis olimlar asarlarida maʼlumotlar keltirilgan. U yetti yoshida Qurʼonni toʻliq yod olgan, keyinchalik falsafa, mantiq, yulduz ilmi, tarix, fiqh fanlarini yaxshi oʻzlashtirgan, nastaʼliq, nasʼh, shikasta xatlarini mahorat bilan yozgan, bir necha marta husnixat bilan Qurʼonni koʻchirgan. Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarini oʻrganib, sheʼriyatga boʻlgan ixlosi oshgan, atrofidagi shoir va olimlariga turli tarjimalar, qoʻlyozmalarni koʻchirishni buyurtma qilgan, ularni maosh bilan taʼminlab kelgan. Zebunniso begimning kutubxonasi oʻz davri kutubxonalari ichida eng kattasidir. Malika bobosining istagiga koʻra oʻz amakivachchasi Sulaymonshukuh bilan unashtirilgan. Amakivachchasi vafot etgach, umrining oxiriga qadar boshqa turmush qurmagan. (Davomi...)
Shirbudun saroyi — Buxoro amirlarining siyosiy qarorgohlaridan biri. Saroy Buxoro amirligida hukmronlik qilgan Amir Muzaffarxon va Amir Abdulahadxon davrlarida qurib bitkazilgan. 1870-yillarda Shirbudun atrofida durezgar Abdurasul, ganchkor (gilkor) usta Rahim Hayotov va boshqa ustalar ishtirokida saroy, masjid, hovuz, tomoshagoh kabi binolar qurilgan. Binoning tashqi koʻrinishi oʻzida Eron va Yevropa arxitekturasi belgilarini mujassamlashtirgan. Saroydan, asosan, elchilarni kutib olish, yarmarkalar va turli xil sayllar oʻtkazilishida foydalanib kelingan. Shirbudun saroyi Yevropa dizayniga xos mebellar hamda qandillari bilan ajralib turgan. Buxoro amiri Amir Abdulahadxon hukmronlik qilgan davrda majmua uchun qoʻshimcha xonalar va koʻngilochar zal qurilgan. Saroy taxminan XX asr oʻrtalarida toʻliq buzib yuborilgan, bugungi kungacha saqlanib qolmagan. (Davomi...)
Soʻnggi tanlangan roʻyxat
Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari roʻyxati
Bitta oldingi tanlangan roʻyxat
- Fizika boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori Peter Higgs (tasvirda) 94 yoshida vafot etdi.
- Orskdagi toʻgʻonning oʻpirilishi natijasida Orenburg viloyatida suv toshqini sodir boʻldi.
- Tayvanning janubi-sharqidagi Hualien okrugida magnitudasi 7,4 ballik zilzila sodir boʻldi.
- AQShning Baltimor shahridagi koʻprikka konteyner tashuvchi kema kelib urilganidan soʻng koʻprik qulab tushdi.
- Zilzilalarni bashorat qilish metodi haligacha yoʻq.
- Islandiyadagi Eyjafjallajökull muzligi nomini dunyo aholisining 0.005 foizi toʻgʻri ayta oladi.
- Toʻybop qoʻshiqning matnini mashhur qiziqchi yozgan.
- Alfred Nobel nazariy fanlarga qiziqmagani uchun matematika boʻyicha mukofot taʼsis qilmagan (sevgilisi matematik bilan qochib ketgani uchun, degan gap esa afsonadir).
- Ravshan Ermatov futbol boʻyicha jahon chempionatlarini eng koʻp boshqargan hakam sifatida Guinness rekordlar kitobiga kiritilgan.
- Avtomobil oynalarini qoraytirish — jinoyat emas.
- Kompyuter sichqonini ishlatish mumkin boʻlgan ilk kompyuter Xerox Alto (tasvirda) boʻlgan.
- 1568 — Maria Stewart oʻz qasridan qochib ketdi.
- 1635 — Louis XIII tabiblari Parijda shifobaxsh bogʻ yaratishdi.
- 1808 — Madrid inqilobi.
- 1885 — Leopold II Kongo daryosi basseynidagi Afrika junglilarini oʻz „xususiy mulki“ deb eʻlon qildi.
- 1945 — Berlin qamali.
- 1982 — Folklend urushi: „General Belgrano“ kemasi choʻktirib yuborildi (tasvirda).
- MediaWiki Viki dasturlash
- Meta-Viki Vikimedia loyihalari koordinatsiyasi
- Vikigid Sayohat haqida maʼlumotlar
- Vikiiqtibos Iqtiboslar toʻplami
- Vikikitob Bepul kitoblar va qoʻllanmalar
- Vikilugʻat Lugʻat va tezaurus
- Vikimanba Ochiq kutubxona
- Vikimaʼlumotlar Bepul bilimlar ombori
- Vikiombor Erkin mediafayllar ombori
- Vikiturlar Biologik turlar katalogi
- Vikiversitet Ochiq oʻqitish asboblari
- Vikiyangiliklar Ochiq matnli yangiliklar