Bosh Sahifa
Oʻzbekcha Vikipediyadagi maqolalar soni: 249 926
Futbol boʻyicha 1930-yilgi jahon chempionati — FIFA tomonidan tashkil etilgan birinchi jahon chempionati. Turnir 1930-yil 13–30-iyul kunlari Urugvayda boʻlib oʻtgan. Birinchi jahon chempionatini oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror 1928-yil 26-mayda FIFA tomonidan qabul qilingan va 1929-yil 18-mayda Urugvay davlati ovoz berish yoʻli bilan mezbon sifatida tanlab olingan. Birinchi jahon chempionatining barcha oʻyinlari Urugvay poytaxti — Montevideoda boʻlib oʻtgan. Montevideoda jahon chempionati uchun 90 000 tomoshabinga moʻljallangan Centenario stadioni qurilgan. Musobaqaga FIFAga aʼzo barcha davlatlar taklif qilingan. Biroq, bor-yoʻgʻi 13 ta jamoa musobaqada ishtirok etish uchun Urugvayga borgan: Janubiy Amerikadan yettita, Yevropadan toʻrtta va Shimoliy Amerikadan ikkita jamoa. Yevropa jamoalarining soni kamligi XX asrning birinchi yarmida Janubiy Amerikaga borish qiyin boʻlganligi bilan izohlangan. Qurʼa natijalariga koʻra jamoalar toʻrt guruhga boʻlingan. Har bir guruh gʻoliblari pley-off bosqichiga yoʻl olishdi. Jahon chempionatlari tarixidagi dastlabki ikki uchrashuv bir vaqtda boshlandi. Ularda Fransiya va AQSH mos ravishda Meksikani 4:1, Belgiyani 3:0 hisobida magʻlub etgan. Fransiyalik Lucien Laurent jahon chempionati tarixidagi ilk gol muallifi hisoblanadi. (Davomi...)
Imomqulixon ibn Dinmuhammadxon — Ashtarxoniylar sulolasining vakili va Buxoro xonligi hukmdori (1611—1642), sarkarda. Imomqulixon xonlikni markazlashtirib, mamlakat mudofaasini mustahkamlashga harakat qilgan. U Buxoro xonligi hududiga shimol tomondan xavf solgan qalmoqlar, jungʻorlarga qarshi muvaffaqiyatli janglar olib borgan. Xonlik hududidagi bir qancha oʻzboshimcha amaldorlar va hokimlar harakatini bostirgan. Imomqulixon hukmronligi davrida Rossiya, Turkiya, Hindiston va boshqa mamlakatlar bilan faol tashqi siyosat olib borgan. Jumladan, Turkiyada hukmronlik qilgan Usmoniylar imperiyasi hukmdori Ahmad I va Murod IV, Hindistonda Boburiylar sulolasi vakillari Jahongir va Shoh Jahon, Rossiyada Romanovlar sulolasi hukmdori Mixail Fyodorovich bilan faol diplomatik munosabatlarni oʻrnatgan. (Davomi...)
Jahongir maqbarasi — XVII asrda Boburiy hukmdor Jahongir uchun qurilgan maqbara. Ushbu maqbaraning qurilishi 1637-yilda tugatilgan. Pokistonning Lohur shahri yaqinidagi Shohdara bogʻda, Ravi daryosi boʻyida joylashgan. Maqbara qurilishi hukmdor Jahongirshoh Nuriddin vafotidan keyin — 1627-yilda boshlangan va Boburiylar davlati deyarli butun Hindiston yarimoroli ustidan hukmronlik qilayotgan bir paytda, 1637-yilda Shoh Jahon hukmronligi davrida qurib bitkazilgan. Bino freskalar va marmar bilan bezatilgan ichki hamda parchinlar bilan bezatilgan tashqi koʻrinishi bilan mashhur. Maqbara, Akbari Saroy va Osaf Xon maqbarasi bilan birga, hozirda UNESCOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan ansamblning bir qismidir. (Davomi...)
Soʻnggi tanlangan roʻyxat
Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari roʻyxati
Bitta oldingi tanlangan roʻyxat
- Rossiyalik siyosat va jamoat arbobi Aleksey Navalniy (tasvirda) YNMOdagi 3-sonli axloq tuzatish koloniyasida vafot etdi.
- Valeriy Zalujniy Ukraina Qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni lavozimidan ozod qilindi.
- Chilining sobiq prezidenti Sebastyan Pinyera uchib ketayotgan vertolyot Ranko koʻliga qulashi oqibatida halok boʻldi.
- Oʻljas Bektenov Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri etib tayinlandi.
- Kongratbay Sharipov Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri etib tayinlandi.
- Gabriel Attal Fransiya bosh vaziri etib tayinlandi.
- Germaniyalik sobiq futbolchi Franz Beckenbauer 78 yoshda vafot etdi.
- Eronning Kirmon shahrida Qosim Sulaymoniyni xotirlash marosimida sodir etilgan portlashlarda 91 kishi halok boʻldi, 284 kishi jarohatlandi.
- Zilzilalarni bashorat qilish metodi haligacha yoʻq.
- Islandiyadagi Eyjafjallajökull muzligi nomini dunyo aholisining 0.005 foizi toʻgʻri ayta oladi.
- Toʻybop qoʻshiqning matnini mashhur qiziqchi yozgan.
- Alfred Nobel nazariy fanlarga qiziqmagani uchun matematika boʻyicha mukofot taʼsis qilmagan (sevgilisi matematik bilan qochib ketgani uchun, degan gap esa afsonadir).
- Ravshan Ermatov futbol boʻyicha jahon chempionatlarini eng koʻp boshqargan hakam sifatida Guinness rekordlar kitobiga kiritilgan.
- Avtomobil oynalarini qoraytirish — jinoyat emas.
- Kompyuter sichqonini ishlatish mumkin boʻlgan ilk kompyuter Xerox Alto (tasvirda) boʻlgan.
- 1613 — Mixail Fyodorovich (tasvirda) Rossiya imperiyasi taxtiga oʻtirdi.
- 1861 — Aleksandr II Rossiyada krepostnoylik huquqini bekor qildi.
- 1875 — Viktoriya oʻyingohida tarixda ilk bor xokkey oʻyini oʻtkazildi.
- 1918 — Rossiya va Germaniya Brest sulhini imzoladi.
- 1923 — „Time“ jurnali sotuvga chiqdi.
- 1938 — Saudiya Arabistonidagi birinchi neft qudugʻi ishga tushdi.
- 1992 — Oʻzbekiston va Vengriya davlatlari oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi.
- MediaWiki Viki dasturlash
- Meta-Viki Vikimedia loyihalari koordinatsiyasi
- Vikigid Sayohat haqida maʼlumotlar
- Vikiiqtibos Iqtiboslar toʻplami
- Vikikitob Bepul kitoblar va qoʻllanmalar
- Vikilugʻat Lugʻat va tezaurus
- Vikimanba Ochiq kutubxona
- Vikimaʼlumotlar Bepul bilimlar ombori
- Vikiombor Erkin mediafayllar ombori
- Vikiturlar Biologik turlar katalogi
- Vikiversitet Ochiq oʻqitish asboblari
- Vikiyangiliklar Ochiq matnli yangiliklar