Bosh Sahifa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tanlangan maqola
Iğdır genotsidi yodgorligi va muzeyi turklar armanlarga qarshi emas, balki armanlar turklarga qarshi genotsid qilgan degan fikrni ilgari suradi
Iğdır genotsidi yodgorligi va muzeyi turklar armanlarga qarshi emas, balki armanlar turklarga qarshi genotsid qilgan degan fikrni ilgari suradi

Arman genotsidini inkor etish Usmonli imperiyasi va uning hukmron partiyasi Ittifoq va taraqqiyot qoʻmitasi (IJP) Birinchi jahon urushi davrida arman fuqarolariga qarshi genotsid qilmaganligi haqidagi daʼvodir. Shunday boʻlsa-da, ushbu jinoyat juda koʻp dalillar toʻplamida hujjatlashtirilgan va olimlarning katta qismi tomonidan tasdiqlangan. Genotsidni amalga oshirgan jinoyatchilar Usmonlilar imperiyasidagi armanlar qirib tashlangan emas, balki harbiy sabablarga koʻra koʻchirilganini iddao qilib, buni rad etdi. Genotsiddan keyin ayblovchi hujjatlar muntazam ravishda yoʻq qilinib keladi va 2023-yil holatiga koʻra inkor qilish Turkiya Respublikasi har bir hukumatining siyosati boʻlib kelmoqda. Inkor etish siyosati 1991-yilda Ozarbayjon Respublikasi tomonidan ham qabul qilingan. Partiya oʻz harakatlarini oqlash uchun foydalanadigan dalillar hamda arman genotsidini inkor etish armanlarning „koʻchirilishi“ urush davrida imperiyaning mavjudligiga tahdid soladigan haqiqiy yoki taxminiy arman qoʻzgʻoloniga javoban qonuniy davlat harakati boʻlgan degan taxminga asoslanadi. Inkor etuvchilarning taʼkidlashicha, partiya armanlarni qirib yuborish emas, balki koʻchirishni maqsad qilgan. Ular oʻlganlar soni boʻrttirilgan deb taʼkidlashadi. Shuningdek, oʻlimlar sonini fuqarolar urushi, kasallik, yomon ob-havo sharoitlari, qallob mahalliy amaldorlar yoki kurdlar va qonunbuzar guruhlar kabi boshqa omillar bilan bogʻlaydilar. Tarixchi Ronald Grigor Suny asosiy argumentni „hech qanday genotsid boʻlmagan va bunga armanlar aybdor“ degan umumiy qarash ostida umumlashtiradi. Rad etish odatda „armanlar xiyonati, bosqinchilik, jinoyatchilik va hududiy ambitsiyalar ritorikasi“ bilan birga taʼkidlanadi. (Davomi...)

Yaxshi maqola
Zamonaviy makroiqtisodiyot asoschisi John Maynard Keynes
Zamonaviy makroiqtisodiyot asoschisi John Maynard Keynes

Makroiqtisodiyot — iqtisodiy hodisalar va ularning harakatini bir tizim deb oʻrganuvchi iqtisodiyot nazariyasining boʻlimi. Mamlakatning iqtisodiy holati va rivojlanishini ifodalovchi umumlashgan koʻrsatkichlar tizimi — milliy boylik, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, sof milliy mahsulot, milliy daromad, aholi daromadlari, davlat va xususiy investitsiyalar yigʻindisi, muomaladagi jami pul miqdori va shu kabi jami xoʻjalik boʻyicha jamlanma, umumlashtiruvchi koʻrsatkichlar makroiqtisodiyot oʻrganadigan obyektlar hisoblanadi. Oʻz ichiga hududiy, milliy va xalqaro iqtisodiyotlarni qamrab oladi. Makroiqtisodiyot mikroiqtisodiyot bilan birgalikda iqtisodiyot fanidagi 2 eng muhim boʻlimlarni tashkil etadi. Mikroiqtisodiy darajada hal etib boʻlmaydigan muammolar makroiqtisodiyotda koʻrib chiqiladi. Makroiqtisodiy taʼlimotlar rivojlanishida 10 dan ortiq maktab tashkil topgan. Ular paydo boʻlgan davlati va asoschilarining gʻoyalariga koʻra farq qiladi. Makroiqtisodiyot termini birinchi marta Ragnar Frisch tomonidan 1934-yil, 14-avgustda qoʻllanilgan. „The General Theory of Employment, Interest and Money“ kitobida keltirilgan gʻoyalari uchun zamonaviy makroiqtisodiyot asoschisi John Maynard Keynes hisoblanadi. (Davomi...)

Xushsifat maqola
Vanadzor shahrining janubi-sharq tomondagi tepaliklardan koʻrinishi
Vanadzor shahrining janubi-sharq tomondagi tepaliklardan koʻrinishi

Vanadzor — Armaniston shimolidagi Lori viloyatining markazi, mamlakatda kattaligi boʻyicha uchinchi oʻrinda turuvchi shahar. 2023-yilgi maʼlumotlarga koʻra, shaharda 76 000 kishi istiqomat qiladi. Vanadzorda Arman apostol cherkovining Gugark yeparxiyasi qarorgohi joylashgan. Shahar Armaniston poytaxti Yerevan shahridan 128 km shimolda joylashgan boʻlib, Bazum va Pampak togʻlari bilan oʻralgan. Vanadzor shahri Fransiyaning Bagneux, Gruziyaning Batumi, Rossiyaning Kislovodsk hamda Podolsk, AQShning Pasadena, Estoniyaning Maardu, Belarusning Vitebsk hamda Xitoyning Zhuzhou shaharlari bilan bir xil geografik uzunlikda joylashgan. Shahardan 146 km shimolda Tbilisi, 120 km janubda Vagarshapat, 80 km janubi-sharqda Sevan hamda 78 km sharqda Idjevan shaharlari joylashgan. Shaharning janubi-gʻarbida joylashgan Vanadzor botanika bogʻi Armanistondagi 5 ta yirik bogʻdan biridir. Shaharda joylashgan Lori-Pampak arxeologik muzeyi 1938-yil ochilgan boʻlib, unda 34 000 ga yaqin eksponat mavjud. (Davomi...)

Tanlangan roʻyxatlar