Rishton tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rishton tumani
Риштанский район
tuman
Tarkibida Fargʻona viloyati
Maʼmuriy markazi Rishton
Hokim Sufhonjon Soliyev [1]
Rasmiy tillar Oʻzbek
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritada
Rishton tumani xaritada
Koordinatalari: 40°21′0.0″N 71°16′59.9″E / 40.350000°N 71.283306°E / 40.350000; 71.283306 G O

Rishton tumani — Fargʻona viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. 1959-yil 7-martda Soʻx tumani bilan birlashtirilgan. 1990-yil 27-fevralda Soʻx tumani ajralib chiqqan. Shim.dan Bagʻdod, jan.sharqdan Oltiariq, gʻarbdan Oʻzbekiston va Uchkoʻprik tumanlari, janubdan Qirgʻiziston bilan chegaradosh. Maydoni 0,42,1 ming km². Aholisi 150.2 ming kishi (2003). Tumanda 1 shahar (Rishton) va bir nechta qishloq fuqarolari yigʻini (chuburgʻon, uyrat, pandigon, tegirmonboshi, navbahor, Qipchoq, Beshkapa, Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev, Boʻston, Yoyilma, Zoxidon, Mehnatobod, Oqoltin, Oqyer, Rishton, Toʻda, Dutir, Qayragʻoch) bor. Markazi — Rishton shahri.

Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuman hududi Markaziy Fargʻona choʻlining jan.da, Soʻx daryosi va Katta Fargʻona kanali boʻyida joylashgan. Hududi, asosan, tekislikdan iborat. Foydali qazilmalardan neft, gaz, soz tuproq, shagʻal bor. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —6.7°, eng past temperatura —27°, iyulning oʻrtacha temperaturasi 23.6°, eng yuqori temperatura 42°. Yiliga 180 mm yogʻin yogʻadi. Xoʻjaliklar va aholi yerlari Soʻx daryosi va Usmon Yusupov nomli Katta Fargʻona, Katta Andijon kanallaridan sugʻoriladi. Tuproqlari qoʻngʻir boʻz tuproq va oʻtloqi tuproqlardan iborat, ayrim joylarda shoʻrtuproq uchraydi. Oʻsimliklardan shoʻra, shuvoq, yantoq, miya, oq bosh, yulgʻun, qiyoq va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, quyon, yumronqoziq; parrandalardan kaklik, bedana, tustovuq, zogʻcha, qargʻa, toʻrgʻay, sassiqpopishak, qaldirgʻoch; sudraluvchilardan oʻq ilon, chipor ilon, kaltakesak; kemiruvchilardan kalamush va boshqa uchraydi.

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, qirgʻiz, rus, tatar, koreys va boshqa millat vakillaridan iborat. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 357 kishi. Shahar aholisi 30.9 ming kishi, qishloq aholisi 119.3 ming kishi.

Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuman markazi va yaqin qishloqlarda kulolchilik rivojlangan. Qishloq xoʻjaligi bogʻdorchilik, tokchilikka ixtisoslashgan. Mashhur Rishton kandak oʻriklari, Choʻngʻara devzirasi yetishtiriladi. Turli sohadagi yuzdan ortiq sanoat korxonasi ishlab turibdi. „Fargʻonaneftgaz“ aksiyadorlik jamiyati, oʻzbekarab „PayntsKeramik“ qoʻshmakorxonasi, paxta tozalash, badiiy kulolchilik buyumlari, gʻisht zavodlari, koʻplab xususiy shirapazlik, 1,200 dan ortik, xususiy kulolchilik kichik sexlari, yigiruv-toʻquv, mebel fabrikalari, MTP, bosmaxona, dehqon va buyum bozorlari faoliyat koʻrsatadi. Oʻzbekiston xalq ustalari I.Komilov, N.Qodirov, Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi si aʼzosi | Sh. Yusupovlarning oʻziga xos uslubla | ri bor. Sugʻoriladigan yerlar 20,658 : ga, shu jumladan, paxta 9,500 ga, don f 7,400 ga, sabzavot va poliz 170 ga, yem ʻ xashak ekinlari 588 ga maydonga eki I ladi. Mevazorlar 5 ming ga ni tashkil; qiladi. Rishton tumanida 220 km uzunlikdagi ochiq !. drenajlar, 245 ta vertikal qudugʻi bor.

Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 127.5 ming qoramol, 23.7 ming qoʻy va echki, 48.4 ming parranda, 165 ot bokiladi. 418 ta asalari uyasi bor (2003). Rishton tumanida 2 musiqa, 62 umumiy taʼlim, 1 sport maktabi, 2 kasbhunar maktabi, 1 ta abu ali in sino nomidagi tibbiyot texnikumi va Qoʻqon davlat pedagogika instituti filiali mavjud. Markaziy kutubxona va uning filiallari, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi, 14 klub, muzey, markaziy stadion, 4 kasalxona, 2 ta poliklinika, 24 qishloq vrachlik punkti, 30 ta dorixona, sanatoriy va boshqa tibbiy muassasalarda 233 vrach, 1,843 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. Tumanda 5 km temir yoʻl (Toshkent — Andijon), 74 km uzunlikda respublika, 109 km uzunlikda viloyat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllari bor. Ichki avtomobil yoʻllari uz. 264 km. Tarixiy meʼmoriy obidalardan „Sohibi-Hidoya“, „Yigitpirim“, „Hizrbuva“, „Xoʻja Ilgʻor“, „Xoʻja Rushnoiy“, „Toshkelinchak“ va boshqa saqlangan.

1966-yildan „Rishton haqiqati“ tuman gazeta chiqariladi (adadi 8608).[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]