Bosh Sahifa
Tanlangan maqola
Al Muʼtadid (arabcha: أبو العباس أحمد بن طلحة الموفق; 853/4 yoki 860/1 — 902-yil 5-aprel) — Abbosiylar xalifaligi xalifasi. 892-yildan 902-yilgacha (vafotiga qadar) xalifalik qilgan. Al-Mu’tadid xalifa al-Muʼtamid davrida Abbosiylar davlatining regenti va boshqaruvchisi boʻlgan al-Muvaffaqning oʻgʻlidir. Al-Muʼtadid yoshlik chogʻlarida turli harbiy yurishlarda, xususan, Zanjilar qoʻzgʻolonini bostirilishida otasining xizmatida boʻlgani uning kelajagida muhim rol oʻynagan. 891-yil iyun oyida al-Muvaffaq vafot etgach, al-Mu’tadid regent etib tayinlangan. 892-yil oktyabr oyida al Mu’tamid vafot etgach, al-Mu’tadid amakivachchasi va merosxoʻr al-Muvaffidni chetlab oʻtib, taxtga oʻtirgan. Otasi kabi al-Mu’tadidning qudrati bevosita qoʻshin bilan munosabatlariga bogʻliq boʻlgan. Munosabatlar dastlab Zanjga qarshi harbiy yurish davrida soxtalashtirilsa-da, lekin shaxsan xalifaning oʻzi boshqargan keyingi harbiy harakatlarda yanada mustahkamlangan. Al-Mu’tadid Abbosiy xalifalar ichida eng faol harbiy yurishlar qilgan xalifa hisoblanadi. Xalifa oʻz kuch-gʻayrati va qobiliyati bilan Abbosiylar davlati bir necha oʻn yilliklarda davom etgan notinchliklar sabab yoʻqotgan qudrati va hududning bir qismini qayta tiklashga muvaffaq boʻlgan. (Davomi...)
Yaxshi maqola
Mangʻishloqxon (chigʻatoycha: منغیشلاق; 1454-yil, Ashtarxon xonligi — 1528-yil, Turkiston) — chingiziy shahzoda. Toʻqay Temuriylar xonadoni vakillarining Ashtarxon xonligidan Turkistonga koʻchib kelib oʻrnashgan tarmogʻi boshchisi. Buxoro xonligida hukmronlik qilgan Ashtarxoniylar oʻzbek sulolasi vakillarining ajdodi — bobokaloni. Mangʻishloqxon shaxsi, uning tarjimayi holi va ijtimoiy faoliyati, tarixdagi oʻrni fanda yetarlicha oʻrganilmagan. U haqida batafsil naql qilingan yagona oʻrta asr manbasi bu Mahmud ibn Valining Bahr ul-asror asaridir. Boshqa yilnomachilarning bitiklarida u faqat genealogik boʻgʻin sifatida koʻrsatilgan. Shunday boʻlsa-da, Bahr ul-asrorda ham anaxronizmlarga yoʻl qoʻyilgani kuzatilgan. Aksariyat tadqiqotchilar tomonidan Mangʻishloqxon Bahr ul-asrorda aytilgan maʼlum bir hududda hukmronlik qilgani haqidagi maʼlumot inkor etiladi. Mangʻishloqxon Ashtarxon xonligi hududidan Turkistonga temuriy sulton Husayn Boyqaro (1470—1506) yoki shayboniy hukmdor Koʻchkunchixon (1512—1530) saroyiga tashrif buyurgan. Keyinchalik esa shayboniy Jonibek sultonning avlodlari tarbiyasi bilan shugʻullangan va uning xonadoni bilan yangi qarindoshchilik rishtasini oʻrnatgan. Keyinchalik Mangʻishloqxonning avlodlari boʻlmish Ashtarxoniylar Buxoro xonligi taxtini Shayboniylardan meros qilib olib, keyingi qariyb 150 yil davomida davlatda hukmronlik qilishgan. (Davomi...)
Xushsifat maqolaDinosaur Game (shuningdek, Chrome Dino, T-Rex Game, Dino Runner nomlari bilan ham tanilgan; oʻzbekcha: Dinozavr oʻyini) — Google tomonidan ishlab chiqilgan va Google Chrome veb-brauzeriga oʻrnatilgan brauzer oʻyini. Oʻyinchidan pikselli Tirannozavr rexni faqat bir tomonga yurish mumkin boʻlgan landshaft boʻylab boshqarish va yuqori ball olish uchun toʻsiqlardan (kaktus va pteranodon) sakrab yoki egilib oʻtgan holda yurishi talab etiladi. Oʻyin 2014-yilda Chrome UX jamoasi aʼzolari tomonidan yaratilgan. Unga kirish uchun Google Chrome oflayn rejimida klaviaturadagi space (boʻsh joy tugmasi) bosish yoki URL qatoriga quyidagi havolani kiritish yetarli: Oʻyin yaratuvchilari 2018-yil sentabrdan keyin taxminan 270 million kishi har oyda mazkur oʻyinni oʻynab kelganini maʼlum qilishgan. 2020-yil avgust oyida oʻyinning „Dino Swords“ (oʻzbekcha: Dino qilichlari) nomli oʻzgartirilgan versiyasi omma eʼtiboriga havola etildi. (Davomi...) |
Yangiliklar
Bilasizmi...
Bugun25-aprel
Tanlangan tasvir |
Vikipediyaning qardosh loyihalari
Vikipediya Vikimedia Jamgʻarmasi notijorat tashkiloti tomonidan yaratilgan boʻlib, ushbu tashkilot yana quyidagi ochiq loyihalarni boshqaradi:
-
MediaWiki
Viki dasturlash -
Meta-Viki
Vikimedia loyihalari koordinatsiyasi -
Vikigid
Sayohat haqida maʼlumotlar -
Vikiiqtibos
Iqtiboslar toʻplami -
Vikikitob
Bepul kitoblar va qoʻllanmalar -
Vikilugʻat
Lugʻat va tezaurus -
Vikimanba
Ochiq kutubxona -
Vikimaʼlumotlar
Bepul bilimlar ombori -
Vikiombor
Erkin mediafayllar ombori -
Vikiturlar
Biologik turlar katalogi -
Vikiversitet
Ochiq oʻqitish asboblari -
Vikiyangiliklar
Ochiq matnli yangiliklar
Vikitillar
-
1 000 000 tadan ortiq maqola
-
250 000 tadan ortiq maqola
-
50 000 tadan ortiq maqola