Vikipediya:Qoida va koʻrsatmalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekcha Vikipediyaning maqsadi — oʻzbek tilida aniq va toʻgʻri maʼlumot beruvchi ensiklopediya sifatida xizmat qilishdir. Ushbu sahifada foydalanuvchilar Oʻzbekcha Vikipediya sahifalarini tahrirlayotib amal qilishlari kerak boʻlgan umumiy qoidalar berilgan.

Vikipediya qoidalari haqida[manbasini tahrirlash]

Vikipedia tillar boʻyicha boʻlimlarga ajratilganiga qaramasdan, baʼzi qoidalar barcha til boʻlimlari uchun majburiydir.

  1. Vikipediya — bu birinchi oʻrinda ensiklopediyadir. Uning formatiga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlar Vikimedia fondining boshqa loyihasiga oʻtkazilishi yoki umuman oʻchirib tashlanishi kerak. Shuningdek Vikipediyaning boshqa ensiklopediyalardan ajratib turadigan bir necha oʻziga xos xususiyatlari mavjuddir. Qarang: Vikipediya nima emas?.
  1. Betaraf fikr bildirish
  2. Mualliflik huquqlariga rioya qilish

Maqolalarni kiritish va bezash boʻyicha texnik qoidalar, jamoadagi ichki munosabatlar va shunga oʻxshash qoidalar har bir boʻlim jamoasi tomonidan oʻzaro hal qilinadi.

Ushbu qonun-qoidalar barcha insonlar tomonidan chiqarilgan qoidalar kabi mukammal emas, vaqt oʻtishi bilan oʻzgarishi mumkin. Qoidalarni oʻzgartirish jarayonida barcha ishtirokchilar qatnashishlari mumkin[1]. Bu oʻrinda shuni eʼtiborga olish lozimki, bir tur qonun-qoidalardan ikkinchi turga tez-tez oʻtish (sakrash) yaxshilikka olib kelmaydi: mavjud qoidalar juda koʻp foydalanuvchilar tomonidan oʻrganib chiqilgan va ular asosida mavjud maqolalar kiritilgan; shuning uchun ushbu qoidalarni oʻzgartirish uchun kuchli va aniq asoslar lozim.

Maqolaning mazmuni[manbasini tahrirlash]

Til va uslub[manbasini tahrirlash]

Maqolalar adabiy oʻzbek tilida, ilmiy uslubda yozilishi lozim. Maqolalar faqat uchinchi shaxs nomidan yozilishi mumkin. Oddiy tildagi va jargondagi soʻzlarni qoʻllab boʻlmaydi. Maqolalarga imzosini qoʻyish va maqolalar ichida oʻz fikrini bildirish mumkin emas: buni munozara sahifalarida yoki matn ichida <!-- berkitib --> qilish mumkin.

Xolis mulohaza bilan va obyektiv tarzda yozing[manbasini tahrirlash]

Ensiklopediyada har qanday hissiyotlar oʻrinsiz. Hamma hodisalarni betaraf nuqtai nazardan ifodalang: agar maqoladagi fikr bahstalab yoki umum qabul qilinmagan boʻlsa, u holda bu fikrga boʻlgan manbani koʻrsatish zarur. Agar qandaydir predmet yoki hodisaga har xil qarashlar mavjud boʻlsa, ularni hammasini maqolada ifodalash maqsadga muvofiq yoki hech boʻlmaganda ularning mavjud ekanligini qayd etish kerak. Ayniqsa, bahstalab maqolalarni xotirjamlik va diqqat bilan tahrirlang.

Maqola strukturasi[manbasini tahrirlash]

Maqolalarda bayonotni oʻquvchi uchun qulay boʻlgan ketma-ketlikda olib boring.

Maqolalarning koʻpchiligi mustahkam boʻlgan andozaga ega. Shuning uchun, bir maqolani yoza boshlaganingizda, shu mavzuda boʻlgan boshqa maqolalardan andozani ishlating.

Maqola boshida sarlavhada koʻrsatilgan atama taʼrifini keltiring. Soʻng, atama haqida ostsarlavhasiz qisqa, umumiy tushunchalarni yozing.

Bayonot ketma-ketligi[manbasini tahrirlash]

Maqolalarni quyidagicha yozish kerak:

  • umumiydan xususiyga;
  • soddadan murakkabga;
  • muhimligi, mashhurligi, ishonchliligi, hajmi, joylashuvi boʻyicha tartibda;
  • xronologik tartibda — tarixiy maʼlumot sifatida;
  • mavzu tartibida — iyerarxik roʻyxatlar uchun;
  • alifbo tartibida, agar boshqa tartiblashlar mos kelmasa.

Xizmatchi sharh va xabarlar[manbasini tahrirlash]

Maqola tarkibi haqidagi eʼtirozlar yoki sharhlar maqola boshiga qoʻyiladi; bunday sharhlarga mualliflik huquqlari buzilgani, vikilashtirish kerakligi, betaraflashtirilishi shartligi va hk. haqidagi andozali xabarlar kiradi. Shuningdek, siz oʻzingiz ham maqola boshiga asosiy matndan farqlanuvchi uslubda (masalan, kursivda) biror sharh yozib qoʻyishingiz mumkin.

Maqola chalaligi haqidagi ogohlantirishlar, qardosh loyihalardagi tegishli maqolalarga ishoratlar va litsenziya borasidagi sharhlar maqola oxiriga qoʻyiladi.

Bevosita koʻrinadigan ishoratlar — turkum va intervikilar — maqolaning asosiy matnidan keyin qoʻyiladi va boʻsh satrlar bilan ajratiladi, masalan bunday:

[[Turkum:Vikipediya:Maʼlumot|Qoidalar va koʻrsatmalar]]

Misol[manbasini tahrirlash]

(faqat gipotetik)

'''Osiyo''' — [[dunyoning qitʼasi]], [[Yevrosiyo]] materigining sharqiy qismi.

== Geografiyasi ==
Osiyo - dunyoning eng katta qitʼasi, toʻrt okean bilan yuvilib turadi.

== Aholisi ==
Osiyo – aholisi eng koʻp boʻlgan qitʼa, unda Yer aholisining 50% yashaydi (va hokazo).

== Manbalar ==
{{manbalar}}

== Adabiyotlar ==
* ...

== Havolalar ==
* ...

{{geo-stub}}

{{Osiyo}}


[[Turkum:Osiyo|*]]

Mualliflik huquqlarini hurmat qiling[manbasini tahrirlash]

Mualliflik huquqlarini buzmang. Vikipediya — bu „GNU Ochiq Dokumentatsiya Litsenziyasi“ (GNU Free Documentation License)ga muvofiq ommaga havola qilinadigan ochiq ensiklopediya. Mualliflik huquqini buzuvchi materiallarni joylashtirish, bizning asl maqsadimiz boʻlgan hammaga ochiq ensiklopediyani bunyod etishimizga tahdid soladi va yuridik muammolarga olib kelishi mumkin. Batafsilroq Vikipediya:Mualliflik huquqlarida qarang.

Imzolar[manbasini tahrirlash]

  • Maqolalar ichida oʻz imzosini qoʻyish mumkin emas, siz tahrirlagan maqolani koʻpgina boshqa teng huquqli muallifdoshlar oʻzgartiradi.
  • Munozaralarda (shu jumladan, oʻz sahifangiz munozarasida) imzo qoʻyishingiz shart: bu suhbatni kuzatishni qulaylashtiradi. Esda tutingki, sizning munozarangizni sizdan keyin boshqa odamlar ham oʻqiydi, chunki, munozaralarda maqola haqida muhim maʼlumotlar mavjud boʻladi. Vikipediyaning munozaralar qoidalariga amal qiling.
  • Imzoni qoʻyish uchun toʻrtta tilde belgisini (~~~~) — yozing, bu „imzo + sana + vaqt“ boʻladi yoki uch tildeni (~~~) yozing — bu sana va vaqtsiz shunchaki imzo boʻladi. Birinchi variantni ishlatish maqsadga muvofiqroq: chunki, aralashib ketgan xabarlarni toʻgʻri ketma-ketligini oson tiklash mumkin. Agar siz Vikipediyada roʻyxatdan oʻtmagan boʻlsangiz, ismingizni (yoki taxallusingizni) koʻrsatib oʻting.
  • Imzo yozgan gapingizdan keyin qoʻyiladi, aslo oldin emas.
  • Imzo yuqoridagi matn maʼlum kishi tomonidan maʼlum paytda yozilganini koʻrsatadi. Shuning uchun imzo qoʻyilgan matnni tahrirlash mumkin emas (xatto matn muallifiga ham), ayniqsa unga javob berilgan boʻlsa. Agar oʻzgarish kiritish baribir lozim boʻlsa, matnning eski variantini ustiga chizilgan holda qoldiring. Buni HTML asbobi boʻlgan <strike> orqali amalga oshirish mumkin.

Nimani va qay tarzda yozish kerak[manbasini tahrirlash]

Mavjud maqolalarni tahrirlang[manbasini tahrirlash]

Koʻp hollarda yangi maqolani yaratgandan koʻra, mavjud maqolani toʻgʻrilash va toʻldirish foydaliroq, chunki bir nechta oʻxshash maqolalardan koʻra bitta katta maqolani saqlash mantiqan toʻgʻri. Agar siz mavjud maqolada terishda yoʻl qoʻyilgan xato, faktik xato yoki eskirgan maʼlumotlarni koʻrsangiz, darhol tahrirlang. Bu bilan siz hamma boʻlajak oʻquvchilarga yordam berasiz.

Bilgan va qiziqqan narsangiz haqida yozing[manbasini tahrirlash]

Yangi maqolalarni faqatgina bu maqola kimgadir foydali yoki qiziqarli boʻlishiga ishongan hollaringizda yarating. Va Vikipediyaga qoʻshgan hissangizdan qoniqish olishga harakat qiling. Agar siz oʻzingiz uncha yaxshi bilmagan mavzudagi maqola ustida ishlayotgan boʻlsangiz, uni oʻrganish uchun vaqtingizni sarflang: mavzu boʻyicha bir necha kun adabiyot oʻqish kerak boʻlishi mumkin. Bu yoʻl bilan siz koʻpgina yangi narsalarni bilib olasiz va yaxshi maqolani yaratasiz.

Agar siz maqolani zerikkaningizdan boshlagan boʻlsangiz, iltimos uni umuman yozmang. Bu sizning vaqt va kuchingizni olib qoʻyadi, Vikipediyada esa yana bir tugallanmagan maqola paydo boʻladi.

Bir-ikki qatordan iborat qisqa maqolalarni yaratmang, chunki ular baribir mazmunsiz deb topilib, oʻchirib tashlanadilar.

Shunday hollar boʻladiki, muallif maqolani tugata olmaydi. Bunda yaxshisi, oxirigacha yozmaguningizcha oʻzingizda saqlab qoʻyib, tugallanmagan maqolani Vikipediyaga joylashtirmang. Agar siz yozib tugallanmagan maqolani topsangiz unga {{stub}} andozasini qoʻshib qoʻying. Bu maqola hali tugallanmaganligini bildiradi. {{stub}} maqola matnidan keyin, kategoriya va interviki-havolalardan oldin qoʻyiladi.

Agar maqolada taʼriflanayotgan terminning bir necha maʼnosi boʻlsa, u holda har bir maʼno uchun alohida maqolani yarating, albatta agar hohishingiz boʻlsa. Shuningdek, maqolaning ohirida {{disambig}} belgisini qoʻyish maqsadga muvofiq, bu belgi terminning bir necha maʼnosi borligini bildiradi.

Har bir soʻz uchun maqolalarni yaratmang[manbasini tahrirlash]

Vikipediya lugʻat emas. Oʻzbek tilining har bir soʻzi uchun alohida maqolalarni yaratmang. Buning uchun Vikilugʻat mavjud. Agar siz soʻzlar uchun izoh bermoqchi boʻlsangiz, ularni maʼlum mavzu boʻyicha roʻyxatga yigʻishingiz mumkin. Masalan, „Tibbiy terminologiya“ yoki „Kompyuter jargoni“.

Maqolalarni boshqa tillardan tarjima qiling[manbasini tahrirlash]

Maʼlumotlarni boshqa tildagi oʻxshash maqoladan oling. Koʻpchilik oʻquvchilar uchun bu ingliz tili va rus tillari boʻladi, ammo Vikipediyada talaygina boshqa tillar ham bor, ulardan qaysidir birini siz tushunishingiz mumkin. Bu chet tilini va Sizni qiziqtirayotgan predmetni mukammalroq oʻrganishning bir vaqtdagi imkoniyati. Istalgan holda materialni boshqa tildagi maqola bilan solishtirish ortiqchalik qilmaydi; Sizning maqolangizni boshqa tildagi versiyasida Siz tomondan noaniqliklar topilishi ehtimoldan holi emas. Shuningdek, maqolalarni tarjima qilish yanada toʻlaroq ensiklopediyani yaratishga yordam beradi.

Havolalardan foydalaning[manbasini tahrirlash]

Mavzusi boʻyicha aloqador boʻlgan boshqa maqolalarda va oʻz maqolangizga havolalar yarating. Maqolangizning oʻzida esa boshqa maqolalarga gipermatnli havolalar yarating, garchi ularning oʻzlari hali yaratilmagan boʻlsalar ham.

Mavzu boʻyicha oʻzaro aloqador boʻlgan maqolalar bilan oʻz maqolangizni bogʻlang. Maqolangizning oʻzida esa boshqa aloqador maqolalarga bogʻlov keltiring (garchi ular hali mavjud boʻlmasa ham). Bu borada bosh sahifadan istalgan maqolaga uch-toʻrt qadam bilan yetib borish imkoniyati maqsadga muofiqdir.

Oʻz maqolangizni Vikipediyaning avvaldan mavjud boʻlgan qaysi boʻlimiga joylashtirishingiz qulayroq va foydaliroq boʻlishini hisobga oling. Masalan, siz biror shaxar haqida maqola yozmoqchi boʻlsangiz, „Geografiya“ boʻlimiga, qandaydir jonzot haqida boʻlsa „Biologiya“ boʻlimiga kiring va u yerdagi kichik boʻlimlar boʻylab mos qismiga joylashtiring.

Koʻplab gipermatnlardan iborat qisqa matnli maqola, har bir iborani tushintiruvchi, choʻziluvchan uzun oddiy matnli maqoladan afzal boʻlishi mumkin.

Vikipediyaning boshqa maqolalariga matn ichida (kalit soʻz orqali) bogʻlov berish, tashqi resurslarga esa maqoladan soʻng bogʻlanish (havola) berish zarur.

Maqolani qanday yaratish kerak[manbasini tahrirlash]

Koʻp miqdorda kichik maqolalarmi yoki bitta katta?[manbasini tahrirlash]

Vikipediya lugʻat emas. Shuning uchun bir qatordan iborat oʻnta „maqola“ joylashtirgandan koʻra, oʻn qatordan iborat bitta maqola joylashtirganingiz maʼqul. Agar maqola haddan tashqari „semirib“ ketsa, undan yangi maqolalarni kurtaklash mumkin. Uzun va toʻliq ensiklopedik maqola yaratish mumkin boʻlmagan mavzular boʻyicha alohida maqolalarni yaratmang. Buning oʻrniga umumiyroq boʻlgan mavzu maqolasining ichida boʻlimni yozing.

Bunday maqola yoʻqligiga amin boʻling[manbasini tahrirlash]

Maqolani yaratishdan avval boshqa nom ostida oʻxshash maqola yoʻqligiga ishonch hosil qiling. Buning uchun qidirishdan foydalaning. Qidirish maydoni har bir sahifada mavjud: odatda u chap tarafda joylashgan.

  1. Qoidalarga oʻzgartirish kiritish haqidagi koʻrsatmalar keyinchalik kiritiladi.