Apple Inc.

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Apple Inc.
Apple logo black.svg
Turi Ommaviy kompaniya
Xizmatlari Kompyuter texnikalari, uyali telefon, audio texnika va dastur taʼminoti ishlab chiqarish
Qachon asos solingan 1-aprel 1976
Joylashuvi Cupertino, California
Asoschi(lari) Steve Jobs va Steve Wozniak
Xoʻjayinlar Steve Jobs, Steve Wozniak, Timothy D. Cook
Daromadi US$24.01 miliard Green Arrow Up Darker.svg(2007)[1]
Ishchilar soni 17,787 (30-sentabr 2006)
Vebsayti Apple.com

Apple — shaxsiy kompyuterlar, iPod audio-pleyerlar va dastur taʼminoti ishlab chiqaruvchi amerika korporatsiyasi. Shaxsiy kompyuterlar va zamonaviy grafikli interfaysga asoslangan koʻp vazifali operatsion tizimlar olamida boshlab berganlardan biri hisoblanadi. Bosh ofisi — Kupertino, Kaliforniya shtatida joylashgan.

2007-yil 9-yanvargacha 30 yil davomida korporatsiya nomi „Apple Computer“ edi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

70-yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kaliforniyada Steve Jobs va Steve Wozniak tomonidan asos solingan. 1970-yilning oʻrtalarida ular „Motorola 6502“ prosessori bazasida birinchi shaxsiy kompyuterni ishlab chiqishadi. Oʻnlab shunday kompyuterlarni sotib, yosh tadbirkorlar moliyaviy daramod olishdi va 1-aprel 1976-yil da Kompaniyasini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazishgan.1976-yilda ishlab chiqilgan „Apple I“ birinchi dasturlashtiruvchi mikrokompyuter boʻlmagan. Birinchilik „Alʼtair 8800“ kompyuteriga tegishli, 1974-yilda yaratilgan va kataloglardan tarqatilgan. Ammo, „Alʼtair“ texnik tomondan „shaxsiy kompyuter“ sifatida kvalifikatsiyalanman boʻlgan, chunki yigʻish imkoniyatiga ega boʻlmagan va dastur yordamida maʼlumotlarni chaqirish imkoniga ega boʻlmagan. Yillar davomida kompaniya „Motorola“ prosessorli, firma tomonidan ishlab chiqilgan operatsion tizimli oʻzining „Macintosh“ kompyuterlarini ishlab chiqarib kelgan.

80-yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1980-yil noyabr oyida kompaniya kompyuterlarini bozorga chiqara boshlaydi va barcha kamchiliklar oʻzini namoyon eta boshlaydi. 1981-yil mart oyiga kelib etkazib berilgan kompyuterlarning 20 % i nosoz holda etkazilayotgani aniqlandi. Qolganlari esa yoqilishi bilan bir soat oʻtar oʻtmas boʻzilar edi, chunki Jobs ventilyator qoʻyishga ruxsat bermagan edi va mikrosxemalar temperatura oshishiga dosh bermas edi. 1981-yilning mart oyida Wozniak aftohalokatga uchraydi va vaqtinchalik ishlay olmaydi. „Apple III“ ni sotish bilan bogʻliq muammolar shunga olib keldiki, Jobs oʻzning 40 ta ishchisini boʻshatishga majbur boʻladi. 1985-yilda AQSh prezidenti Ronald Reygan texnik progressni rivojlantirgani uchun Jobs va Wozniakga medal topshiradi.

Boshqaruv[tahrir | manbasini tahrirlash]

Companiya bosh ofisi Cupertino, California.

„Apple“ — ommaviy kompaniya, uning aksiyalari NASDAQ va London fond birjalarida sotiladi. Kapitalisatsiya 2007-yil iyul oyi oʻrtalarida — $115,3 mlrdni tashkil etdi. Bosh boshqaruvchi — Steve Jobs.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kompaniya oʻzining bir qism mahsulotlarini oʻziga tegishli doʻkonlar tizimi orqali koʻtara sotadi. (AQSH, Kanada, Yaponiya va Buyuk Britaniya da 147 ta doʻkoniga ega). „Apple“ 2005-yil 24-sentyabr moliyaviy yil yakunlariga koʻra oʻz doʻkonlaridan $2.35 mlrd daromad olgan, bu uning yillik savdo hajmining 17 % ni tashkil etadi.

Apple oʻzining mustaqil xizmat koʻrsatish markazlari dasturini (IRP) 200 dan ortiq mamlakatlarda, shu jumladan, Oʻzbekistonda ham ishga tushiradi. Dastur bosqichma-bosqich kengaytiriladi — Oʻzbekiston esa ikkinchi bosqichda qamrab olinadi. Mamlakatdagi xizmat koʻrsatish markazlari 2021-yilning oxirida IRP sifatida roʻyxatdan oʻtish uchun ariza berishi mumkin boʻladi[2].

Mahsulotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi kunda Macintosh kompyuterlaridan tashqari (MacPro, iMac va Mac mini modellari, noutbuklar : MacBook va MacBook Pro, Xseve server ishlab chiqarish) shuningdek ularga dasturiy taʼminoti (Mac OS X, iLife,Final Cut, Aperture multimediya paketlari va boshqalar) ishlab chiqaradi. Apple iPod pleyerlari ishlab chiqaradi, shuningdek iTunes onlayn doʻkoni orqali raqamli audio va videoyozishlarni sotish bilan ham shugʻullanadi. Apple Cinema Display deb nomlanuvchi professional kompyuter displeylarini ham ishlab chiqaradi.

2006-yil yanvar oyidan boshlab „Apple“ kompaniyasi Intel prosessorli kompyuterlar ishlab chiqara boshladi.

2007-yil 21-mart dan boshlab „Apple“ HDTV video formatda ishlovchi Apple TVmultimediya pleyerlarni ishlab chiqara boshladi.

2007-yil 29-iyundan „Apple“ yangicha boshqarish usuli Multi — Touch ga asoslangan iPhone yangi telefonini sotishni boshladi.

IPhone — Yangi iPhone 5
IPhone — Mobil telefon
IPad — Planshet Kompyuter
IPod_classic, IPod_shuffle, IPod_nano va IPod_touch — Multimedia Pleyer
MacBook_Pro — Professional Notebook, 2006
MacBook_Air — yupqa Notebook, 2008
Mac_mini — Shaxsiy kompyuter, 2005
IMac — Kompyuter Hammasi birda (Monitor, Sistemni blok)
Mac_Pro — Stol ustida Kompyuter
Thunderbolt_Display — Kompyuter Monitorlari

Faoliyati koʻrsatkichlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Umumiy ishchilari soni — 14.8 ming kishi (24-sentyabr 2005) 2006 moliyaviy yilda (31-sentyabr 2006-yilda tugagan) Apple ning sotuvlari natijasi — $19.3 mlrdni tashkil etgan.

Apple Rossiyada[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kompaniyaning Rossiyadagi biznes hamkorlari bu — Apple IMC Russia, „MakSentr“ va „Deep apple“ hisoblanadi. 2006 moliyaviy yil yakunlariga koʻra „Apple“ ning Rossiyadagi sotuvlari $69 mln ni tashkil etgan."Apple IMC Russia" menejerlari fikriga koʻra ushbu mavsumda Rossiyada 240 ming dona iPod audio pleyerlari sotilgan.

Qiziqarli faktlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Yangi kompaniyaga nom tanlash uchun uch oy intilishlardan soʻng, kompaniya asoschilaridan biri Steve Jobs oʻz hamkasblariga shunday ultimatum qoʻyadi:"Men kompaniyani „Apple“ (oʻzbekcha: „“Olma”“) deb nomlayman, agar siz soat beshgacha yahshiroq nom topmasangiz"
  • „Macintosh“ — AQShda sotilgan olma navining nomi, Jobsning yaxshi koʻrgan mevasi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named financialtables
  2. „Apple 2021 йил охирига қадар Ўзбекистонда мустақил хизмат кўрсатиш марказлари дастурини ишга туширади“. Bugun.uz. Qaraldi: 30-mart 2021-yil.