Bosh Sahifa
Tanlangan maqola
Viruslarning ijtimoiy tarixi viruslar va virusli infeksiyalarning insoniyat tarixiga taʼsirini tavsiflaydi. Viruslar keltirib chiqaradigan epidemiyalar neolit davrida, taxminan 12 000 yil oldin, odamlar zichroq holatda kun kechiradigan qishloq xoʻjaligi jamoalari paydo boʻla boshlangan. Bunday hayot tarzi viruslarning tez tarqalishiga va keyinchalik endemik koʻrinish olishiga imkon berdi. Oʻsimliklar va chorva hayvonlarining viruslari ham koʻpaydi. Odamlarning tirik qolish bilan bogʻliq mehnat faoliyati tufayli qishloq xoʻjaligi va dehqonchilikka qaram boʻlib qolishlari kartoshka potiviruslari va qoramol oʻlati kabi kasalliklarning halokatli oqibatlarga olib kelishiga sabab boʻldi. Chechak va qizamiq viruslari odamlarga yuqadigan eng qadimgi virus turlardir. Ular ming yillar oldin Yevropa va Shimoliy Afrikada boshqa jonivorlardan yuqtirish yoʻli bilan odamlarda paydo boʻlgan. Viruslar keyinchalik Ispaniya istilolari davrida yevropaliklar tomonidan Yangi Dunyoga olib kelingan, ammo mahalliy aholi tomonidan tabiiy qarshilik koʻrsatilmaganligi sababli millionlab odamlar epidemiyalar paytida nobud boʻlgan. (Davomi...)
Yaxshi maqola
Kalabod madrasasi — IX—XX asrlarda faoliyat yuritgan va hozirda saqlanib qolmagan Buxoro madrasasining asl nomi. Tarixiy manbalarda Arslonxon madrasasi, Xon madrasasi va Abdurahimxoja madrasasi deb ham yuritilgan. Hozirda unga nisbatan aksariyat hollarda Kalobod madrasasi, baʼzan Gulobod madrasasi nomlari qoʻllaniladi. Unda Imom al-Buxoriy va koʻpgina mashhur tarixiy shaxslar ilm oʻrganishgan. Oliy madrasa Buxoroga islom kirib kelib, mustahkam oʻrnashganidan soʻng 800—810-yillarda qurilgan boʻlib, keyingi davrlarda 3 marta qayta tiklangan: 1-marta 1124-yili, Arslonxon Muhammadning (1102—1130) ulamolaridan boʻlgan Amir kutvol tomonidan; 2-marta moʻgʻullar hukmronligi davrida, Kayxotunning onasi Suyurtuk tegina begim tomonidan; 3-marta 1609-yili, oʻzbek hukmdori Vali Muhammad (1605—1611) davrida, Joʻyboriy Abdurahimxoʻja tomonidan. Kalabod madrasasi dunyodagi eng qadimiy oliy oʻquv dargohlaridan biri boʻlgan. Tadqiqotchining payqashicha, Kalabod madrasasi bunyod etilganida Yevropada hali birorta bunday maxsus oliy oʻquv dargohi boʻlmagan. Oradan yana 500 yil oʻtib, Abdurahimxoja Kalabod madrasasini uchinchi bor qayta tiklagan paytda, Rossiyada hali birorta ham oliy oʻquv yurti boʻlmagan. (Davomi...)
Xushsifat maqola
Sardoba suv ombori — Oʻzbekistonning Sirdaryo viloyatida qurilgan suv ombori. 2017-yil Janubiy Mirzachoʻl kanalining markaziy tarmogʻi oqib oʻtgan hududda qurilgan. Suv sigʻimi 930 million m³, balandligi 28,8 m. Suv omborining qurilishi 2010-yil boshlanib, 2017-yil yakunlandi. Uni qurishdan maqsad Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining unumdor yerlaridan foydalanib, qishloq xoʻjaligi ekinlarining hosildorligini oshirish boʻlgan. Suv ombori atrofida dam olish hududi tashkil etilishi koʻzda tutilgan. Suv ombori qurilishida „Sirdaryo suv qurilish invest“ DUK (Suv xoʻjaligi vazirligi) buyurtmachi, „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ga qarashli „Oʻztemiryoʻlqurilishmontaj“ korxonasi bosh pudratchi, „UzGip“ MChJ bosh loyihachi, 10 dan ortiq kompaniyalar subpudratchi boʻldi. Suv omboridan foydalanish „Oʻzbekiston temir yo'llari“ AJga qarashli „Sardoba suv ombori obyektlaridan foydalanish va rivojlantirish direksiyasi“ga topshirildi. Sardoba suv omborining qiymati 1,3 trillion soʻm (404 million AQSh dollari) ni tashkil etdi. (Davomi...)
|
Yangiliklar
Bilasizmi...
Bugun28-noyabr
Tanlangan tasvir |
Vikipediyaning qardosh loyihalari
Vikipediya Vikimedia Jamgʻarmasi notijorat tashkiloti tomonidan yaratilgan boʻlib, ushbu tashkilot yana quyidagi ochiq loyihalarni boshqaradi:
MediaWiki Viki dasturlash |
Meta-viki Vikimedia loyihalari koordinatsiyasi |
Vikigid Sayohat haqida maʼlumotlar |
|||
Vikiiqtibos Iqtiboslar toʻplami |
Vikikitob Bepul kitoblar va qoʻllanmalar |
Vikilugʻat Lugʻat va tezaurus |
|||
Vikimaʼlumotlar Bepul bilimlar ombori |
Vikimanba Ochiq kutubxona |
Vikiombor Erkin media fayllar ombori |
|||
Vikiturlar Biologik turlar katalogi |
Vikiversitet Ochiq oʻqitish asboblari |
Vikiyangiliklar Ochiq matnli yangiliklar |
Vikitillar
-
1 000 000 tadan ortiq maqola
-
250 000 tadan ortiq maqola
-
50 000 tadan ortiq maqola