Bosh Sahifa
Tanlangan maqolaPortugaliya imperiyasi (portugalcha: Império Português), shuningdek, tarixda Portugaliya mustamlakachi imperiyasi (Império Colonial Português) deb yuritilgan ushbu davlat hozirgi Portugaliyadan tashqari dunyoning katta qismlarida joylashgan bir qancha mustamlakalarni oʻz ichiga olgan. Ushbu imperiya Yevropadagi eng uzun umr koʻrgan davlatlardan biri boʻlib, 1415-yil Shimoliy Afrikadagi Sueta urushidan to 1999-yil Makao suverenitetining Xitoyga topshirilguniga qadar qariyb olti asr tarixda oʻz mavjudligini surdirgan. Imperiyaga XV asrda asos solingan boʻlib, XVI asr boshidan Shimoliy va Janubiy Amerika, Afrika, Osiyo va Okeaniyaning turli mintaqalariga oʻz hududini kengaytirib borgan. Portugaliya imperiyasi Buyuk geografik kashfiyotlar davrida paydo boʻldi va Portugaliya qirolligining kuch va qudrati natijasida dunyoning koʻp qismlarini oʻziga boʻysundira oldi. Portugal dengizchilari 1418—1419-yillarda kartografiya va dengiz texnologiyasidagi soʻnggi yutuqlardan foydalangan holda ziravorlar savdosi uchun yangi dengiz yoʻllarini topish maqsadida Afrika qirgʻoqlarini va Atlantika okeani arxipelaglarini tadqiq qilishni boshladilar. (Davomi...) Yaxshi maqola
Malay ayigʻi (Helarctos malayanus; ayrim manbalarda inglizchadan kirib kelgan „quyosh ayigʻi“ nomi ham ishlatiladi) — Janubi-Sharqiy Osiyoning tropik oʻrmonlarida uchraydigan Ursidae oilasiga mansub tur hisoblanadi. Bu balandligi taxminan 70 santimetr (28 in) va ogʻirligi 65 kg boʻlgan eng kichik ayiq turidir. U katta panjalari, kuchli qayrilgan tirnoqlari, kichik yumaloq quloqlari va uzun boʻlmagan tumshugʻi bilan boshqa ayiqlardan ajralib turadi. Moʻynasi odatda qop-qora, lekin kulrangdan qizil ranggacha farqlanishi mumkin. Koʻkrak qafasidagi toʻq sariq rangdan qaymoq ranggacha boʻlgan dogʻlari sababli malay ayiqlari ayrim tillarda „quyosh ayigʻi“ deb ham nomlanadi. Uning noyob morfologiyasi — ichkariga qayrilgan old oyoqlari, koʻkrak qafasining bunday oʻzgachaligi, katta tirnoqli kuchli old oyoqlari — toqqa chiqishga moslashganligidan dalolat beradi. Barcha ayiqlar ichida eng koʻp vaqtini daraxtda oʻtkazuvchi (daraxtda yashovchi) malay ayigʻi ajoyib alpinist boʻlib, yerdan 2 dan 7 metrgacha balandlikdagi daraxtlarga chiqa oladi hamda quyosh botish vaqtidanoq uyquga ketadi. (Davomi...)
Xushsifat maqola
Amudaryo katta kurakburuni yoki qilquyruq (Pseudoscaphirhynchus kaufmanni) — bakralar oilasiga (Acipenseridae) mansub butunlay yoʻq boʻlib ketish arafasida turgan, Amudaryoning endemik relikt turi. Oʻzbekiston va Turkmanistonda Amudaryoning oʻrta va quyi oqimida uchraydi. Afgʻoniston va Tojikistonda ham uchrashi taxmin qilinadi. Asosan daryoning nisbatan sayoz, osti qumli va loyqa suvlarida uchraydi. Ushbu tur Turkistonning birinchi general-gubernatori Konstantin Petrovich von Kaufman sharafiga nomlangan. Amudaryo katta kurakburuni boshqa bakralar ichida nisbatan kichik baliq boʻlsa ham, Pseudoscaphirhynchus urugʻi vakillari ichida eng yirigi hisoblanadi. Uzunligi xivchinga oʻxshash ingichka dumi bilan birgalikda 85 sm gacha, ogʻirligi 2 kg gacha yetadi. Dum suzgichining yuqori uchi ingichka, uzun xivchinga aylangan. Shu belgisi bilan boshqa urugʻdoshlaridan farq qiladi. Tumshugʻi keng, uning uchida va yon tomonida 1-9 ta oʻtkir uchli tikanlari bor. Koʻzlarining oraligʻi va ensa qismida ham ana shunday 2 tadan oʻtkir tikanlar boʻladi. Ogʻzi boshining pastki qismida joylashgan, keng, moʻylovlari silliq. Koʻzlari mayda. Choʻgirlari soni orqa tomonida 10-15 ta, yon tomonida 28-40 ta, qorin tomonida 5-11 ta atrofida boʻladi. (Davomi...)
|
Yangiliklar
Bilasizmi...
Bugun20-oktabr
Tanlangan tasvir |
Vikipediyaning qardosh loyihalari
Vikipediya Vikimedia Jamgʻarmasi notijorat tashkiloti tomonidan yaratilgan boʻlib, ushbu tashkilot yana quyidagi ochiq loyihalarni boshqaradi:
MediaWiki Viki dasturlash |
Meta-viki Vikimedia loyihalari koordinatsiyasi |
Vikigid Sayohat haqida maʼlumotlar |
|||
Vikiiqtibos Iqtiboslar toʻplami |
Vikikitob Bepul kitoblar va qoʻllanmalar |
Vikilugʻat Lugʻat va tezaurus |
|||
Vikimaʼlumotlar Bepul bilimlar ombori |
Vikimanba Ochiq kutubxona |
Vikiombor Erkin media fayllar ombori |
|||
Vikiturlar Biologik turlar katalogi |
Vikiversitet Ochiq oʻqitish asboblari |
Vikiyangiliklar Ochiq matnli yangiliklar |
Vikitillar
-
1 000 000 tadan ortiq maqola
-
250 000 tadan ortiq maqola
-
50 000 tadan ortiq maqola