Bosh Sahifa
Tanlangan maqolaPortugaliya imperiyasi (portugalcha: Império Português), shuningdek tarixda Portugaliya mustamlakachi imperiyasi (Império Colonial Português) deb yuritilgan ushbu davlat hozirgi Portugaliyadan tashqari dunyoning katta qismlarida joylashgan bir qancha mustamlakalarni oʻz ichiga olgan. Ushbu imperiya Yevropadagi eng uzun umr koʻrgan davlatlardan biri boʻlib, 1415-yil Shimoliy Afrikadagi Sueta urushidan to 1999-yil Makao suverinitetining Xitoyga topshirilguniga qadar qariyb olti asr tarixda oʻz mavjudligini surdirgan. Imperiyaga XV asrda asos solingan boʻlib, XVI asr boshidan Shimoliy va Janubiy Amerika, Afrika, Osiyo va Okeaniyaning turli mintaqalariga oʻz hududini kengaytirib borgan. Portugaliya imperiyasi Buyuk geografik kashfiyotlar davrida paydo boʻldi va Portugaliya qirolligining kuch va qudrati natijasida dunyoning koʻp qismlarini oʻziga boʻysundira oldi. Portugal dengizchilari 1418—1419-yillarda kartografiya va dengiz texnologiyasidagi soʻnggi yutuqlardan foydalangan holda ziravorlar savdosi uchun yangi dengiz yoʻllarini topish maqsadida Afrika qirgʻoqlarini va Atlantika okeani arxipelaglarini tadqiq qilishni boshladilar. (Davomi...) Yaxshi maqola
Tolibon yoki toliblar (pushtun tilidan: طالبان — oʻquvchilar, dars oluvchilar) — 1994-yilda Afgʻoniston pushtunlari tomonidan tuzilgan islomchi, radikal, diniy-siyosiy harbiylashgan harakat. 1996-2001-yillarda Afgʻonistonni („Afgʻoniston Islom Amirligi“) hamda 2004-yildan Pokistonning shimoliy qismidagi Vaziriston hududini boshqargan. 2001-yil Afgʻonistonga AQSh harbiylari kirib kelishi ortidan „Tolibon“ hokimiyatiga chek qoʻyilgandi. 2021-yil AQSh harbiylari Afgʻonistondan chiqib ketishi oqibatida keng koʻlamli hujumlar uyushtirgan va 2021-yil 15-avgustdan buyon Afgʻonistonni boshqarayotgan (Afgʻoniston islom amirligi) islomchilik harakati. Toliblar boshqaruvidagi Afgʻoniston islom amirligi (1996—2001) oʻz vaqtida Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni va Pokiston tomonidan rasman tan olingan. 2003-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik Kengashi tomonidan terroristik tashkilotlar roʻyxatiga kiritilgan. 2021-yil bahorda AQSh harbiy kuchlari Afgʻonistondan chiqarilishi eʼlon qilinganidan soʻng „Tolibon“ harakati birin-ketin hujumlar uyushtirib, Afgʻoniston hududlarini egallab bordi. Avgust oyida Afgʻoniston hududining katta qismi „Tolibon“ qoʻl ostida qoldi, 15-avgustda „Tolibon“ poytaxt Kobulni egalladi, prezident Ashraf Gʻani mamlakatdan qochishga majbur boʻldi. (Davomi...)
Xushsifat maqola
Sitorai Mohi xossa — Buxoro xonligi malikasi. Oʻzbek hukmdori Subhonqulixonning (1680—1702) xotini. XVIII asrning boshida Buxoro va uning atrofida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari homiysi. „Bibi Oyposhsho“, „Podshoh bibi“ nomlari bilan ham mashhur boʻlgan. Malika Buxoro xonligining soʻnggi mustaqil hukmdorlari — Ubaydullaxon va Abulfayzxonlarning onasi, hamda Mangʻitlar oʻzbek sulolasi vakillarining amir Haydardan (1800—1826) boshlab barcha Buxoro amirligi hukmdorlarining bibikalonidir. Malika tarixiy manbalarda „Davron Xadichasi“, „Zamon Bilqisi“ nomlari bilan ham ulugʻlangan. Uni manbalarda „Podsho Oyim“ nomi bilan atashmagan, lekin u dafn etilgan daxma shu nom ostida davlat himoyasiga olingan. Sitorai Mohi xossa XVII asrning 2-yarmida Xoja Mir Abdulloh xonadonida Buxoroda tugʻilgan. Oliy tabaqaga mansub boʻlgan. Sitorai Mohi xossaning hayoti oddiy va oson kechmagan. Chunki bu paytda Ashtarxoniylar hokimiyati zaiflasha boshlagandi. Subhonqulixon (1680—1702) vafot etishi bilan mamlakatdagi inqiroz eng yuqori nuqtasiga koʻtarildi. Balx viloyati va uning atrofidagi hududlar alohida davlat boʻlib ajraldi. (Davomi...)
|
Yangiliklar
Bilasizmi...
Bugun11-iyul
Butunjahon shokolad kuni
|
Vikipediyaning qardosh loyihalari
Vikipediya Vikimedia Jamgʻarmasi notijorat tashkiloti tomonidan yaratilgan boʻlib, ushbu tashkilot yana quyidagi ochiq loyihalarni boshqaradi:
MediaWiki Viki dasturlash |
Meta-viki Vikimedia loyihalari koordinatsiyasi |
Vikigid Sayohat haqida maʼlumotlar |
|||
Vikiiqtibos Iqtiboslar toʻplami |
Vikikitob Bepul kitoblar va qoʻllanmalar |
Vikilugʻat Lugʻat va tezaurus |
|||
Vikimaʼlumotlar Bepul bilimlar ombori |
Vikimanba Ochiq kutubxona |
Vikiombor Erkin media fayllar ombori |
|||
Vikiturlar Biologik turlar katalogi |
Vikiversitet Ochiq oʻqitish asboblari |
Vikiyangiliklar Ochiq matnli yangiliklar |
Vikitillar
-
1 000 000 tadan ortiq maqola
-
250 000 tadan ortiq maqola
-
50 000 tadan ortiq maqola