Bosh Sahifa
Tanlangan maqolaPortugaliya imperiyasi (portugalcha: Império Português), shuningdek tarixda Portugaliya mustamlakachi imperiyasi (Império Colonial Português) deb yuritilgan ushbu davlat hozirgi Portugaliyadan tashqari dunyoning katta qismlarida joylashgan bir qancha mustamlakalarni oʻz ichiga olgan. Ushbu imperiya Yevropadagi eng uzun umr koʻrgan davlatlardan biri boʻlib, 1415-yil Shimoliy Afrikadagi Sueta urushidan to 1999-yil Makao suverinitetining Xitoyga topshirilguniga qadar qariyb olti asr tarixda oʻz mavjudligini surdirgan. Imperiyaga XV asrda asos solingan boʻlib, XVI asr boshidan Shimoliy va Janubiy Amerika, Afrika, Osiyo va Okeaniyaning turli mintaqalariga oʻz hududini kengaytirib borgan. Portugaliya imperiyasi Buyuk geografik kashfiyotlar davrida paydo boʻldi va Portugaliya qirolligining kuch va qudrati natijasida dunyoning koʻp qismlarini oʻziga boʻysundira oldi. Portugal dengizchilari 1418—1419-yillarda kartografiya va dengiz texnologiyasidagi soʻnggi yutuqlardan foydalangan holda ziravorlar savdosi uchun yangi dengiz yoʻllarini topish maqsadida Afrika qirgʻoqlarini va Atlantika okeani arxipelaglarini tadqiq qilishni boshladilar. (Davomi...) Yaxshi maqolaO‘zbekiston milliy futbol terma jamoasi (23 yoshgacha) — tarkibiga 21 yoshdan 23 yoshgacha Oʻzbekiston fuqarolari kirishi mumkin boʻlgan, yoshlar oʻrtasidagi xalqaro oʻyinlar va futbol musobaqalarida Oʻzbekiston sharafini himoya qiluvchi jamoa. OFK va FIFAning toʻliq aʼzosi boʻlgan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan boshqariladi. Terma jamoa nomi turnirga qarab oʻzgaradi. Shunday qilib, Olimpiya terma jamoasi yozgi Osiyo oʻyinlarining futbol turnirida, shuningdek, yozgi Olimpiya oʻyinlarining futbol turnirida Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi. 23 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasi sifatida esa Osiyo U-23 chempionatida muntazam ishtirok etib keladi. 2018-yilning yanvar oyi holatiga koʻra, Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi olti marta yozgi Osiyo oʻyinlarining futbol turnirida ishtirok etgan, 1994-yilgi turnirda esa Osiyo oʻyinlari chempioni boʻlgan. 2002-yildan boshlab Osiyo oʻyinlari futbol turnirida 23 yoshgacha boʻlgan va 3 nafardan koʻp boʻlmagan 23 yoshdan oshgan futbolchilar ishtirok etishi mumkin. (Davomi...)Xushsifat maqolaSitorai Mohi xossa — Buxoro xonligi malikasi. Oʻzbek hukmdori Subhonqulixonning (1680—1702) xotini. XVIII asrning boshida Buxoro va uning atrofida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari homiysi. „Bibi Oyposhsho“, „Podshoh bibi“ nomlari bilan ham mashhur boʻlgan. Malika Buxoro xonligining soʻnggi mustaqil hukmdorlari — Ubaydullaxon va Abulfayzxonlarning onasi, hamda Mangʻitlar oʻzbek sulolasi vakillarining amir Haydardan (1800—1826) boshlab barcha Buxoro amirligi hukmdorlarining bibikalonidir. Malika tarixiy manbalarda „Davron Xadichasi“, „Zamon Bilqisi“ nomlari bilan ham ulugʻlangan. Uni manbalarda „Podsho Oyim“ nomi bilan atashmagan, lekin u dafn etilgan daxma shu nom ostida davlat himoyasiga olingan. Sitorai Mohi xossa XVII asrning 2-yarmida Xoja Mir Abdulloh xonadonida Buxoroda tugʻilgan. Oliy tabaqaga mansub boʻlgan. Sitorai Mohi xossaning hayoti oddiy va oson kechmagan. Chunki bu paytda Ashtarxoniylar hokimiyati zaiflasha boshlagandi. Subhonqulixon (1680—1702) vafot etishi bilan mamlakatdagi inqiroz eng yuqori nuqtasiga koʻtarildi. Balx viloyati va uning atrofidagi hududlar alohida davlat boʻlib ajraldi. (Davomi...) |
Yangiliklar
Bilasizmi...
Bugun3-iyul
|
Vikipediyaning qardosh loyihalari
Vikipediya Vikimedia Jamgʻarmasi notijorat tashkiloti tomonidan yaratilgan boʻlib, ushbu tashkilot yana quyidagi ochiq loyihalarni boshqaradi:
MediaWiki Viki dasturlash |
Meta-viki Vikimedia loyihalari koordinatsiyasi |
Vikigid Sayohat haqida maʼlumotlar |
|||
Vikiiqtibos Iqtiboslar toʻplami |
Vikikitob Bepul kitoblar va qoʻllanmalar |
Vikilugʻat Lugʻat va tezaurus |
|||
Vikimaʼlumotlar Bepul bilimlar ombori |
Vikimanba Ochiq kutubxona |
Vikiombor Erkin media fayllar ombori |
|||
Vikiturlar Biologik turlar katalogi |
Vikiversitet Ochiq oʻqitish asboblari |
Vikiyangiliklar Ochiq matnli yangiliklar |
Vikitillar
-
1 000 000 tadan ortiq maqola
-
250 000 tadan ortiq maqola
-
50 000 tadan ortiq maqola