Bosh Sahifa
Tanlangan maqolaPortugaliya imperiyasi (portugalcha: Império Português), shuningdek tarixda Portugaliya mustamlakachi imperiyasi (Império Colonial Português) deb yuritilgan ushbu davlat hozirgi Portugaliyadan tashqari dunyoning katta qismlarida joylashgan bir qancha mustamlakalarni oʻz ichiga olgan. Ushbu imperiya Yevropadagi eng uzun umr koʻrgan davlatlardan biri boʻlib, 1415-yil Shimoliy Afrikadagi Sueta urushidan to 1999-yil Makao suverinitetining Xitoyga topshirilguniga qadar qariyb olti asr tarixda oʻz mavjudligini surdirgan. Imperiyaga XV asrda asos solingan boʻlib, XVI asr boshidan Shimoliy va Janubiy Amerika, Afrika, Osiyo va Okeaniyaning turli mintaqalariga oʻz hududini kengaytirib borgan. Portugaliya imperiyasi Buyuk geografik kashfiyotlar davrida paydo boʻldi va Portugaliya qirolligining kuch va qudrati natijasida dunyoning koʻp qismlarini oʻziga boʻysundira oldi. Portugal dengizchilari 1418—1419-yillarda kartografiya va dengiz texnologiyasidagi soʻnggi yutuqlardan foydalangan holda ziravorlar savdosi uchun yangi dengiz yoʻllarini topish maqsadida Afrika qirgʻoqlarini va Atlantika okeani arxipelaglarini tadqiq qilishni boshladilar. (Davomi...) Yaxshi maqolaGIF inglizcha Graphics Interchange Format, yaʼni „grafika almashish formati“ soʻzlarining qisqartmasi boʻlib, qisqartmaning talaffuzi 1990-yillardan beri bahsli boʻlib keladi. GIF ingliz tilida bir boʻgʻinli soʻz sifatida maʼlum boʻlib, keng miqyosda /dɪʒf/ ( tinglang) (jirafa soʻzidagi j tovushi bilan) hamda /ɡɪf/ ( tinglang) (gul soʻzidagi g tovushi bilan) talaffuz qilinadi. Munozarada koʻplab jamoat arboblari va muassasalar ishtirok etib keladi. Format yaratuvchisi Steve Wilhite (talaffuzi: Stiv Vilhayt) 2013-yilgi „Webby Awards“ tanlovida nutq so‘zlab, j bilan talaffuz to‘g‘ri ekanligini aytgan. GIF soʻzi turli hududlarda turlicha talaffuz qilinsa-da, soʻrovlar natijasi odatda g bilan talaffuz koʻproq tarqalganligini koʻrsatadi. Bundan tashqari, baʼzilar GIF qisqartmadagi har bir harfni alohida talaffuz qilib, uni /dʒiː aɪ ɛf/ ( tinglang) shaklida talaffuz qilishadi. Ingliz tili lugʻatlarida ikkala asosiy variant ham keltirilgan. Inglizcha soʻzlarning talaffuz chastotasiga asoslangan holda oʻtkazilgan lingvistik tahlillarda esa ikki variant ichida birortasi ham ustun emasligi xulosa qilingan. Ingliz tilidan boshqa ayrim tillarda ham GIF qisqartmasi turlia talaffuz qilinadi.. (Davomi...)Xushsifat maqola
Oʻzbekiston avtomobil raqamlari indeksi Oʻzbekiston Respublikasida barcha turdagi transport vositalarini qayd etish uchun joriy etilgan davlat belgilaridir. Davlat raqamlarini ishlab chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati qoshidagi „Oʻzavtomotobelgi“ davlat unitar korxonasi tomonidan amalga oshiriladi. Avtoraqamlarni nazorat qilish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (harbiy va maxsus texnika, vazirlik tizimidagi transport vositalari, jismoniy va yuridik shaxslarning transport vositalari nazorati), Mudofaa vazirligi (harbiy texnika, vazirlik tizimidagi transport nazorati) , Davlat xavfsizlik xizmati (harbiy texnika, xizmat tizimidagi transport nazorati) va Qishloq xoʻjaligi vazirligi (qishloq xoʻjaligi transporti nazorati) tomonidan amalga oshiriladi. Oʻzbekistonda birinchi marta avomobil raqamlari 1920-yillarda chiqarilgan. 1938, 1944, 1977-yillarda yangi namunalar chiqarilgan. 1989-yilda chiqarilgan avtomobil raqamlari esa 2000-yilgacha amal qilgan. 1996-yildan 2008-yilgacha yangicha davlat raqamlari joriy etildi va u 2012-yil 31-dekabrgacha amal qildi. 2008-yil 1-oktabrdan xalqaro talablarga javob beradigan yangi davlat raqamlari joriy qilindi. Avtoraqamlar yuqori texnologoyalar asosida ishlab chiqarilgan boʻlib, yorugʻlik qaytaradigan qatlam va korroziyaga qarshi xususiyatga ega. (Davomi...)
|
Yangiliklar
Bilasizmi...
Bugun25-iyun
|
Vikipediyaning qardosh loyihalari
Vikipediya Vikimedia Jamgʻarmasi notijorat tashkiloti tomonidan yaratilgan boʻlib, ushbu tashkilot yana quyidagi ochiq loyihalarni boshqaradi:
MediaWiki Viki dasturlash |
Meta-viki Vikimedia loyihalari koordinatsiyasi |
Vikigid Sayohat haqida maʼlumotlar |
|||
Vikiiqtibos Iqtiboslar toʻplami |
Vikikitob Bepul kitoblar va qoʻllanmalar |
Vikilugʻat Lugʻat va tezaurus |
|||
Vikimaʼlumotlar Bepul bilimlar ombori |
Vikimanba Ochiq kutubxona |
Vikiombor Erkin media fayllar ombori |
|||
Vikiturlar Biologik turlar katalogi |
Vikiversitet Ochiq oʻqitish asboblari |
Vikiyangiliklar Ochiq matnli yangiliklar |
Vikitillar
-
1 000 000 tadan ortiq maqola
-
250 000 tadan ortiq maqola
-
50 000 tadan ortiq maqola