Skopye

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Skopye, Skople (maked.: Скопје, alb.: Shkup) — Makedoniya poytaxti, Vardar daryosi boʻyida. Aholisi 444,2 ming kishi (1990-yillaroʻrtalari). Mamlakatning sanoat markazi, transport yoʻllari tuguni. Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 1/2 qismi S.ga toʻgʻri keladi. Metallurgiya, mashinasozlik, kimyo (plastmassa, sintetik tola, mineral oʻgʻitlar), farmatsevtika, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, oziqovqat (tamaki, mevasabzavot konservasi), yogʻochsozlik sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Gilam toʻqiladi. S. — Makedoniya madaniyati markazi: Makedoniya fanlar va sanʼat akademiyasi, universitet, badiiy galereya, arxeologiya va etnografiya muzeylari, teatr bor. Shaharga 6-asrda antik Skupi shahri yaqinida asos solingan. 9— 10-asrlarda S.da 1bolgar qirolligi, 13-asr oxiridan Serb davlati hukmronlik qilgan. Shahar. 1392—1912-yillarda turklar qoʻl ostida boʻlgan. 1913-yilda Serbiya Qirolligi, 1918-yildan Serb, xorvat va slovenlar qirolligi (1929-yildan Yugoslaviya) tarkibida. Ikkinchi jahon urushi davrida nemis fashistlari bosib olgan. 1963-yildan Yugoslaviya tarkibidagi Makedoniya, 1991-yildan mustaqil Makedoniya Respublikasi poytaxti.