Bosh Sahifa
Tanlangan maqolaPortugaliya imperiyasi (portugalcha: Império Português), shuningdek tarixda Portugaliya mustamlakachi imperiyasi (Império Colonial Português) deb yuritilgan ushbu davlat hozirgi Portugaliyadan tashqari dunyoning katta qismlarida joylashgan bir qancha mustamlakalarni oʻz ichiga olgan. Ushbu imperiya Yevropadagi eng uzun umr koʻrgan davlatlardan biri boʻlib, 1415-yil Shimoliy Afrikadagi Sueta urushidan to 1999-yil Makao suverinitetining Xitoyga topshirilguniga qadar qariyb olti asr tarixda oʻz mavjudligini surdirgan. Imperiyaga XV asrda asos solingan boʻlib, XVI asr boshidan Shimoliy va Janubiy Amerika, Afrika, Osiyo va Okeaniyaning turli mintaqalariga oʻz hududini kengaytirib borgan. Portugaliya imperiyasi Buyuk geografik kashfiyotlar davrida paydo boʻldi va Portugaliya qirolligining kuch va qudrati natijasida dunyoning koʻp qismlarini oʻziga boʻysundira oldi. Portugal dengizchilari 1418—1419-yillarda kartografiya va dengiz texnologiyasidagi soʻnggi yutuqlardan foydalangan holda ziravorlar savdosi uchun yangi dengiz yoʻllarini topish maqsadida Afrika qirgʻoqlarini va Atlantika okeani arxipelaglarini tadqiq qilishni boshladilar. (Davomi...) Yaxshi maqola
Erbil, shuningdek Hawler (kurdcha: ھەولێر, arabcha: أربيل, suryoniycha: ܐܲܪܒܹܝܠ, turkcha: Erbil) — Iroqning Kurdiston viloyati markazi va eng yirik shahri. Shuningdek tarixiy manbalarda shahar Arbel nomi bilan ham uchraydi. Bugungi kunga qadar shahar aholisini roʻyxatga olish oʻtkazilmagan va aholining aniq soni maʼlum emas. Shahar aholisining soni 1 600 000 atrofida deya tahmin etiladi. Miloddan avvalgi 5-mingyillikda Erbil hududiga odamlar kelib oʻrnasha boshlagan. Shahar markazida qadimiy Erbil qal’asi va Mudafariya minorasi joylashgan. Mintaqaga oid eng qadimgi tarixiy maʼlumot Shumerning uchinchi Ur sulolasi davriga toʻgʻri kelgan boʻlib, oʻshanda shoh Shulgi Urbilum shahri haqida taʼkidlagan. Keyinchalik shahar Ossuriya tomonidan bosib olingan. Gutiylar tomonidan bosib olingandan soʻng Erbil miloddan avvalgi XXI asrdan miloddan avvalgi VII asrning oxirigacha Ossuriya podsholigining ajralmas qismiga aylangan va Ossuriya yilnomalarida Urbilim, Arbela va Arba-ilu kabi turlicha nomlar bilan maʼlum boʻlgan. Shundan soʻng shahar bir qancha imperiyalar, shu jumladan, Midiya imperiyasi, Ahamoniylar davlati, Makedoniya imperiyasi, Salavkiylar davlati, Parfiya va Sosoniylar davlatining geosiyosiy ajralmas bir boʻlagi boʻlgan. (Davomi...)
Xushsifat maqola
Oʻtkan kunlar, baʼzi manbalarda Oʻtgan kunlar – oʻzbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy qalamiga mansub oʻzbek adabiyotidagi birinchi roman. 1969-yil „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida ushbu roman asosida „Oʻtgan kunlar“ nomli film suratga olingan. Adib romanni yozishda arab yozuvchisi Jurji Zaydon asarlaridan ilhomlangan. Roman 1920-yillar boshida yozilgan boʻlib, 1922-yil ilk bor „Inqilob“ jurnalida chop etilgan, va 1926-yilda alohida kitob holida chiqarilgan. Roman 19-asr voqealarini oʻz ichiga olgan. Murakkab tarixiy hodisalar romanning bosh qahramonlari Otabek va Kumushbibining fojiaviy sevgi qissasi atrofida ifodalangan. Voqealar rivoji mahalliy hukmdorlarning hokimiyat uchun qonli kurashlari muhitida kechadi. Boshqa yirik epik asarlardagi kabi „Oʻtkan kunlar“da ham hikoyanavislikning koʻp planliligi, ikkilamchi sujetlar mavjudligi, ketma-ket avj oluvchi va fojiali yakun topuvchi voqealar bilan mavjud. Ilgʻor fikrlarni olgʻa suruvchi Otabek obrazi romanning gʻoyaviy va kompozitsion markazi hisoblanadi. U savdodagi eskirgan iqtisodiy munosabatlarga qarshi chiqib, oila va turmush muammolariga yangi qarashga amal qiladi. (Davomi...)
|
Yangiliklar
Bilasizmi...
Bugun22-iyun
Tanlangan tasvir
|
Vikipediyaning qardosh loyihalari
Vikipediya Vikimedia Jamgʻarmasi notijorat tashkiloti tomonidan yaratilgan boʻlib, ushbu tashkilot yana quyidagi ochiq loyihalarni boshqaradi:
MediaWiki Viki dasturlash |
Meta-viki Vikimedia loyihalari koordinatsiyasi |
Vikigid Sayohat haqida maʼlumotlar |
|||
Vikiiqtibos Iqtiboslar toʻplami |
Vikikitob Bepul kitoblar va qoʻllanmalar |
Vikilugʻat Lugʻat va tezaurus |
|||
Vikimaʼlumotlar Bepul bilimlar ombori |
Vikimanba Ochiq kutubxona |
Vikiombor Erkin media fayllar ombori |
|||
Vikiturlar Biologik turlar katalogi |
Vikiversitet Ochiq oʻqitish asboblari |
Vikiyangiliklar Ochiq matnli yangiliklar |
Vikitillar
-
1 000 000 tadan ortiq maqola
-
250 000 tadan ortiq maqola
-
50 000 tadan ortiq maqola