Bosh Sahifa
Bugungi tanlangan maqolaPortugaliya imperiyasi (portugalcha: Império Português), shuningdek tarixda Portugaliya mustamlakachi imperiyasi (Império Colonial Português) deb yuritilgan ushbu davlat hozirgi Portugaliyadan tashqari dunyoning katta qismlarida joylashgan bir qancha mustamlakalarni oʻz ichiga olgan. Ushbu imperiya Yevropadagi eng uzun umr koʻrgan davlatlardan biri boʻlib, 1415-yil Shimoliy Afrikadagi Sueta urushidan to 1999-yil Makao suverinitetining Xitoyga topshirilguniga qadar qariyb olti asr tarixda oʻz mavjudligini surdirgan. Imperiyaga XV asrda asos solingan boʻlib, XVI asr boshidan Shimoliy va Janubiy Amerika, Afrika, Osiyo va Okeaniyaning turli mintaqalariga oʻz hududini kengaytirib borgan. Portugaliya imperiyasi Buyuk geografik kashfiyotlar davrida paydo boʻldi va Portugaliya qirolligining kuch va qudrati natijasida dunyoning koʻp qismlarini oʻziga boʻysundira oldi. Portugal dengizchilari 1418—1419-yillarda kartografiya va dengiz texnologiyasidagi soʻnggi yutuqlardan foydalangan holda ziravorlar savdosi uchun yangi dengiz yoʻllarini topish maqsadida Afrika qirgʻoqlarini va Atlantika okeani arxipelaglarini tadqiq qilishni boshladilar. 1488-yilda Bartolomeu Dias Yaxshi umid burnini aylanib chiqdi va 1498-yilda Vasco da Gama Hindistonga yetib keldi. 1500-yilda Pedro Alvares Kabral boshchiligida Braziliya qirgʻoqlari kashf etildi. Keyingi oʻn yilliklar davomida portugal dengizchilari Sharqiy Osiyo qirgʻoqlari va orollarini oʻrganishni davom ettirdilar, qalʼalar barpo etdilar. 1571-yilga kelib, Afrika, Yaqin Sharq, Hindiston va Janubiy Osiyo qirgʻoqlari boʻylab Lissabonni Nagasaki bilan bogʻlagan bir qator dengiz postlari vujudga keltirildi. Ushbu savdo tarmogʻi va mustamlakalardagi savdo Portugaliyaning jon boshiga toʻgʻri keladigan daromadining beshdan bir qismini tashkil etib, Portugaliya iqtisodiy oʻsishiga (1500—1800) sezilarli ijobiy taʼsir koʻrsatdi. (Davomi...)Bugungi yaxshi maqolaMalazgirt jangi (turkcha: Malazgirt Meydan Muharebasi) — Vizantiya imperiyasi va Saljuqiylar imperiyasi oʻrtasida 1071-yil 26-avgust kuni Malazgirt yaqinida boʻlib oʻtgan jang. Ushbu jangning tarixdagi ahamiyati juda baland hisoblanib, Vizantiya qoʻshinlarining magʻlubiyati va imperatorining asir tushishi orqali Vizantiyaning Onadoʻli va Armanistondagi hokimiyatiga putur yetdi va keyingi yillarda Onadoʻli asta-sekin turklasha boshladi. Jangning butun qiyinchiliklarini sharqiy va gʻarbiy tagmatadan kelgan Vizantiya armiyasining professional askarlari boshdan kechirdilar, chunki koʻp sonli yollanma askarlar va Onadoʻlidan yigʻilganlar erta qochib qolishdi va jonlari omon qoldi. Malazgirt jangidagi magʻlubiyat Vizantiya imperiyasi uchun falokatli oqibatlar olib keldi. Magʻlubiyat natijasida imperiyada fuqarolar urushi va iqtisodiy tanazzul yuz berdi. Buning oqibatida imperiya oʻz chegaralarini munosib himoya qila olmadi va turklar ommaviy Onadoʻliga hujum qilib, koʻchib kela boshladilar. Kichik Osiyoga ommaviy koʻchib kelgan saljuqiy turklar 1080-yilda Onadoʻlining 78,000 km2 hududini egallab olgan edilar. Vizantiyada ichki nizolar Aleksey I (1081-1118) imperiyada vaziyatni barqarorlashtirguniga qadar oʻttiz yil davom etdi. Tarixchi Thomas Asbridge shunday deb yozgan: „1071-yilda saljuqiylar Malazgirt jangida imperator qoʻshinini tor-mor etishdi va tarixchilar buni yunonlar uchun mutlaqo halokatli burilish deb hisoblamasalar-da, ammo bu magʻlubiyat juda katta muvafaqqiyatsizlik edi“. Ushbu jangda arixdagi birinchi va yagona Vizantiya imperatorining musulmon qoʻmondoniga asir boʻlishi kuzatildi.
|
Yangiliklar
Bilasizmi...
Bugun5-iyun
Butunjahon atrof-muhit kuni
|
Tanlangan tasvir
Paranal rasadxonasi. Cerro Paranal togʻi, Chili | |
Vikipediyaning qardosh loyihalari
Vikipediya Vikimedia Jamgʻarmasi notijorat tashkiloti tomonidan yaratilgan boʻlib, ushbu tashkilot yana quyidagi ochiq loyihalarni boshqaradi:
MediaWiki Viki dasturlash |
Meta-viki Vikimedia loyihalari koordinatsiyasi |
Vikigid Sayohat haqida maʼlumotlar |
|||
Vikiiqtibos Iqtiboslar toʻplami |
Vikikitob Bepul kitoblar va qoʻllanmalar |
Vikilugʻat Lugʻat va tezaurus |
|||
Vikimaʼlumotlar Bepul bilimlar ombori |
Vikimanba Ochiq kutubxona |
Vikiombor Erkin media fayllar ombori |
|||
Vikiturlar Biologik turlar katalogi |
Vikiversitet Ochiq oʻqitish asboblari |
Vikiyangiliklar Ochiq matnli yangiliklar |
Vikitillar
-
1 000 000 tadan ortiq maqola
-
250 000 tadan ortiq maqola
-
50 000 tadan ortiq maqola