BBC
Turi | Ijtimoiy tarqatuv |
---|---|
Tarmogʻi | Butunjahon |
Ishga tushgan sanasi | 18-oktabr 1922 |
Joylashuvi | London, Angliya |
Asoschi(lar)i |
John Reith George Villiers |
Prezidenti | Chris Patten |
Xoʻjayinlar | Tony Hall (bosh direktor) |
Mahsulot(lar)i | Tele-, radio-va veb-axborot |
Aylanma daromad | £5,086 milliard (2011/12)[1] |
Ishchilar soni | 23 000 (2011/12) |
Vebsayti | bbc.com |
British Broadcasting Corporation (inglizchadan tarjimasi: Britan Tarqatuv Korporatsiyasi), qisqartmasi: BBC (talaffuzi: Bi-Bi-Si), Buyuk Britaniya ijtimoiy tarqatuv korporatsiyasidir.[2] Birlashgan Qirollikda radioeshittirish olib borish uchun tuzilgan. 23 ming nafar xodimi bilan jahondagi eng yirik tarqatuvchi boʻlib turipti.[3][4][5] BBC shtab-kvartirasi Londondagi Broadcasting House binosida joylashgan.
1927-yil Londonda tashkil etilgan. 5 dastur (siyosat, iqtisod, biznes, madaniyat va sport) boʻyicha radioeshittirishlar berib boriladi; 1936-yildan 2 kanal boʻyicha teleeshittirish ham (umumiyommabop va madaniymaʼrifiy sohalarda) beriladi. Chet elga eshittirishlar (BiBiSi Umumjahon xizmati) kechakunduz (24 soat) ingliz va 40 dan ortiq xorijiy tilda berib, BBC Oʻzbek tahririyati 1994-yil noyabr oyida tashkil etilgan, eshittirishlar oʻzbek tilida olib boriladi. 1996-yil mart oyigacha faqat qisqa toʻlqinda eshittirishlar berilgan boʻlsa, keyinchalik oʻrta va oʻrta qisqa toʻlqinlarda berilmoqda. BBCʼning Oʻzbekiston tahririyati Oʻrta Osiyo va Kavkaz xizmati tarkibiga kiradi, mazkur xizmat oʻzbek tilidan tashqari qozoq, qirgʻiz, ozarbayjon va rus tillarida eshittirishlar beradi. BBC jahondagi koʻpchilik davlatlarda keng yoyilgan muxbirlik tarmogʻiga ega.
Amerikaliklar orasida sorov otkazilganida BBC ga koproq ishonishi aytilgan.
Logolari[tahrir | manbasini tahrirlash]
BBC'ning ilk logosi (1958-1963).[6]
BBC'ning ikkinchi logosi (1963-1971).[7]
BBC'ning uchinchi logosi (1971-1992).[7]
BBC'ning toʻrtinchi logosi (1988-1997).[8]
BBC'ning beshinchi joriy logosi (1997-yildan).[8]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Part 2 - The BBC Executive's Review and Assessment“ . BBC Annual Report 2011/12. London, United Kingdom: BBC (16-iyul 2012-yil). Qaraldi: 24-sentabr 2012-yil.
- ↑ "What is the BBC? Arxivlandi 2010-12-23 Wayback Machine saytida.." BBC. Retrieved 6-yanvar 2010-yil. "British Broadcasting Corporation Broadcasting House, Portland Place, London, W1A 1AA."
- ↑ „BBC: World's largest broadcaster & Most trusted media brand“ . Media Newsline. 5-oktabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-sentabr 2010-yil. Arxivlandi 2010-10-05 Wayback Machine saytida.
- ↑ „Digital licence“ . Prospect. Qaraldi: 23-sentabr 2010-yil.
- ↑ „About the BBC – What is the BBC“ . BBC Online. 16-yanvar 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-sentabr 2010-yil.
- ↑ „BBC logo design evolution - Logo Design Love“ .
- ↑ 7,0 7,1 Hayden Walker, History of BBC corporate logos Arxivlandi 4-mart 2012-yil Wayback Machine saytida.. TV ARK. Retrieved 20-noyabr 2010-yil.
- ↑ 8,0 8,1 „The BBC logo story“ (deadlink). BBC. 14-oktabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-sentabr 2013-yil.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Wikimedia Commonsda BBC mavzusiga oid fayllar bor. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |