Portal:Fizika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Stylised atom with three Bohr model orbits and stylised nucleus.svg Fizika portali

Fizika — tabiat haqidagi umumiy fan; materiyaning tuzilishi, shakli, xossalari va uning harakatlari hamda oʻzaro taʼsirlarining umumiy xususiyatlarini oʻrganadi. Bu xususiyatlar barcha moddiy tizimlarga xos. Turli va aniq moddiy tizimlarda materiya shakllarining murakkablashgan oʻzaro taʼsiriga tegishli maxsus krnuniyatlarni kimyo, geologiya, biologiya singari ayrim tabiiy fanlar oʻrganadi. Binobarin, fizika fani bilan boshka tabiiy fanlar orasida bogʻlanish bor. Ular orasidagi chegaralar nisbiy boʻlib, vaqt oʻtishi bilan turlicha oʻzgarib boraveradi. Fizika fani texnikaning nazariy poydevorini tashkil qiladi. Fizikaning rivojlanishida kishilik jamiyatining rivojlanishi, tarixiy davrlarning ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shartsharoitlari maʼlum ahamiyatga egadir.

Biografiya

Leonhard Euler.jpg

Leonhard Euler (15-aprel 1707-yil — 18-sentabr 1783-yil) — shveysariyalik matematik, mexanik va fizik olim, Peterburg Fanlar akademiyasi aʼzosi. Berlin Fanlar akademiyasi prezidenti (1759-yildan). 1720—24-yillarda Bazel (Shveysariya) universitetida oʻqib, matematikadan I. Bernulli maʼruzalarini tinglagan. Peterburg Fanlar akademiyasi da ishlab, Fanlar akademiyasi bilan ilmiy alo qalarni uzmay Berlin Fanlar akademiyasida ishlagan. Asosiy ilmiy ishlari oʻsha davr matematikasining barcha sohalariga, mexanika, elastiklik nazariyasi, matematik fizika, optika, muzika nazariyasi, mashinalar nazariyasi, ballistika, dengiz fani va boshqalarga oid. Eulerning osmon mexanikasi, tutash muhitlar mexanikasi va optikadagi kashfiyotlari salmoqli oʻrin egallaydi. Euler variatsion hisob, sonlar nazariyasi, analitik va maxsus funksiyalar nazariyasi, differensial tenglamalar nazariyasi va sirtlar nazariyasi kabi sohalarga asos solgan. U kiritgan „Euler burchaklari“ mexanikada muhim oʻrin tutadi. Qator ilmiy ishlari analitik geometriya, qatorlar nazariyasi va topologiyaga oid. (Davomi…)


Tanlangan maqolalar

Oʻzbekcha Vikipediyada ushbu mavzuga aloqador „tanlangan maqola“ mavjud emas.

Keshni tozalash