Vikipediya
Web-manzil | www.wikipedia.org |
---|---|
Interwiki | XX: |
Asosiy boʻlim | jami 287 boʻlim |
Asos solingan sana | 15-yanvar, 2001 |
Asoschi | Jimmy Wales va Larry Sanger |
Maqolalar soni | 20 milliondan dan ortiq |
Egasi | Wikimedia Foundation |
Litsenziya | erkin |
Reklama | yoʻq |
Vikipediya — koʻp tillik, erkin, onlayn ensiklopediya. U koʻngillilar jamoasi tomonidan ochiq hamkorlik hamda vikiga tayanuvchi tahrir tizimi asosida yoziladi va yuritiladi. Ushbu loyiha 15-yanvar 2001-yil mutaxassislarga moʻljallangan Nupediaga toʻldiruvchi sifatida yaratilib, hozirda uni notijorat Wikimedia Foundation tashkiloti boshqaradi. Vikipediya bugunga kelib eng katta va eng koʻp qaraladigan maʼlumot manbasiga aylandi.[1] Hozirda bu bepul ensiklopediyada dunyoning 283 tilida 20 milliondan oshiq maqola bor. Vikipediyaning eng katta ingliz tili boʻlimi 6505568 ta maqolaga ega. Taqqoslash uchun, qogʻoz nashrdagi ensiklopediyalar orasida eng kattasi boʻlmish Encyclopædia Britannica (Britaniya Ensiklopediyasi)dagi maqolalar soni 130 ming atrofidadir. Bundan tashqari Vikipediyaning juda mashhur boʻlib ketishi tufayli unga yoʻldosh Vikiombor, Vikilugʻat, Vikikitob, Vikiversitet, Vikiiqtibos hamda Vikiyangiliklar kabi loyihalar ham paydo boʻlgan.
Tarixi
wikipedia.com va wikipedia.org domenlari mos ravishda 2001-yil 12-yanvarda[2] va 2001-yil 13-yanvarda[3] roʻyxatga olingan.
Vikipediyaga 2001-yil 15-yanvarda, Amerika Qoʻshma Shtatlari fuqarolari Jimmy Wales va Larry Sanger asos solishgan. Sanger „Vikipediya“ soʻzini inglizcha „wiki“ va „encyclopedia“ soʻzlarini birlashtirib oʻylab topgan. „Wiki“ soʻzi aslida gavayiliklarning soʻzi boʻlib, „tez“ degan maʼnoni bildiradi va koʻpchilik birgalikda yaratadigan web sahifalar shu nom bilan ataladi. Jimmy Walesning niyati Britannica sifatiga erishish yoki undan ham yuqori darajaga erishish va bosma holida tarqatish boʻlgan edi.
Oʻzbek tilidagi Vikipediya
Oʻzbek tilidagi Vikipediyada 141 874 ta maqola bor. Foydalanuvchilar soni — 73 112, ulardan 685 nafari oxirgi oy ichida kamida bitta tahrir qilgan. Jami sahifalar soni (munozara, turkum va hokazo bilan qoʻshib hisoblaganda) — 643 592.
Oʻzbekcha Vikipediyaning Oʻzbekiston hududida toʻsilishi
2011-yilning oxirida noʻmalum sabablarga koʻra Oʻzbekiston hududida oʻzbek Vikipediyasi toʻsib qoʻyildi.[4] Bu oʻzbekcha Vikipediyaning rivojlanishini jiddiy oqsoqlantirdi. Bugungi kunda esa Oʻzbekistonda foydalanuvchilar oʻzbekcha Vikipediya sahifalarini hech bir muammosiz ocha oladilar.
Turli tillardagi nashrlari
Vikipediya juda koʻplab tillarda har kun, soat va soniyada turli tillarda toʻldirilib borilmoqda. Ayniqsa quyidagi tillar bunga yaqqol misol boʻla oladi:
Toʻliq roʻyxat bu yerda.
Manbalar
- ↑ „Wikipedia.org Sayt haqida ma'lumot (Inglizcha)“ . Alexa Internet. Qaraldi: 18 fevral, 2012.
- ↑ „WHOIS domain registration information results for wikipedia.com from Network Solutions“ (27-sentabr, 2007). 27-sentabr, 2007da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 31-avgust, 2018.
- ↑ „WHOIS domain registration information results for wikipedia.org from Network Solutions“ (27-sentabr, 2007). 27-sentabr, 2007da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 31-avgust, 2018.
- ↑ „Ўзбекистонда ўзбекча Wikipedia тўсиб қўйилди“ . Ozodlik Radiosi (16 fevral 2012). Qaraldi: 18 fevral, 2012.
Vikimedia Jamgʻarmasi loyihalari | ||
---|---|---|
| ||
Asoschilar | Jimmy Wales • Larry Sanger | |
Boshqa | Hududlardagi Vikimedia tashkilotlari |