1996
Navigatsiya qismiga oʻtish
Qidirish qismiga oʻtish
1996
Mingyilliklar: | 2chi mingyillik |
---|---|
Asrlar: | |
Oʻn yilliklar: | |
Yillar: |
- 3-yanvar — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Buxoro shahrining 2500-yillik yubileyiga tayyorgarlik koʻrish va uni nishonlash toʻgʻrisida" va "Xiva shahrining 2500-yillik yubileyiga tayyorgarlik koʻrish va uni nishonlash toʻgʻrisida" qarorlar qabul qildi.
- 9-yanvar — Oʻzbekistonda maʼlumotlarni uzatish Respublika kompyuter tarmogʻi "Oʻzpak" foydalanishga topshirildi.
- Yanvar — Toshkentda Alisher Navoiy tavalludining 555 yilligiga bagʻishlangan "Oʻzbekiston mustaqilligi va navoiyshunoslik istiqbollari" mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya boʻldi. Yanvar. Toshkentda Oʻzbekiston bokschilarining birinchi respublika spartakiadasi boʻlib oʻtdi. Yanvar. "Inson va qonun" — Oʻzbekiston Respublikasi huquqiy, ijtimoiy-ommabop gazetasining 1-soni nashrdan chiqdi (1998-yil yanvardan mustaqil haftalik nashrga aylantirildi). Yanvar. Oʻzbekiston Oqsoqollar kengashi va "Mahalla" jamgʻarmasining "Mahalla" ijtimoiy-siyosiy va maʼnaviy-maʼrifiy gazetasining 1-soni nashrdan chiqdi.
- 6-fevral — Lozanna shahrida Xalqaro Olimpiada qoʻmitasi qarorgohida Olimpiada harakatini rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovga Olimpiada oltin ordeni topshirildi.
- 9-fevral — Buxoro viloyatining Zafarobod shaharchasida Navoiy konmetallurgiya kombinati bilan rossiyalik sheriklar hamkorligida benzin tozalovchi smola ishlab chiqaradigan yangi kimyo-texnologiya korxonasi foydalanishga topshirildi.
- Fevral — Osiyo—Yevropa kabelli aloqa magistralining Oʻzbekiston hududidan oʻtadigan qismining qurilishi boshlandi. Umumiy uzunligi 19 ming km li ushbu magistralning 885 km Oʻzbekiston boʻylab oʻtgan (qurilish 1997-yilda yakunlandi).
- 4-mart — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etildi.
- 15-mart — Parijda "Amir Temur va temuriylar toʻgʻrisida ilmiy asarlar bibliografiyasi" kitobi chop etildi.
- 25-mart — Andijon viloyatining Asaka shahrida "Damas" mikroavtobuslarini ishlab chiqarish liniyasi ishga tushirildi.
- Mart — "Andijonirmash" irrigatsiya mashinasozligi zavodi negizida yengil avtomobillar uchun oʻrindiqlar ishlab chiqaradigan "Oʻztong xong kompani" Oʻzbekiston—Koreya qoʻshma korxonasi tashkil etildi.
- 3-aprel — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida Davlat aksiyadorlik uy-joy jamgʻarma banki — "Oʻzuyjoyjamgʻarmabank" roʻyxatga olindi (2005-yil fevral oyidan Ipoteka bank).
- 5-aprel — Toshkentda respublikada birinchi "Oʻzinvestloyiha" injiniring kompaniyasi faoliyat koʻrsata boshladi.
- 5-aprel — "Oʻzbeknavo" gastrolkonsert birlashmasi (2001-yildan "Oʻzbeknavo" estrada birlashmasi) tashkil etildi.
- 9-aprel — Toshkent, Samarqand va xorijiy mamlakatlarda YUNESKO rahbarligida sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi keng nishonlandi.
- 16-aprel — Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining birinchi taʼsis qurultoyi boʻlib oʻtdi.
- 16-aprel — Germaniyaning Gamburg shahrida professional boks tarixida birinchi bor Oʻzbekiston vakili — toshkentlik sportchi Artur Grigoryan jahon chempioni boʻldi.
- 17-aprel — "Kamolot" jamgʻarmasi taʼsis etildi.
- 20—26-aprel — YUNESKOning Parijdagi bosh qarorgohida "Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorifning gullab-yashnashi" mavzuida ilmiy konferensiya va koʻrgazma boʻlib oʻtdi.
- 23-aprel — Toshkentda YEXHTning "Markaziy Osiyo: YEXHT doirasida keng qamrovli xavfsizlik va mintaqaviy mojarolar" mavzuidagi simpoziumi boʻlib oʻtdi.
- 25—26-aprel — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 5-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasining "Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida", "Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida", "Erkin iqgisodiy zonalar toʻgʻrisida", "Oʻzbekiston Respublikasi davlat xavfsizligi toʻgʻrisida"gi qonunlari qabul qilindi.
- 26-aprel — Amir Temur ordeni taʼsis etildi.
- 26-aprel — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Faxriy unvonlari taʼsis etildi.
- 26-aprel — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tashkil etildi.
- 29-aprel — "Oʻzbekkino" Davlataksiyadorlik kompaniyasi (hozirgi "Oʻzbekkino" milliy agentligi) tuzildi.
- Aprel — Buxoroda suv sifatini boshqarish boʻyicha xalqaro kengash boʻlib oʻtdi.
- Aprel — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining "Qonun himoyasida" jurnalining 1-soni nashrdan chiqdi.
- 2-may — Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tashkil etildi.
- 13-may — "Tajan—Saraxs" transosiyo temir yoʻl magistrali ochildi.
- 15-may — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi tashkil qilindi (2005-yil 2-maydan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi).
- 22-may — Toshkentda jahondagi kompyuter texnikasining yetakchisi - IBM kompaniyasi vakolatxonasi ochildi.
- May — Samarqandda "Sunam" Oʻzbekiston — Turkiya qoʻshma korxonasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. May. "Shahrixon—Xonobod" yoʻnalishi boʻyicha poyezdlar qatnay boshladi. May. Toshkentda Oʻzbekiston Gidrometeorologiya xizmati muzeyi ochildi.
- 25-iyun — "OʻzDEUavto" Oʻzbekiston - Janubiy Koreya qoʻshma korxonasida "Tiko" va "Neksiya" avtomobillari ishlab chiqaradigan liniyalar ishga tushirildi.
- Iyun — Angren "Sanoatkartonsavdo" aksiyadorlik jamiyatida dastlabki sellyuloza ishlab chiqarildi.
- 15—21-iyul — Oʻzbekistonda birinchi marta ommaviy sport haftaligi oʻtkazildi.
- 15-iyul — Fan va madaniyat xalqaro jamgʻarmasi tuzildi.
- 19-iyul — Andijon viloyatining Asaka shahrida yengil avtomobillar ishlab chiqarish boʻyicha "OʻzDEUavto" Oʻzbekiston — Janubiy Koreya qoʻshma korxonasining xalqaro taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi.
- 19-iyul — 4-avgust — AQShning Atlanta shahrida boʻlib oʻtgan 24-yozgi Olimpiada oʻyinlarida hamyurtlarimiz bittadan kumush va bronza medallariga sazovor boʻlishdi.
- 14-avgust — Nukusda marmar ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma korxona ishga tushirildi.
- 27-avgust — Yangiyoʻl shahrida biokimyo zavodining yangi korxonasini ishga tushirish munosabati bilan tantanali yigʻilish boʻlib oʻtdi.
- 28-avgust — Samarqand va Shahrisabz shaharlarini Amir Temur ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida farmon chiqdi;28-avgust — "Miskin—Toʻrtkoʻl" temir yoʻli qurilishi tugallandi.
- 29-avgust — "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni taʼsis etildi.
- 29-avgust — Oʻzbekiston Respublikasi Konsullik ustavi qabul qilindi.
- 29—30-avgust — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 6-sessiyasida "Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida", "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida"gi qonunlar qabul qilindi.
- 30-avgust — Oʻzbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qoʻllab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamgʻarmasi roʻyxatdan oʻtkazildi.
- 1-sentabr — Toshkent shahrida Xalqaro Olimpiya shon-shuhrati muzeyi ochildi. Unda Xalqaro Olimpiada qoʻmitasi prezidenti Xuan Antonio Samaranch ishtirok etdi.
- 9-sentabr — Oʻzbekiston Respublikasi "Maʼnaviyat va maʼrifat" kengashining "Maʼnaviyat" nashriyoti tashkil etildi.
- 20-sentabr — Samarqandda qadimiy Afrosiyob shahar xarobasida qazish ishlari olib borgan fransuz arxeologlari topilmalari koʻrgazmasi ochildi.
- 27-sentabr — Oʻzbekiston Bolalar jamgʻarmasi roʻyxatdan oʻtkazildi.
- Sentabr — Fargʻona neftni qayta ishlash zavodida zamonaviy fersol va ferlit plastik moyi ishlab chiqaradigan qurilma ishga tushirildi.
- Sentabr — Buxoroda Hindistonning "Larsen TurboLTD" firmasi qurgan 430 oʻringa moʻljallangan toʻrt yulduzli mehmonxona ochildi.
- Sentabr — Andijonda polietilen plyonka ishlab chiqaradigan Oʻzbekiston — Turkiya qoʻshma korxonasi taqdimoti boʻldi.
- Sentabr — "Toshkent traktor zavodi" ishlab chiqarish birlashmasi konveyeridan TTZ-130 rusumli dastlabki traktorlar chiqdi.
- Sentabr — Asaka shahrida "FederechiAsaka-Makaroni" Oʻzbekiston—Italiya qoʻshma korxonasi ishga tushdi.
- Sentabr — Buxoro viloyati Jondor tumanida 13-asrda yashab oʻtgan xalq qahramoni, sarkarda Mahmud Torobiyga haykal oʻrnatildi.
- 2-oktabr — Oʻzbekiston Respublikasi Islom konferensiyasi tashkilotiga aʼzo boʻldi.
- 8-oktabr — Oʻzbekiston Banklar assotsiatsiyasi respublikada birinchi "Bankinformreyting" mustaqil reyting kompaniyasini taʼsis etdi.
- 18-oktabr — Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi tantanali ravishda ochildi.
- 18-oktabr — Samarqand va Shahrisabz shaharlarida Sohibqiron Amir Temur haykali ochildi. Har ikki shaharga "Amir Temur" ordeni topshirildi;18-oktabr — Toshkentda "Birja va ulgurji savdo" yangi haftalik gazetasi taqdimoti boʻlib oʻtdi.
- 21-oktabr — Toshkent shahrida Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Turkiya hamda Oʻzbekiston rahbarlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi va unda Toshkent Deklaratsiyasi imzolandi.
- 24-oktabr — Shirin ichimliklar va maʼdanli suv ishlab chiqaruvchi "Samarqand-Praga", qoʻshma korxonasi dastlabki mahsulotlarini chiqardi.
- 24-oktabr — Toshkent shahrida "Amir Temur va uning jahon tarixida tutgan oʻrni" mavzuida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.
- 31-oktabr — Toshkentda "Yozuvchi" gazetasining 1-soni nashrdan chiqdi.
- 31-oktabr — Oʻzbekiston Respublikasi Inson huquqlari boʻyicha milliy markazi tuzildi.
- Oktabr — Toshkentda besh yulduzli "Interkontinental" mehmonxonasining 1-navbati foydalanishga topshirildi.
- Oktabr — Oʻzbekiston—Italiya "Sovplastital" qoʻshma korxonasi Parijda "Sifat uchun Yevropa Oltin mukofoti"ga sazovor boʻldi. Bu qoʻshma korxona sazovor boʻlgan sakkizinchi xalqaro mukofotdir.
- Oktabr — Toshkentda "Bozor, pul va kredit" ilmiy-amaliy jurnalining 1-soni, shuningdek, Orol dengizi havzasi muammolarini yoritish boʻyicha "Vestnik Arala" ("Orol axborotnomasi") ilmiy jurnalining ilk soni bosmadan chiqdi.
- 28-noyabr — Xivada turkman shoiri va mutafakkiri Mahtumquli haykali ochildi.
- 30-noyabr — Toshkent viloyatining Toʻytepa shahrida "Kabul-Toʻytepa tekstil" Oʻzbekiston — Koreya qoʻshma korxonasining ochilish marosimi boʻldi.
- Noyabr — Toshkentda "Texnoinvest" Oʻzbekiston—Shveysariya qoʻshma korxonasi tashkil etildi.
- 3-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti tashkil etildi.
- 8-dekabr — Gulistonda "OʻzDEUavto" qoʻshma korxonasida ishlab chiqarilgan "Neksiya" avtomobillarini sotish boʻyicha Oʻzbekistonda birinchi kimoshdi savdosi boʻlib oʻtdi.
- 13-dekabr — "Oʻzbekistonning yangi tarixi"ni nashrga tayyorlash va nashr etish toʻgʻrisida" qaror qabul qilindi.
- 20-dekabr — Oʻzbekiston Fanlar akademiyasida Abdurauf Fitrat tavalludining 110 yilligiga bagʻishlangan tantanali yigʻilish va ilmiy konferensiya boʻlib oʻtdi.
- 26—27-dekabr — Toshkentda 1-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 7-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasining "Notariat toʻgʻrisida", "Davlat uy-joy siyosatining asoslari toʻgʻrisida", "Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari toʻgʻrisida", "Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida" qonunlari qabul qilindi.
- 29-dekabr — Toshkent shahrining yangi gerbi tasdiqlandi.
- 30-dekabr — Qashqadaryo viloyatidagi Alan konida yiliga 5 mlrd. kub metr gaz va 200 ming tonna kondensat chiqaradigan quvvatlar foydalanishga topshirildi.
- Dekabr — Oʻzbekiston Faxriylar kengashi Oʻzbekiston faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash "Nuroniy" jamgʻarmasiga aylantirildi. Dekabr — Nukusda Qoraqalpogʻistonda birinchi biznes markazi ochildi. Dekabr — Buxoro viloyatida marmarga ishlov beradigan yangi zavod ishga tushirildi.
- Dekabr — Ijtimoiy-siyosiy va huquqiy yoʻnalishdagi "Hurriyat" mustaqil gazetasi chiqa boshladi. Dekabr — Toshkent davlat yuridik instituti qoshida Inson huquqlari va gumanitar huquqni oʻrganish markazi ochildi.
- 1996 — "Oʻzbekistonning yangi tarixi" markazi tashkil etildi.
- 1996 — "BUZTEL GSM" ("Bakri Oʻzbekiston telekom") kompaniyasi taʼsis etildi.
Voqealar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shuningdek qarang: Turkum:1996-yil voqealari
- yanvar - 2-chaqiriq Rossiya Davlat Dumasi faoliyati boshlandi.
- fevral - Rossiya Yevropa Ittifoqiga kirdi.
- 20-26-aprel - YUNESKOning Parijdagi bosh qarorgohida «Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorifning gullab-yashnashi» mavzuida ilmiy konferentsiya va koʻrgazma boʻlib oʻtdi.
- aprel - Italiyada Romano Prodi boshchiligida hukumat tuzildi. Soʻl kuchlar koalitsiyasi qonunchilik organ lari uchun saylovlarda g'alaba qozondi.
- may - Hindiston Milliy Kongressi partiyasi hindistonda qonun chiqaruvchi organlarga bo'lgan saylovlarda induistlarga yutkazibqoʻydi. Bu paytda hindistonda jangovar induizm millatchiligi faollashdi.
- iyun - Isroilda Binyamin Netanyaxu premer-ministr etib saylandi.
- avgust - Grozniyda shafqatsiz janglar. Jangarilar Rossiya federal kuchlarini qamal qildi.
- 23-26-oktabr - Toshkent shahrida «Amir Temur va uning jahon tarixidagi oʻrni» mavzuida xalqaro
konferentsiya boʻlib oʻtdi.
- Mashhad va Saraxs oʻrtasida temir yoʻl qurilishi tugallandi.
- Ispaniyada «Xalk alyansi» partiyasining saylovdagi gʻalabasi, hukumat rahbari kilib Xose Mariya Asnar saylandi. U Bosh vazir Felipe Gonsales Markes oʻrnini egalladi.
- Ruminiya prezidenti etib liberal partiya yoʻlboshchisi I. Konstantinesku saylandi.
- 2-aprel — Создание Сообщества России и Белоруссии.
- 16-iyun — первый тур президентских выборов в Российской федерации. Во второй тур вышли Г.А. Зюганов и Б.Н. Ельцин. Также участвовали А.И. Лебедь, Г.А. Явлинский, В.В. Жириновский, С.Н. Фёдоров, М.С. Горбачёв и др.
- 3-iyul — победа Бориса Ельцина во втором туре.
- 17-iyul — по невыясненным причинам взорвался самолёт, вылетевший из Нью-Йорка в Париж, с 229 пассажирами на борту.
- 17-iyul — министром обороны России назначен генерал И. Родионов, руководивший разгоном демонстрации в Тбилиси в 1989.
- 19-iyul — состоялась церемония открытия юбилейных (в честь столетия с момента возрождения Олимпийских игр) летних Олимпийских игр в Атланте, США.
- 31-avgust Переговоры Лебедя и Масхадова в Хасавюрте. Завершение 1-й "чеченской" войны. Вывод российских войск из Чечни.
- ноябрь — в Японии начаты продажи первых DVD дисков и проигрывателей.
- ноябрь — президентские выборы в США. На второй срок переизбран Билл Клинтон.
- 29-dekabr - 36 yil davom etgan Gvatemaladagi fuqarolar urushi kurashayotgan tomonlarning yarashuvi bilan tugaydi.
Tugʻilgan[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shuningdek qarang: Turkum:1996-yilda tugʻilganlar
Vafot etgan[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shuningdek qarang: Turkum:1996-yilda vafot etganlar
- 8-yanvar — Франсуа Миттеран, экс-президент Франции.
- 28-yanvar — Иосиф Бродский, русско-американский поэт.
- 26-mart — Дэвид Паккард, американский предприниматель, сооснователь компании Hewlett-Packard (род. 1912).
- 21-aprel — убит Джохар Дудаев, президент Чечни.
- 13-iyun — Иванов, Александр Александрович, поэт-пародист
- 24-iyun — Микаэл Таривердиев, композитор, автор музыки к фильмам.
- 9-iyul — Сергей Курёхин, известный композитор, джазмен, рок-пианист, художник и режиссёр.
- 8-avgust — Георгий Мете́льский, русский журналист и писатель Литвы (род. в 1911).
- 3-noyabr — Жан-Бедель Бокасса, бывший президент и император Центральноафриканской республики, людоед.
- 25-noyabr — Эдисон Денисов, русский композитор.
- 1-dekabr — Бабрак Кармаль, бывший президент Афганистана.
- 19-dekabr — Марчелло Мастроянни, актёр.
Нобелевские премии[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Физика — Дэвид Ли, Дуглас Ошеров и Роберт Ричардсон — «За открытие сверхтекучести гелия-3».
- Химия —
- Медицина и физиология —
- Экономика —
- Литература — Вислава Шимборска — «За поэзию, которая с предельной точностью описывает исторические и биологические явления в контексте человеческой реальности».
- Премия мира —
Bu maqola ruscha yozilgan. | |
Iltimos, maqolani oʻzbek tiliga tarjima qiling. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |