Bosh Sahifa
Bugungi tanlangan maqolaMuhammad Shohmurod (1741-yil (yoki, 1742/43-yil; 1749-yil), Buxoro, Buxoro xonligi — 1800-yil 30-noyabr, Buxoro, Buxoro amirligi) — Buxoro amirligi hukmdori (1785—1800). Mangʻitlar oʻzbek sulolasining birinchi hukmdorlaridan biri va ushbu sulolaning birinchi amiri. Davlat arbobi va sarkarda. Buxoro xonligida otaliq va viloyatlarda hokim vazifalarini bajargan. Mangʻitlar oʻzbek sulolasi vakillari orasida eng nufuzli oʻrinni egallagan hamda zamondoshlari va kelgusi avlodlar tomonidan Amiri Maʼsum — Begunoh amir, Umari soniy — Ikkinchi Umar, Gʻoziy, Jannatmakon yoki Amiri Jannatmakon nomlari bilan ulugʻlanadi. Amir Shohmurod Buxoro amirligida 4 ta: moliya, sud, maʼmuriy va harbiy sohalarda islohotlarni amalga oshirgan. Davlat boshqaruvida adolatni bosh tamoyil qilib olib, shariat normalariga toʻgʻri kelmaydigan barcha soliqlarni bekor qildirgan. Koʻplab XVI—XVII asrlarga tegishli vaqf hujjatlarini qayta koʻchirtirgan; amaldagi yoki butunlay faoliyat koʻrsatmayotgan va yoʻqolgan vaqf hujjatlarini qayta ishga solgan. Uning davriga kelib aholisi kamayib, qishloq darajasiga tushib qolgan Samarqand qayta qurilgan. Amir Shohmurod Samarqandni qayta qurish tarxini oʻzi chizgan. U shaharda 24 ta mavze qurdirib, davlatning sharqiy viloyatlaridan bu yerga koʻplab oilani koʻchirib keltirgan. Shu ishlarning natijasi oʻlaroq, shahar gavjumlashib, iqtisodiy va madaniy ahvol ancha tiklangan. Amir Shohmurod oʻzidan oldingi hukmdorlar Arkda qurdirgan binolardan keraklilarini qoldirib, qolganini esa buzdirib, ulardan chiqqan qurilish materiallarini Buxoro shahri ichkarisi va tashqarisidagi masjidlarga ishlatgan. Amir Shohmurod shaxsi ziddiyatli boʻlib, u haqida koʻpgina mualliflar turlicha fikr bildirishgan. (Davomi...)Bugungi yaxshi maqolaKoʻkaldosh madrasasi (Koʻkaltosh madrasasi) — Oʻzbekiston Respublikasi Buxoro viloyati Buxoro shahrining tarixiy markazida, Labihovuz ansamblining shimoli-sharqiy tomonida joylashgan 2 qavatli madrasa inshooti. Buxoro xonligining poytaxtida 1568/69-yilda Qulbobo koʻkaldosh tomonidan bunyod etilgan madrasa, shu davrdan boshlab, hozirgi kungacha Markaziy Osiyoning eng yirik madrasasi maqomini oʻzidan saqlab turibdi. Buxoro xonligi, Buxoro amirligi va Buxoro xalq sovet respublikasining oʻziga xos Fanlar akademiyasi (Dor ul-fununi) boʻlgan. Hozirda Buxoroda eng ogʻir ahvolda qolib ketgan madaniy meros obyektlaridan biri boʻlib, unda ayollar goʻzallik saloni, video-montaj ustaxonasi, ofislar, doʻkonlar, hunarmandchilik ustaxonasi va hujra-muzeyi joylashgan. Aksariyat hujralari taʼmirtalab ahvolda qolib ketgan. Koʻkaldosh madrasasining vaqf hujjatlari ilk bora professor Muso Saidjonov tomonidan oʻrganilib, oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Keyinchalik, hujjatlar Abdusattor Jumanazar tadqiqotlari davrida qayta oʻrganib chiqilgan. Madrasaning bizgacha ikkita vaqf hujjati yetib kelgan. Biri asl (1593—1594-yillarda tuzilgan), ikkinchisi Buxoro amirligi hukmdori Amir Shohmurod (1785—1800) davrida koʻchirilgan nusxa. Asl nusxa charm gʻilofli, oʻram shaklida, tili forsiy, nastaʼliq xatida yozilgan. Koʻchirma nusxa ham asliga mos. (Davomi...) |
Yangiliklar
Bilasizmi...
Bugun22-mart
Butunjahon suv resurslari kuni
|
Tanlangan tasvir
Tinch okeani ustida parvoz qilayotgan Amerika Qoʻshma Shtatlari havo kuchlari B-2 Spirit samolyoti (2006-yil may) | |
Vikipediyaning qardosh loyihalari
Vikipediya Vikimedia Jamgʻarmasi notijorat tashkiloti tomonidan yaratilgan boʻlib, ushbu tashkilot yana quyidagi ochiq loyihalarni boshqaradi:
MediaWiki Viki dasturlash |
Meta-viki Vikimedia loyihalari koordinatsiyasi |
Vikigid Sayohat haqida maʼlumotlar |
|||
Vikiiqtibos Iqtiboslar toʻplami |
Vikikitob Bepul kitoblar va qoʻllanmalar |
Vikilugʻat Lugʻat va tezaurus |
|||
Vikimaʼlumotlar Bepul bilimlar ombori |
Vikimanba Ochiq kutubxona |
Vikiombor Erkin media fayllar ombori |
|||
Vikiturlar Biologik turlar katalogi |
Vikiversitet Ochiq oʻqitish asboblari |
Vikiyangiliklar Ochiq matnli yangiliklar |
Vikitillar
-
1 000 000 tadan ortiq maqola
-
250 000 tadan ortiq maqola
-
50 000 tadan ortiq maqola