1994
Navigatsiya qismiga oʻtish
Qidirish qismiga oʻtish
1994
Mingyilliklar: | 2chi mingyillik |
---|---|
Asrlar: | |
Oʻn yilliklar: | |
Yillar: |
- 6-yanvar — Muborak gazni qayta ishlash zavodida yangi 14-blok ishga tushirildi.
- 25-yanvar — Toshkentda Yevropa va Osiyo mamlakatlari sanoatchilar va ishbilarmonlar xalqaro kongressi kengashining yigʻilishi ish boshladi.
- 4-fevral — Oʻzbekiston Avtomobil transporti xalqaro uyushmasiga aʼzo boʻldi.
- 24-fevral — Norvegiyaning Lillixammer stadionida 17-qishki Olimpiadada hamyurtimiz Lina Cheryazova fristayl boʻyicha olimpiada chempioni boʻldi.
- 15-mart — Qashqadaryo viloyat davlat qoʻgʻirchoq teatri tashkil etildi.
- 19-mart — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan 1994-yil "Mirzo Ulugʻbek yili" deb eʼlon qilindi.
- Mart — Buxoro viloyatining Kogon shahrida grafit-gips kombinatining birinchi navbati ishga tushirildi.
- 8-aprel — "Toshkent" Respublika fond birjasi tashkil etildi (birja 1995-yildan "Yevrosiyo" fond birjalari federatsiyasiga, 2001-yildan MDH birjalari assotsiatsiyasiga aʼzo).
- 8-aprel — Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi tashkil etildi.
- 13-aprel — "Oʻzbekinvest" eksportimport milliy sugʻurta kompaniyasi tashkil etildi.
- 23-aprel — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti "Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat" jamoatchilik markazi tashkil qilish toʻgʻrisida" farmon chiqardi.
- Aprel — Oʻzbekiston Respublikasi jahon pochta ittifoqiga aʼzo boʻldi.
- Aprel — Uzunligi 94 km boʻlgan Gazli — Nukus gaz quvurining birinchi navbati ishga tushirildi.
- 2-may - Xursand O'rozboyev tug'ilgan.
- 5-may — Oʻzbekistonning oliy darajadagi unvoni — "Oʻzbekiston Qahramoni" taʼsis etildi.
- 5-may — "Mustaqillik", "Doʻstlik" ordenlari, "Jasorat", "Shuhrat" medallari taʼsis etildi.
- 12-may — "Savdogarbank" aksiyadorlik tijorat banki tashkil etildi.
- 24-may — Toshkentda Qozogʻiston Respublikasi elchixonasi ochildi.
- 30-may — Toshkentda birinchi marta "Prezident kubogi" uchun xalqaro tennis musobaqasi boʻlib oʻtdi.
- May — "Andijonirmash" zavodi negizida tashkil etilgan "OʻzEKS" Oʻzbekiston—Rossiya qoʻshma korxonasi dastlabki besh ekskavatorni tayyorladi.
- May — Nukusda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining Qoraqalpogʻiston boʻlimi tarkibida Bioekologiya ilmiytadqiqot instituti ochildi.
- 8-iyun — Oʻzbekistonda birinchi "Vaqt" milliy depozitariysi — ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etildi.
- 21-iyun — "Trastbank" aksiyadorlik birja banki tashkil etildi.
- 1-iyul — Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi — soʻm muomalaga kiritildi.
- 18-iyul — Toshkentda Konrad Adenauer fondi taqdimoti boʻlib oʻtdi.
- 2-avgust — Toshkentda "Yunusobod" sport maj-mui ochildi (1-navbati —1994-yil, 2-navbati 1997-yil, suv havzasi 2001-yilda qurib bitkazilgan). Hozir "Oʻzbekiston" sport majmui nomi bilan ataladi.
- Avgust — Qoʻngʻirot tumanida karbid ishlab chiqaruvchi zavod, Namangan viloyatining Uychi tumanida asfalt zavodi ishga tushirildi. Avgust. Toshkentda "Tafakkur" jurnalining 1-soni nashrdan chiqdi. Avgust. "Gʻallabank" aksiyadorlik tijorat banki tashkil etildi.
- 2-sentabr — Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tashkil etildi.
- 2-sentabr — Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi va Jinoyat protsessual kodeksi qabul qilindi.
- 8-sentabr — Qatar davlatining poytaxti Doʻhada boʻlib oʻtgan oʻsmirlar Osiyo chempionatida toshkentlik shaxmatchi Rustam Qosimjonov oltin medalni qoʻlga kiritdi.
- 22-sentabr — Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi toʻgʻrisida Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi.
- 22—23-sentabr — Toshkentda 12-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 16-sessiyasida "Yer osti boyliklari toʻgrisida" qonun qabul qilindi.
- 24—25-sentabr — Xorazmda davlat arbobi va shoir Feruz tavalludining 150 yilligi nishonlandi.
- Sentabr — Toshkentda Yevropa hamjamiyatining TASIS dasturi doirasida ishbilarmonlik aloqalari Markazi ochildi.
- Sentabr — Jizzax shahrida "Oʻzbekmebel" davlat-aksiyadorlik birlashmasi tizimida Jizzax mebel fabrikasi tashkil etildi.
- 3-oktabr — Toshkentda Jahon sayyohlik tashkilotining "Ipak yoʻli" xalqaro konferensiyasi ochildi. "Ipak yoʻli boʻylab sayyohlik boʻyicha Samarqand deklaratsiyasi" qabul qilindi.
- 6-oktabr — Nukusda buyuk olim, mashhur astronom Mirzo Ulugʻbek haykali ochildi.
- 12-oktabr — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining galereyasini tashkil qilish toʻgʻrisida"gi qaroriga binoan Oʻzbekiston Tasviriy sanʼat galereyasiga asos solindi (2004-yilda maxsus qurilgan binoga joylashtirildi).
- 13—15-oktabr — Toshkent va Samarqandda Mirzo Ulugʻbek tavalludining 600 yillik yubileyi tantanalari boʻlib oʻtdi. Toshkentda "Mirzo Ulugʻbek va uning jahon taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi" mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazildi.
- 14-oktabr — Jinoyat-qidiruv politsiyasi (Interpol) Bosh assambleyasining 63-sessiyasida Oʻzbekiston Interpolning Xalqaro tashkilotiga qabul qilindi.
- 16-oktabr — Yaponiyaning Xirosima shahrida futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 12-Osiyo oʻyinlari chempioni boʻldi.
- 7-noyabr — "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etildi.
- Noyabr — Ellikqalʼada "Elteks" toʻqimachilik kombinati ishga tushirildi. 6-dekabr. Toshkentda buyuk adib Abdulla Qodiriy tavalludining 100 yilligiga bagʻishlangan tantanali kecha boʻlib oʻtdi.
- 19-dekabr — Toshkentda Oʻzbekistonning Xalqaro bolalar jamgʻarmasi (YUNISEF)ga aʼzo boʻlib kirishi toʻgʻrisidagi bitim imzolandi.
- 20-dekabr — Buxoroda binokorlik uchun marmar plitalar ishlab chiqaradigan zavod ishga tushirildi.
- 23-dekabr — Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasi tashkil etildi.
- 25-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylovlarning 1-turi boʻlib oʻtdi.
- 29-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash toʻgʻrisida" qaror qabul qildi.
- 29-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasining YUNESKO ishlari boʻyicha Milliy komissiyasi tashkil etildi.
- Dekabr — "Nukus—Moskva" yoʻnalishi boʻyicha tezyurar poyezdlarning muntazam qatnovi boshlandi.
- 1994 — Toshkentda Oʻzbekiston — Buyuk Britaniya "OʻzBAT" qoʻshma korxonasi tashkil etildi.
- 1994 — Samarqand shahrida 4 yulduzli "Afrosiyob" mehmonxonasi qurib bitkazildi;1994 - "Yogʻdu" kinostudiyasi tashkil etildi.
Voqealar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shuningdek qarang: Turkum:1994-yil voqealari
- Yanvar — Rossiyada Davlat Dumasining faoliyati boshlandi.
- Aprel — Ruandada general Jyuvenal Xabyarimon vafot etganligi e’lon qilindi. Mamlakatda tutsi va xutu xalqlari oʻrtasida fukarolar urushi boshlanib, unda tutsi xalqi g'olib chikdi.
- Aprel — dekabr - Italiyada Silvio Berluskoni boshchiligida oʻng koalitsion hukumat tuzildi.
- May — Isroil qoʻshinlari Ierixon va Gʻazo mintaqasidan olib chiqib ketildi. Falastin Ozodlik Tashkiloti (FOT) va Isroil yarashuvi uchun birinchi qadamlar qoʻyildi.
- Iyul — Rossiya Federatsiyasi vositachiligida Armaniston va Ozarbayjon oʻrtasida harbiy harakatlarni toʻxtatish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.
- Iyul — Koreya Mehnat partiyasi MK Bosh kotibi, KXDR prezidenti Kim Ir Sen vafot etdi. U mamlakatni Ikkinchi jahon urushidan keyin qariyb 50 yil boshqardi. Shimoliy Koreya prezi denti lavozimini uning ugli Kim Chen Ir egalladi.
- 2-13 Sentabr — Qirg'izistonda parlament inqirozi va Oliy Kengashning oʻz-oʻzini tarqatishi.
- Oktabr — Falastin Ozodlik Tashkiloti va Isroil rahbarlarining Yaqin Sharq muammosini hal etishdagi xizmati tan olinib, Yosir Arafot, Shimon Peres va Ishoq Rabinga tinchlik oʻrnatishdagi xizmatlari uchun Nobel mukofoti berildi.
- Oktabr — Iordaniya va Isroil oʻrtasida tinchlik shartnomasi imzolandi va ushbu davlatlar orasi da 46 yil davom etgan urushga chek qoʻyildi.
- Noyabr — Afgoniston siyosiy maydonida yangi kuch-tolibonlar harakati paydo boʻldi.
- Belarus Respublikasida boʻlgan prezident lik saylovlarida Aleksandr Georgievich Lukashenko mazkur davlatning birinchi prezidenti etib saylandi.
- Rossiyada oʻz mustaqilligini talab qilgan Chechenistonga qarshi urush boshlandi. Bu urush «chechen ekstremist-separatistlarga qarshi urush» deb niqoblandi.
- Выборы президентов Украины, Белоруссии.
- 18 Yanvar — начало работы Госдумы
- 29 Aprel — Корпорация Commodore объявляет о своей ликвидации и начинает процедуру банкротства.
- 20 Iyul — состоялась инаугурация президента Белоруссии Лукашенко, Александра Григорьевича.
- 20 Iyul — на базе Гуманитарной Академии ВС РФ и Военной академии экономики, финансов и права ВС РФ создан Военный университет Вооружённых Сил Российской Федерации
- 11 Oktabr — обвальное падение курса рубля по отношению к доллару («чёрный вторник»).
- Oktabr — Тим Бернерс-Ли основал Консорциум Всемирной паутины (W3C).
- 8 Noyabr — Джордж Буш (George W. Bush) стал губернатором штата Техас (США)
Tugʻilgan[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shuningdek qarang: Turkum:1994-yilda tugʻilganlar
Vafot etgan[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shuningdek qarang: Turkum:1994-yilda vafot etganlar
- 9-mart — Чарльз Буковски, американский поэт и писатель.
- 22-aprel — Ричард Никсон, 37-й президент США (1969—1974) (род. 1913).
- 5-aprel — Курт Кобейн (род. 1967), лидер и вокалист группы «Nirvana».
- 1-may — Сенна, Айртон, трёхкратный чемпион мира по Формуле-1.
- 14-iyun — Генри Манчини (Henry Mancini; род. 1924), американский кинокомпозитор и дирижёр. Получил за свою музыку 4 приза «Оскар» и 20 «Грэмми» («Розовая пантера», «Большая гонка», «Лунная река», и др.).
- 20-iyun — Джей Майнер (род. 1932), создатель первого в мире мультимедийного персонального компьютера Amiga (Amiga 1000).
- 13-avgust — Элиас Канетти, австрийский писатель, лауреат Нобелевской премии по литературе (1981).
- 12-sentabr — Егоров, Борис Борисович, советский врач и космонавт.
- 14-dekabr — Чичибабин, Борис Алексеевич, поэт, лауреат Гос. премии (1990).
Nobel mukofoti laureatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Fizika — Bertram N. Brockhouse va Clifford Glenwood Shull
- Kimyo — George Andrew Olah
- Fiziologiya va tibbiyot — Alfred G. Gilman va Martin Rodbell
- Iqtisodiyot — Reinhard Selten, John Forbes Nash, va John Harsanyi
- Adabiyot — Kenzaburō Ōe
- Tinchlik — Yosir Arofat, Shimon Peres, va Yitzhak Rabin
Bu maqola ruscha yozilgan. | |
Iltimos, maqolani oʻzbek tiliga tarjima qiling. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |