Yii2 WordPress Veb dasturlash Startap Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Internet texnologiyalari Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili

i18n va l10n – dasturni tarjima qilish

i18n va l10n – dasturni tarjima qilish

Barcha dasturlash tillarida i18n va l10n imkoniyati mavjud. Ushbu maqolada PHP, asosan WordPress muhitida tarjima imkoniyatlarini ko’rib chiqamiz. “i18n” (internationalization – xalqarolashtirish) va “l10n” (localization – lokallashtirish) atamalari ba’zan bir xil ma’noda ishlatilsa ham aslida bir oz farqli harakatlarga nisbatan qo’llaniladi. PHPda yozilgan dasturni tarjima qilish uchun yaratilgan har qanday imkoniyatlardan WordPress ham to’liq foydalana oladi. Bundan tashqari WordPress uchun faqat uning o’zigagina xos bo’lgan, alohida i18n va l10n imkoniyatlar ham bor.

Dasturni tarjima qilish

Bir tildagi interfeys uchun yozilgan dasturni tarjima qilish va dunyoning boshqa tillarida ham foydalanish uchun tayyorlash mumkin. Masalan, dastur ingliz tilidagi interfeys asosida yozilgan bo’lsa, uni istalgan boshqa tillarga tarjima qilish hamda dasturning ayni imkoniyatlarini boshqa tillardagi foydalanuvchilar uchun ham taqdim etish mumkin.

I18N – “internationalization”, ya’ni “xalqarolashtirish” dasturni boshqa tillarga tarjima qilish uchun tayyorlashni bildiradi. Dasturchi o’z mahsulotini bitta asosiy tildagi interfeys asosida yozadi. i18n imkoniyati orqali esa huddi shu interfeysni boshqa tillarga ham tarjima qilish mumkin bo’ladi. Turli tillarga xos tushunchalarni, masalan soat formati (24 soatlik, 12 soatlik, AM va PM), pul birligiga aloqador belgilar joylashuvi ($100 yoki 100$), raqamlarda mingliklarning ajratilishi va butun sonlar (10 000.00 yoki 10,000.00 yoki 10 000,00) kabi masalalarni ham i18n hal qiladi.

L10N – “locatilization”, ya’ni “mahalliylashtirish” atamasi dasturni tarjima qilish jarayonining o’zini anglatadi. l10n – bu dasturni tarjima qilish, degani.

PHP va WordPress uchun tarjima imkoniyatlari

Boshqa dasturlash tillarida bo’lgani kabi PHP uchun ham tarjimaga yordam beruvchi, xalqarolashtirishni osonlashtiruvchi kutubxonalarni ko’plab topish mumkin. PHPda yozilgan dasturlarni xalqarolashtirishda eng ko’p gettext funksiyalaridan foydalanishadi. Bu funksiyalar haqida batafsil o’qishingiz mumkin.

WordPress tarjima uchun PHP standarti hisoblangan GetText Portable Object (PO) ishlatadi. Shablonlar va plaginlarda tarjima uchun tayyorlangan yozuvlarni turli tillarga tarjima qilish, yangi yozuvlarni izlash va saqlash uchun har xil imkoniyatlar bor. Buni PO fayllarni tahrirlaydigan tashqi dasturlar va xizmatlardan foydalanib amalga oshirishingiz ham mumkin. Bundan tashqari WordPress admin panelidan turib tarjima qilishga mo’ljallangan pulli va bepul plaginlar ham talaygina.

Keyingi web dasturingizni xalqarolashtirishga alohida e’tibor qarating. Bugungi globallashuv davrida dasturingizdan boshqa millatlar va xalqlarning foydalanishi uchun tarjima katta ahamiyatga ega.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan