Bosh Sahifa
Bugungi tanlangan maqolaUsmonlilar imperiyasidagi yahudiylar tarixi — Usmonlilar imperiyasida istiqomat qilgan yahudiy xalqlarining tarixi. Tarix bilan yaqindan qiziqmaydigan odamlar koʻpincha ikkita notoʻgʻri fikr bilan kifoyatlanadilar: Birinchi fikrga koʻra, yahudiylar Turkiyaga 1492-yilda surgun qilinganlar. Ikkinchi fikrga koʻra esa turklar va yahudiylarning birinchi aloqasi 1453-yilda, Istanbul fathidan keyin amalga oshirilgan. Vizantiya imperiyasidagi yahudiylar tarixiga qaraydigan boʻlsak, yahudiylar miloddan avvalgi 4-asrda Onadoʻli hududiga kirib kelganlar, Usmonlilarning beylik davridan to imperiyaning qulashiga qadar va hatto imperiyadan keyingi Turkiya Respublikasi davrida ham ushbu hududlarda istiqomat qilishgan. Usmonlilar imperiyasining yuksalish davri 15-16-asrlar yahudiylarning oltin davri boʻlgan. Usmonlilar davlatiga ilk bosmaxonani olib kelgan yahudiylar davlat ishlarida ham faol qatnashgan va katta lavozimlarni egallashgan. 17-asrga toʻgʻri kelgan Usmonlilar imperiyasining turgʻunlik davrida Usmonli yahudiylari madaniy va iqtisodiy inqirozga yuz tutdilar. 18-asrda yuz bergan tanazzul davrida, yahudiylar Sabetay Sevi voqeasidan kelib chiqqan zarba bilan „passiv himoya psixoziga“ kirishdilar. Soʻnggi davlatning qulash davrida yahudiylarning madaniy darajasi shu qadar pasayib ketgan ediki, hatto chet tilini oʻrganish biryoqda tursin hatto dindan chiqib ketayotgandek tuyuldi. Ammo Usmonlilarning qaysi davrida boʻlsa boʻlsin, yahudiylar jamoasi usmonlilar tuprogʻida boshqa xristian davlatlardagilarga nisbatan ishonch va tinchlikda yashadilar. (Davomi...)Bugungi yaxshi maqolaAriana Grande-Butera (26-iyun 1993-yilda tugʻilgan) amerikalik qoʻshiqchi va aktrisadir. U oʻz karyerasi davomida koʻplab yutuqlarga, jumladan ikki marta Grammy mukofotiga, bir marta Brit mukofotiga, ikki marta Billboard Music Awardsga, uch marta American Music Awards va toʻqqiz marta MTV Video Music Awardsga loyiq topilgan. Floridaning Boca Raton shahrida tugʻilgan Grande musiqiy faoliyatini ilk bor oʻn uch yoshida 2008-yilda Broadway teatrida sahnalashtirilgan 13 nomli myuzikl bilan boshlagan. U Nickelodeon telekanali orqali efirga uzatilgan Victorious (2010-2013) va Sam & Cat (2013-2014) teleseriallaridagi Cat Valentine roli bilan shuhrat qozongan. Keyinchalik, uning YouTubedagi kaver versiyada kuylangan ashulalarini payqagan Republic Records studiyasi u bilan 2011-yilda shartnoma imzolaydi. Uning pop va R&B janrlaridagi Yours Truly (2013) nomli debyut albomi AQSh Billboard 200 chartida birinchi raqamli albom boʻldi va albomning „The Way“ singli esa Billboard Hot 100 chartida top oʻntalikka kirdi. Grande oʻzining ikkinchi va uchinchi studiya albomlari sanalmish My Everything (2014) va Dangerous Woman (2016) albomlarida pop va R&B janrlarini davom ettiradigan EDM elementlaridan foydalandi. Albomlardan birinchisi global miqyosda muvaffaqiyat qozondi va albomning „Problem“, „Break Free“ va „Bang Bang“ singllari Billboard 200 chartida top oʻntalikka kirdi; ikkinchisi Birlashgan Qirollik albomlari chartida toʻrtta ketma-ket birinchi raqamli albomlarning biri boʻldi. Shaxsiy kurashlari uning trap elementlaridan foydalangan toʻrtinchi va beshinchi studiya albomlari boʻlmish Sweetener (2018) va Thank U, Next (2019) larga taʼsir koʻrsatdi hamda albomlarning har ikkisi ham tanqidiy, ham tijoriy jihatdan muvaffaqiyat qozondi. Sweetener albomi Grammyning „Eng yaxshi pop vokal albomi“ nominatsiyasiga loyiq topildi, Thank U, Next albomi esa koʻplab streaming xizmatlarida rekord oʻrnatdi va Grammyning „Yil albomi“ nominatsiyasiga sazovor boʻldi.
|
Yangiliklar
Bilasizmi...
Bugun4-dekabr
|
Tanlangan tasvir
Tinch okeani ustida parvoz qilayotgan Amerika Qoʻshma Shtatlari havo kuchlari B-2 Spirit samolyoti (2006-yil may) | |
Vikipediyaning qardosh loyihalari
Vikipediya Vikimedia Jamgʻarmasi notijorat tashkiloti tomonidan yaratilgan boʻlib, ushbu tashkilot yana quyidagi ochiq loyihalarni boshqaradi:
MediaWiki Viki dasturlash |
Meta-viki Vikimedia loyihalari koordinatsiyasi |
Vikigid Sayohat haqida maʼlumotlar |
|||
Vikiiqtibos Iqtiboslar toʻplami |
Vikikitob Bepul kitoblar va qoʻllanmalar |
Vikilugʻat Lugʻat va tezaurus |
|||
Vikimaʼlumotlar Bepul bilimlar ombori |
Vikimanba Ochiq kutubxona |
Vikiombor Erkin media fayllar ombori |
|||
Vikiturlar Biologik turlar katalogi |
Vikiversitet Ochiq oʻqitish asboblari |
Vikiyangiliklar Ochiq matnli yangiliklar |
Vikitillar
- 1 000 000 dan oshiq maqola:
- 250 000 dan oshiq maqola:
Bahasa Indonesia • Bahasa Melayu • Български • Català • Čeština • Dansk • Esperanto • Euskara • فارسی • עברית • 한국어 • Magyar • Norsk Bokmål • Română • Srpski • Srpskohrvatski • Suomi • Türkçe • Українська
- 50 000 dan oshiq maqola:
Bosanski • Eesti • Ελληνικά • English (Simple English) • Galego • Hrvatski • Latviešu • Lietuvių • മലയാളം • Norsk nynorsk • Slovenčina • Slovenščina • ไทย • Oʻzbekcha