Aydaho
| |||||
---|---|---|---|---|---|
| |||||
Shtat laqabi: | |||||
![]() | |||||
Poytaxt | Boise | ||||
Eng yirik shaharlar | Boise Nampa Idaho Falls | ||||
Maydon - Butun |
AQSh: 14-oʻrinda 216,446 km² | ||||
Aholi - Butun (2011) |
AQSh: 39-oʻrinda 1,429,096 | ||||
YShM |
AQSh: 42-oʻrinda $43,571 mil. | ||||
Ittifoqqa kirish - Sana |
43-boʻlib 3 iyul 1890 | ||||
Vaqt | UTC-8 (PST) / -7 (MST) | ||||
Qisqartma | IA [19] | ||||
Shtat guli | Mock Orange | ||||
Shtat daraxti | Western White Pine |
Aydaho - Amerika Qoʻshma Shtatlardan biri. Maʼmuriy markazi - Boise shahri. AQSh ittifoqiga 1890-yilning 3-iyulida kirgan, undan oldin - Idaho Territory.[1]
Shimoli-g‘arbidagi shtat. Katta qismi tog‘lardan ibo-rat. Shimoliy va markazida Qoyali tog‘lar, sharqida Kolumbiya platosi, janubida Sneyk daryosi tekisligi bor. Maydoni 216,4 234ming km². Aholisi 1,1 mln. kishi (1992), jum-ladan, shahar aholisi 47,5%. Ma’muriy markazi – Boyse shahri 3 mingga yaqin mahalliy xalq – indeyslar bor. Shimoliy qismida konchilik sanoati va rangli me-tallurgiya (qurg‘oshin, pyx), janubiy qismida sug‘oriladigan dehqonchilik (Sneyk daryosi va uning irmoqlari vodiylarida) iqtisodiyotining asosini tashkil etadi. Sug‘oriladigan ekin maydoni ishlanadigan yerlarning 1/3 qismini band qilgan. Asosiy ekinlari: kartoshka (ekin may-doni jihatidan AQSHda 1-o‘rinda, yalpi hosili jihatidan 2-o‘rinda turadi); qand lavlagi (AQShda qand lavlagining 1G‘10 qismi), bug‘doy va yem-xashak ekinlari ekiladi. Bog‘dorchilik, yaylov chorvachiligi rivojlangan. Aydaxo tovar mahsulotining yarmiga yaqinini chorvachilik beradi. A.da kumush, rux va qo‘rg‘oshin qazib chiqariladi. Fosforit zaxirasi katta. Ishlab beruvchi sanoatda asosiy tarmoqlari – rangli metallurgiya (Kellogg), oziq-ovqat sanoati, o‘rmonchilik. Shtatning markaziy qismida atom ener-giyasi sohasida ilmiy ish olib boradigan yirik markaz bor. Turizm (Quyosh vodiysi va boshqalar) rivojlangan, kurort ko‘p. Ameri-kani g‘arbdan sharqqa kesib o‘tadigan 2 ta temir yoʻl magistrali A.dan o‘tadi.
Manbalar[tahrir]
![]() |
|