Isroil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Isroil Davlati
מדינת ישראל Medinat Jisra'el
Isroil davlat bayrogʻi   Isroil davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Yoʻq
Madhiya: Hatikva (Umid; הַתִּקְוָה)
Isroil Xaritasi
Poytaxt Quddus
Rasmiy til(lar) ivrit, arabcha
Hukumat Parlamentlik respublika
 • Prezident Reuven Rivlin
 • Bosh Vazir Benjamin Netanyahu
Maydon  
 • Butun Asosiy: 20.770 km²
Bosib olingan yerlar bilan: 22.072 km² km² (154-)
 • Suv (%) 2.1
Aholi  
 • 2016 roʻyxat 8 522 000 (97- oʻrin)
 • Zichlik 387/km²
YaIM (XQT) 2014- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$ 305,707 mlrd. (47-)
 • Jon boshiga AQSh$ 38,004
Pul birligi yangi shekel (ILS)
Vaqt Mintaqasi (UTC+2)
 • Yoz (DST) (UTC+3)
Qisqartma IL
Internet domen .il
Telefon prefiksi +972


Isroil (ivritcha: יִשְׂרָאֵל, arabcha: إسرائيل‎) — Yaqin Sharq oʻlkasida, Osiyoning gʻarbiy qismida, Oʻrta dengizning janubisharqiy boʻyida joylashgan davlat. Asosiy va rasmiy maydoni 20 770 km2[1]. Aholisi soni 2016-yilgi maʼlumotlarga koʻra 8 522 000 kishi. Poytaxti — Quddus shahri. Asosiy iqtisodiy, siyosiy va madaniy markazi — Tel-Aviv shahri. Rasmiy tillari — ivrit va arabcha. BMTning 1947-yildagi qaroriga muvofiq

Davlat tuzumi[tahrir]

Isroil — respublika. Mamlakatda yagona konstitutsiya yoʻq. Uning oʻrnini bosuvchi bir qancha qonunlar bor. Eng muhimlari: Qonun chiqaruvchi va ijrochi idoralarni tashkil etish toʻgʻrisida 1948 yilgi Qonun va Maʼmuriy farmon, 1949 yilgi Muvaqqat qonun, Qaytib kelish toʻgʻrisida 1950 yilgi Qonun, Fuqarolik haqida 1952 yilgi Qonun, Knesset toʻgʻrisida 1958 yilgi Asosiy qonun va boshqa.

Davlat boshligʻi — prezident (2000 yildan Moshe Katsav), u knesset (bir palatali parlament) tomonidan 7 yil muddatga saylanadi, 2-muddatga qayta saylanish huquqiga ega emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — knesset, uning 120 deputati umumiy toʻgʻri yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 yil muddatga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni hukumat amalga oshiradi, hukumat knesset tomonidan tasdiqlanadi.

Tabiati[tahrir]

Isroilning dengiz boʻyi qismi kambar pasttekislik, sharqiy qismi bal. 500–1000 m li plato boʻlib, uning sharqiy chekkasi tor, chuqur Hor boti-gʻiga tik tushgan. Xula va Tiveriad koʻllari, Ulik dengiz, janubda Negev choʻli bor. Fosforit, toshtuz, marmar, mis, temir rudasi, neft, gaz konlari topilgan.

Iqlimi subtropik, janubda va soyliklarda chala choʻl va choʻl iqlimi. Yozi issiq (24—36°), qishi iliq (6—18°). Yillik yogʻin 100–800 mm. Shimoli-shar-qidan Iordan daryosining yuqori qismi oʻtadi. Daryo suvidan sugʻorishda foydalaniladi. Tuprogʻi qoʻngʻir, togʻ boʻz-qoʻngʻir, boʻz, janubdagi choʻllarda boʻz-qoʻngʻir. Togʻlarda makvis, gariga, doim yashil eman, qaragʻay va b. usadi. Sirtlon, chiyaboʻri, daman, kemiruvchi va sudralib yuruvchilar koʻp. Qushlarning choʻl va dashtga xos turlari uchraydi.

Aholisining 82%i yahudiylar, 16%i arablar, qolgan qismi armanlar, druzlar. Isroil yaxudiylarining yarmidan koʻprogʻi boshqa mamlakatlardan kelgan muhojirlardir. Rasmiy til — ivrit va arab tillari. Koʻpchilik aholi yahudiylik, qolganlari musulmon va xristian dinida. Aholining 90%i shahar va shaharchalarda yashaydi. Yirik shaharlari: Tel-Aviv, Xayfo, Quddus (gʻarbiy qismi), Ramat-Gan.

Tarixi[tahrir]

Isroil davlati BMT Bosh Assam-bleyasining 1947 yil 29 noyabr qarori asosida tashkil topgan (1948 yil 14 may). Qarorga koʻra, Buyuk Britaniya mandatidagi Falastin mustaqil deb eʼlon qilindi; uning hududi arab va yahudiy mustaqil davlatlariga boʻlindi, har ikki davlat demokratik konstitutsiyaga ega boʻlishi lozim edi. Yahudiy davlatining hududi 14,1 ming km2, aholisi 498 ming yahudiy va 497 ming arab (shundan 90 mingi badaviy) deb belgilandi. Quddus BMT boshqaruvidagi mustaqil maʼmuriy birlik deb ajratildi. Arab-Isroil urushi (1948—49) davrida Isroil Falastin arab davlati uchun 1 Falastin qududi (Iordan daryo-sining Gʻarbiy so hili va Gʻazza ajratilgan hududning 4/5 qismini, Quddusning gʻarbiy qismini bosib oldi va Quddusni Isroil poytaxti deb eʼlon qildi. Isroil bosib olgan hududdan taxminan 1 mln. arab quvgʻin qilindi.

1956 yil Isroil, Buyuk Britaniya va Fransiyaning Misrga, 1958 yil AQSH bilan Buyuk Britaniyaning Livan va Iorda-niyaga qarshi agressiyalarida qatnashdi. Isroil Iordan daryosi suvining bir kismini oʻz tomoniga burib yubordi (1964 yil iyun). 1967 yil 2 iyunda tuzilgan hukumat "Buyuk Isroil" davlatini barpo etish rejasini amalga oshirishga kirishdi. 1967 yil 5 iyunda Isroil arab davlatlariga qarshi yana agressiya boshladi. BMT Xav-fsizlik Kengashi oʻzining 1967 yil 5—9 iyundagi majlisida Isroildan harbiy harakatlarni darhol toʻxtatishni talab qildi, ammo Isroil agressiyani davom ettira-verdi. Taraqqiyparvar kuchlarning ta-labi va Xavfsizlik Kengashining qaroriga muvofiq (1967 yil 10 iyulda) Isroil oʻq otishni toʻxtashishga majbur boʻldi, ammo bosib olgan arab xududlaridan oʻz armiyasini olib ketishdan bosh tortdi. 1967 yil 22 noyabrda Xavfsizlik Kengashi Yaqin Sharqdagi tan-glikni siyosiy yoʻl bilan bartaraf etish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Ammo Isroil bu qarorni mensimadi. Bosib olingan hududlarda harbiylashtirilgan yahudiy qishlokdari qurildi. 1973 yil kuzidagi arab-isroil urushida Isroil armiyasi va texnikasi katta talafot koʻrish evaziga koʻpgina yerlarni bosib oldi. 1974 va 1975 yillarda Isroil Misr bilan, 1974 yilda Suriya bilan tuzgan bitimlarga binoan qoʻshinlar bir-biridan yiroqlashtirildi, ular oʻrtasida bufer mintaqa hosil qilindi, bu yerga BMT qoʻshinlari joylashtirildi. 1979 yilgi Isroil -Misr sulh shartnomasiga muvofiq, Isroil oʻz qoʻshinlarini Sinay yarim oroldan olib ketdi va 1982 yilda yarim orolni Misrga kaytarib berdi. 1993 yilda Isroil bilan Falastin Ozodlik tashkiloti bir-birlarini tan olish hamda Gʻazza mintaqasi va Iyerixon sh. atrofida Muvaqqat Falastin muxtoriyati toʻgʻrisida bitim tuzdilar. 1998 yil oktyabrdagi Isroil — Falastin shartnomasida Isroil arablardan bosib olgan yerlarining bir qismini kaytarib berishi koʻzda tutilgan. Ammo Isroil - Falastin mojarosini bartaraf etish mushkul masalaligicha qolayotir.

Isroil — 1949 yildan BMT aʼzosi. OʻzR su-verenitetini 1991 yil 25 dekabrda tan oldi va 1992 yilda diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi. Milliy bayrami — Mustaqillik kuni (1948) — Yahudiylar taqvimiga koʻra, bu bayram har yili har xil kunda kelishi mumkin (2001 yilda 26 aprelga toʻgʻri keldi).

Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. "Avoda" ("Mehnat") sotsialistik partiyasi, 1968 yilda tuzilgan; "Likud" ("Ittifoq") partiyasi, 1973 yilda tashkil etilgan; SHAS diniy partiyasi, 1984 yilda tuzilgan; "Mafdal" milliy-diniy partiyasi, 1956 yilda tashkil etilgan; Arab demokratik partiyasi, 1988 yilda tuzilgan; "Isra-el ba-Aliya" ("Isroil yuksalishda") partiyasi, 1996 yilda asos solingan. I. umumiy mehnat federatsiyasi kasaba uyushmasi 1920 yilda tashkil etilgan.

Iqtisodiyoti[tahrir]

Sanoati[tahrir]

IIsroil iqtisodiyotidaharbiy sanoat asosiy oʻrinni egallaydi, u tash-qi moliyaviy manbalarga, ayniqsa AQSH va Yevropa Ittifoqi yordamiga juda karam. I. sanoati ilmfan yutuqlariga asoslangan tarmoklar — tibbiy elektronika, aloqa vositalari, kompyuterlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Metall ishlash, mashinasozlik (jumladan, samolyotsozlik, kemasozlik, ay-niqsa ularning harbiy turlari), elektrotexnika, elektronika, kimyo sanoati, olmosni qayta ishlash ham rivojlangan. Yengil sanoatning toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻnchilik kabi tarmoklari mavjud. Oziq-ovqat, yogʻochsozlik, ne-ftni qayta ishlash, binokorlik mate-riallari sanoati rivoj topgan. Bir oz miqdorda kaliy va toshtuz, mis va temir rudalar, neft qazib olinadi. Energetika, asosan, chetdan keltirilgan xom ashyo negiziga qurilgan. Asosiy sanoat markazlari — Tel-Aviv, Xayfo.

Xoʻjaligi[tahrir]

Isroil — rivojlangan indust-rial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 21%, qishloq xoʻjaligi ulushi 3%ni tashkil etadi.

Qishloq xoʻjaligi[tahrir]

Ekinzorlarning aksar qismi davlatga va Yahudiy milliy jamgʻarmasiga qarashli boʻlib, bu yerlar kibutsa, moshava deb atalgan qishloq xoʻjaligi shirkatlariga ijaraga beriladi. Yer maydonlarining 20% dan koʻprogʻi ishlanadi, uning 40% dan or-tigʻi sugʻoriladi. Qishloq xoʻjaligining asosiy tar-mogʻi — dehqonchilik. Eksport uchun, asosan, sitrus mevalar yetishtiriladi (yiliga 1,5 mln. tonna), bular boshqa mevalar bilan birga qishloq xoʻjaligi mahsuloti asosiy qiymatining 30% ni tashkil etadi. Ichki ehtiyoj uchun bugʻdoy, kartoshka, sabzavot, texnika ekinlaridan paxta, qand lavlagi, zaytun va b. ekiladi. Bogʻdorchilik, tokchilik, gulchilik bilan ham shugʻullaniladi. Chorvachiligida qoramol, qoʻy va echki, shuningdek, parranda boqiladi. Baliqchilik qam rivojlangan. Qishloq xoʻjaligi mamlakat ehti-yojlarini qondirmaydi.

Transporti[tahrir]

Asosan, avtomobil transporti rivojlangan, avtomobil yoʻllarining uz. — 13 mingkm. Temir yoʻl uzunligi — 890 km. Dengiz savdo floti muhim oʻrin tutadi. Dengiz portlari: Xay-fo, Ashdod, Eylat. Tel-Aviv yaqinida xalqaro aeroport bor. Bir necha neft quvurlari boʻlib, ular orqali Qizil dengiz sohilidan Oʻrta dengiz portlariga neft oqiziladi.

Isroil chetga qishloq xoʻjaligi va mashinasozlik mahsulotlari, tarashlangan olmos, maʼdanli oʻgʻit, kimyoviy moddalar, qurolyarogʻ chiqaradi. Chetdan mashina va asbobus-kuna, tarashlanmagan olmos, neft, kimyoviy mahsulotlar, transport vositalari oladi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya. Pul birligi — shekel.

Tibbiy xizmati[tahrir]

Aholi sogʻligʻini saqlash yuqori darajada. Davlat tibbiyot muassasalari bilan birga xususiy shifoxonalar ham bor. Vrachlar uch oliy oʻquv yurtining tibbiyot fakultetlarida tay-yorlanadi.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari[tahrir]

Isroilda yahudiylar va arablar uchun alohida-alohida maktablar bor. Davlat maktablaridan tashqari xususiy oʻquv yurtlari ham boʻlib, ularning bir qismi diniy tashkilotlar mablagʻi hisobiga ishlaydi. 1969 yildan 5 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun 10 yillik majburiy taʼlim joriy etilgan. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati — 6 yil Oʻrta maktab — 6 yillik (3 yillik quyi va 3 yillik yuqori maktab). Isroilda 5 universitet va 17 institut bor. Eng yiriklari: Quddusdagi yahudiy universiteti (1918), Tel-Aviv universiteti (1953), Xay-fodagi universitet va Texnologiya instituti ("Texnikoy", 1912). Isroil Tabiiy va ijtimoiy Fanlar akademiyasi (1961) ishlaydi. Yirik kutubxonalari: Yahudiy milliy kutubxonasi, universitetlarning kutubxonalari. Isroil davlat arxivi bor. Muzeylari: Isroil milliy muzeyi (1965), Tiberiasdagi munitsipal osori atiqa muzeyi, Tel-Avivdagi Gaarets muzeyi, Xayfodagi zamonaviy sanʼat muzeyi va hokazo

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi[tahrir]

Isroilda 400 dan ortiq gaz. va jurnal nashr etiladi. Yiriklari: "Gaa-rets" ("Mamlakat", kundalik gazeta, 1918 yildan), "Gamodiya" ("Xabarchi", kundalik gazeta, 1950 yildan), "Gatsofe" ("Sharhchi", kundalik gazeta, 1938 yildan), "Yediot axronot" ("Soʻnggi yangiliklar", kundalik kechki gazeta, 1939 yildan), "Ma-ariv" ("Oqshom", kundalik kechki gazeta, 1948 yildan). Ivrit tilida chiqadigan yuqoridagi gaz.lardan tashqari ingliz tilida kundalik "Djeruzalem post" ("Quddus pochtasi", 1932 yildan) va arab tilida "Al-Ittihod" ("Ittifoq", 1944 yildan) gaz.lari nashr etiladi. Quddusda Isroil telegraf agentligi va Tel-Avivda Isroil axborot agentligi ishlaydi. Isroil radioeshittirish boshqarmasi hukumat xizmati boʻlib, radio va televideniyeni boshqaradi, 1948 yilda tuzilgan.

Adabiyoti qad. Sharq adabiyotida qad. yahudiy adabiyoti alohida oʻrin tutadi. U butun Yevropa va Sharq madaniyati taraqqiyotiga katta taʼsir koʻrsatgan. Qad. yaxudiy adabiyoti deganda, birinchi navbatda, Bibliya tushuniladi. Yahudiy adabiyoti keyingi asrlarda, asosan, ivrit tilida rivojlangan. Ayrim yozuvchilar (yil Agnon, A. Shlyon-skiy, L. Goldberg, X. Byalik va boshqalar) Isroil tashkil topishidan ancha avval Falas-tinga koʻchib kelgan va 1948 yildan key-in ham ijodini davom ettirgan. Ay-niqsa, Nobel mukofoti laureati (1966) Yosef Agnon hikoyalari haqqoniyligi va chuqur psixologizmi bilan eʼtiborni tortadi. 50-yillarda Falastinda oʻsib voyaga yetgan adiblar guruhi — Ye. Map, Ye. Amixay, T. Rivner, S. Izhar va b. adabiyotga kirib keldi. Ular oʻz asarlarida ijtimoiy muam-molarni oʻrtaga qoʻydilar. 60-yillarda Gʻarbiy Yevropa modernizmi va ekzistensializm falsafasi taʼsiri kuchaydi. Ilgor yozuvchilardan M. Avi-Shaul, A. Pen, X. Kadmon, A. Kenan, D. Ben-Amots, E. BenEzer va b. yahudiy-arab munosabatlari muammolarini, rasmiy ekstremistik siyosatdan norozilik kayfiyatlarini aks ettirdilar. Ivrit tilida ijod qiluvchi koʻpgina yozuvchilar idish tilida ham asarlar yarata boshladi. Isroil Zrubavel, M. Man, I. Papernikov, P. Binetskiy va b. idish tilidagi adabiyot namoyandalaridir. Arab tilida kalam tebratuvchi shoirlar — Tavfiq Ziyod, Xanna Abu Xon, Solih al-Qosim, hikoyanavislar — Emil Habibiy, Muhammad Ali Taxiy va b. mamlakatdagi arab aholisi kamsitilishiga qarshi norozilikni asosiy mav-zu qilib olganlar.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati[tahrir]

Isroil hududida turli tarixiy davrlarga mansub koʻpgina meʼmorlik va sanʼat yodgorliklari sakdanib qolgan. Galileydamil.av. 10—8ming yilliklarda toshdan yasalgan yertoʻlalar, Beysan, Megiddo va b. joylardagi mil.av. 4ming yillikka oid koʻhna shaharlar, Tel-Baytmirsim, Megiddo, Lahish, Gezer, Xatsorda qoyalar orasidan oʻtkazilgan vodoprovod lahmlari, tosh va xom gʻishtdan qurilgan qalin mudofaa is-tehkomlari, ibodatxonalar, turar joylar mavjud. Isroil va Yaxudo pod-shoxliklari (mil. av. 11-asr oxiri — 6-asr boshlari) davridan qolgan ogʻilxonalar, istehkomlar, saroylar, maishatxonalarning harobalari uchraydi. Neolit davriga mansub tasviriy va amaliy bezak sanʼati namunalari — uy hayvonlarining fil suyagi va sopoldan yasalgan haykalchalari, oʻyma va na-qshin idishlar topilgan. Rim xukmronligi davri (mil. av. 1-asr — mil. 4-asr) Rim badiiy madaniyatiga xos boʻlgan koʻpgina yodgorliklarni qoldirgan (Beysandagi Dionis ibodatxonasi, Beysan va Sezardagi teatrlar, Sezar va Askalondagi osma kuvurlar, jamo-at va turar joy binolari). Qabr ustiga qoʻyilgan byustlar va marmar sarkofaglardagi qabariq tasvirlar saklangan. Vizantiya davridan bazilika (Bet-Alfadagi sinagogda koshinkori tasviridagi muchal aylanasi, qator bibliya sahnasi, qurbonlik marosimi tasvirlari va boshqalar), monastir va ibodatxonalar, arablar davridan masjid, madrasalar, salibchilardan qalʼa, qoʻrgʻonlar, istehkomlar qolgan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida yahudiylarning Falastinga koʻchib kela boshlashi bilan Isroilning zamonaviy meʼmorligi va badiiy madaniyati shakllandi. Turli mamlakatlardan koʻchib kelgan yahudiylar har xil badiiy va meʼmoriy maktab hamda yoʻnalish anʼanalarini olib keldi.

20-asrning 50-yillaridan Tel-Aviv, Xayfo, Rexovat sh.lari rivojlana boshladi. Yangi barpo etilgan maʼmuriy va jamoat binolari orasida Tel-Avivdagi F. Mann konsert zali (1957, meʼmorlar 3. Rexter, D. Karmi, M. Zarxi, Ya. Rexter), Beylinson shifoxonasi (1950—58, meʼmorlari A. Sharon, B. Idelson), Gaarets-muzey (1958—60, meʼmorlar V. Vitkover, E. Baumen), 36 qavatli "Shalom" maʼmuriy va savdo binosi (70-yillar), Bet-Yam sh.dagi mehmonxona majmui (1968—69), Rexovat sh.dagi atom fizikasi instituti va b. alohida ajralib turadi. Tasviriy sanʼ-atda turli modern yoʻnalishlari va us-lublari ustun. I. Zaritskiy, I. Krize, B. Brizel kabi rassomlar mashhur. "Be-salel" sanʼat va badiiy hunarmandchilik maktabi realistik tamoyillarga asos soldi. Amaliy bezak sanʼatida metall, plastmassa, loy va xurmo danagidan, guldor gazmoldan yasalgan badiiy buyumlar keng tarqalgan. Kitoblarni badiiy bezashga katta eʼtibor beriladi.

Musiqasi falastinlik yahudiylar va arablarning madaniyati (xalq qoʻshiqlari, raqslar, musiqa joʻrligidagi marosim va urf-odatlar), shuningdek koʻchib kelgan yahudiylarning anʼanalari asosida rivojlangan. 1948 yildan keyin musiqa muassasalari tashkil etildi. Isroil filarmoniyasi, milliy opera va "Inbal" musiqali teatri, Xolon konservatoriyasi, Tel-Aviv yaxudiy konservatoriyasi, Quddus musiqa akademiyasi bor. 1950 yillardan kompo-zitorlik maktabi rivojlana boshladi (M. Lavri, E. Partosh, P. Benxaim, M. Avid va boshqalar).

Teatri[tahrir]

1926 yilda birinchi professional teatr — "Ogel" ("Chodir") teatri tashkil etildi. Dastlab uning repertuarida diniy aqidalar asosidagi pyesalar bor edi. Keyin xorijiy mualliflarning dunyoviy asarlari sahnalashtirildi. Teatr rahbari M. Galevi A. Makarenko asarlari asosidagi "Pedagogik poema", Kishonning "Nikoh shartnomasi" pyesalarini koʻrsatish orqali tomoshabinlar eʼtiborini qozondi. "Matete" ("Supurgi") deb atalgan hajviy teatr 1928 yilda bolgar rejissyor I. Daniel tomonidan tashkil etildi. Dramaturglardan E. Harusi, A. Penn, Alterman teatr uchun dolzarb mavzularda pyesalar yozib berishdi. 1949* yilda bu teatr moliyaviy qiyinchiliklar sababli yopilib qoldi. 50-yillarda "Batsal yarok" ("Koʻk piyoz") va "Hamem" ("Ili-miliq") satirik teatrlari yuzaga keldi. Isroilning yetakchi teatri "Gabi-ma" ("Saxna") 1928 yildan beri Falas-tinda ishlab kelayotir. Uning sahnasida Shekspir, Shiller, Gyote pyesalari koʻrsatildi. 20-asrning 2-yarmida bu teatrda X. Rovina, A. Meskin, Sh. Finkel, M. Zohar, Sh. Rudenskiy, A. Tal, I. Beker, M. Asherov kabi sahna ustalari shuhrat qozondi. Tel-Avivda Milliy teatr (1958 yilda asos solingan) va Kamer teatri (1944), Xayfoda Shahar teatri (1963), Tel-Aviv universitetida musiqa fakulteti, 20 dan ziyod musiqa maktabi mavjud.

Kinosi[tahrir]

Isroilda kino ishlab chiqarish 1950 yilda boshlandi. Shu yili rejissyor A. Amar "Sulh" badiiy filmini yaratdi. 1954 yilda milliy kinematografiyani ragbatlantirish haqida qonun qabul qilinib, kinoteatrlarda albatta I. filmlarini koʻrsatish joriy etildi. "Yodingda tut" (rej. F. Artvis) badiiy filmi va "Salax Shabati" hajviy komediyasi (ikkalasi 1964 yilda yaratilgan) ayniqsa diqqatga sazovor. Keyingi yillarda musiqiy filmlar, komediyalar, josuslik va "jangari" filmlar yaratildi. Savdo va sanoat vazirligi xuzurida kino markazi tashkil etilgan. Tel-Avivda ikkita, Quddusda bitta kinostudiya bor.

Oʻzbekiston — Isroil munosabatlari[tahrir]

Asosiy maqola: Oʻzbekiston — Isroil munosabatlari.

BMT qaroriga koʻra ikkinchi jahon urushidan keyin tuzilgan Yaqin Sharqdagi davlat. Poytaxti yerusalim-quddus emas shahri. Aholisi asosan yahudiy millatiga mansub insonlar. Aholisining beshdan bir qismini arablar tashkil etadi.


Manbalar[tahrir]

  1. BMT Bosh Assambleyasining 1947-yil 29-noyabr qarori bilan belgilangan hudud.