Imo-ishora tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Imo-ishora tili - qoʻl, tana turli harakatlari va b. xil imo-ishoralar yordamida fikr almashuv, aloqa qilish. I-i. t.dan quyidagilar foydalanadi: 1) kar-soqov va koʻzi ojiz karsoqovlar. Kar-soqov bolalar doirasida beixtiyor, hech bir tayyorgarliksiz yuzaga keladigan fikr almashuv tizimidan kodlashtirilgan (barcha savodli karsoqovlar uchun umumiy boʻlgan) I-i. t. farqlanadi; 2) tovushlarga asoslangan til yordamida bir-birini tushunishning iloji boʻlmagan vaziyatlarda, mas, uzoq qardosh boʻlgan til vakillari (Shim. Amerika indeyslari, Avstraliyaning tub aholisi va b.); 3) tovushlar yordamidagi nutqqa tabu eʼlon qilingan holatlarda, mas, rohiblarning bir toifasi, Kavkazdagi baʼzi xalqlarning ayollari va b.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil