Bosh Sahifa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Har kim yoza oladigan
ochiq ensiklopediya
Vikipediyaga xush kelibsiz!

Maqola yarating


  Bugungi tanlangan maqola
Uzbek Abdurauf Fitrat stamp.jpg

Abdurauf Fitrat (1886, Buxoro shahri, Buxoro Amirligi — 4-oktabr 1938, Toshkent shahri, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek tarixchisi, filolog, tarjimon, yozuvchi, dramaturg va shoir, zamonaviy oʻzbek tili va adabiyoti asoschilaridan biri, Oʻrta Osiyo jadidchiligining taniqli vakillaridan biri, birinchi oʻzbek professori (1926). Jadidchilik miiliy maʼrifatparvarlik harakatining tarafdori. Turkiyada oʻqigan. Inqilobga qadar Oʻrta Osiyoni Rossiyadan ozod qilinishi harakatlarida faol qatnashgan, politsiya nazorati ostida boʻlgan. Turkiyadagi „Yosh turklar“ harakatidan ilhomlanib, Buxoroda „Yosh buxoroliklar“ partiyasini tuzgan, uning maʼnaviy rahnamosiga aylangan. Doʻsti va maslakdoshi Munzim bilan hamkorlikda buxorolik 70 nafar yosh turkistonliklarni Germaniyaning bir qator oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga yuborgan (1922).

davomi...

  Bugungi yaxshi maqola
The Hundred Thousand Fools of God.jpg

„The Hundred Thousand Fools of God: Musical Travels in Central Asia (and Queens, New York)“ („Yuz ming abdol: Oʻrta Osiyoda (va Queens, New Yorkda) musiqiy sayohatlar“) — amerikalik musiqashunos va etnograf Theodore Levin qalamiga mansub kitob. Ilk bor 1996-yil chop etilgan, 1999-yil qayta nashr qilingan. Kitobda Oʻrta Osiyo, xususan, Oʻzbekiston va Tojikiston musiqiy merosi, bu xalqlar musiqasida Sovet Ittifoqi davrida qilingan islohotlar hamda mintaqada ijod qilgan yetuk musiqachilar hayoti va ijodi haqida soʻz yuritiladi. Asarda, shuningdek, Levinning doʻsti va hamkasbi, musiqashunos olim Otanazar Matyoqubov bilan suhbatlari, hamkorlikda qilgan sayohatlari atroflicha yoritilgan. Kitob 23 qoʻshiq va kuyni oʻzida jamlagan hamroh kompakt-disk bilan nashr qilingan. Bu kuy va musiqalarning 21 tasini Levinning oʻzi yozib olgan. Kitobda, shuningdek, Oʻrta Osiyo xalqlari musiqasi va musiqiy hayoti toʻgʻrisida yozilgan ilmiy asarlar bibliografiyasi keltirilgan. Kitob tanqidchilar va oʻquvchilar tomonidan yaxshi kutib olindi. Illinois universiteti professori Donna Buchanan kitobni yuqori baholadi: „Garchi bu kitob asosan Movarounnahr musiqasi haqidagi etno-musiqiy etnografiya boʻlsa-da, u antropologiya, sovet va postsovet tadqiqotlar, islomshunoslik, tillar mutaxassislari uchun hamda ekspressiv madaniyat siyosati, musiqa va tasavvuf, anʼanalar va oʻzgarishlar, qishloq-shahar dialektikasi yoki shunchaki Oʻrta Osiyo hayotining jozibali goʻzalligiga qiziqqan har bir kishi uchun katta ahamiyatga ega“.

davomi...

Yangiliklar
Bahçesaray


Boshqa yangiliklar


Bilasizmi ...
Chupa-chups logosi


Bugun
9-fevral
Королева Кристина


Bugungi tanlangan tasvir

Vikipediyalar

6,000,000 dan ortiq maqola
5,000,000 dan ortiq maqola

Sebuan (Cebuano)  

Turkiy tillardagi Vikipediyalar
Qardosh loyihalar

Vikipediya Vikimedia Jamgʻarmasi notijorat tashkiloti tomonidan yaratilgan boʻlib, ushbu tashkilot yana quyidagi ochiq loyihalarni boshqaradi: