Kaliningrad
Shahar
|
Kaliningrad (1946 yil 4 iyulgacha Kenigsberg) — Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Kaliningrad viloyati markazi. Mixail Kalinin nomiga qoʻyilgan. Pregolya daryosining har ikki sohilida. Boltiq dengizi boʻyidagi muzlamaydigan Baltiysk port shahri bilan chuqur kanal orqali bogʻlangan. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 413 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Baliq ovlash va transport floti bazasi. Mashinasozlik va metallsozlik (kema tuzatish, vagonsozlik, "Elektrosvarka", avtoagregat zavodlari bor, baliqni qayta ishlash jihozlari ishlab chikariladi), sellyuloza-qogʻoz, oziq-ovqat (shu jumladan, baliqni qayta ishlash), yengil sanoat korxonalari bor. 3 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet), 2 teatr, tarix-oʻlkashunoslik muzeyi, kahrabo muzeyi mavjud. Shahar yaqinida dengiz boʻyi iqlim kurortlari joylashgan.
Kalingradga 1255 yil qalʼa sifatida asos solingan. 1525—1618 yillarda Prussiya gersogligi poytaxti. 1701 yildan Prussiya qirolligi tarkibidagi mustahkam qalʼa. 1758–1762 yillarda Sharqiy Prussiyaning rus general-gubernatorligi markazi. 1871 yilda Germaniya tarkibiga kirdi. Kenigsberg 1945 yil aprel boshida shoʻrolar armiyasi tomonidan shafqatsiz bombardimon qilinishi natijasida shaharda tarixiy meʼmoriy yodgorliklar saqlanmagan. Aholisi esa butunlay koʻchirib yuborilgan. 1945 yil Potsdam konferensiyasi karoriga asosan, Kenigsberg atrof hududlari bilan birga sobiq Ittifoq tarkibiga oʻtdi. K. Kaliningrad viloyati tarkibida alohida iqtisodiy rayon maqomini olgan.[4]
Manbalar[edit]
- ↑ V sentyabre 2009 goda Baltiyskiy i Oktyabrьskiy rayonы likvidiruyutsya.
- ↑ «Kaliningrad: obrazы buduщego. Gradostroitelьnoe razvitie tsentralьnoy chasti goroda». Asl nusxadan arxivlandi (2013-02-10). 2013-02-08.
- ↑ Itogi::Kaliningradstat
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil