NATO
North Atlantic Treaty Organisation Organisation du traité de l’Atlantique Nord Shimoliy Atlantika shartnomasining tashkiloti | |
---|---|
[[Fayl:![]() | |
[[Fayl:![]() | |
Qisqartma | NATO |
Turi | harbiy blok |
Ishga tushgan sanasi | 4-aprel 1949-yil |
Joylashuvi | Brussel, Belgiya |
Bosh kotib |
![]() |
Aʼzolari |
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() Xatolik! ![]() ![]() ![]() |
Vebsayti | www.nato.int |
Til(lar)i | Ingliz tili, Fransuz tili |
NATO, Shimoliy Atlantika alyansi (ingl. North Atlantic Treaty Organization, NATO; frans. Organisation du traité de l'Atlantique Nord, OTAN; oʻzb. Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti) — Yevropa, AQSh hamda Kanada kabi koʻpchilik mamlakatlar birlashgan jahondagi eng yirik harbiy va siyosiy jamlanma, yaʼni, „Yevropani tashqi taʼsirlardan himoya qilish“ uchun ushbu tashkilotga 4-aprel 1949-yil AQShda asos solingan. Tashkilot yaratilgan paytda 12 ta mamlakat aʼzo boʻlgan, hozirgi kunda esa aʼzolar soni 28 taga yetgan.
Mundarija
- 1 Tashkilot maqsadi
- 2 Strukturasi
- 3 Yadroviy barqarorlik guruhi
- 4 Oliy darajali guruh
- 5 Tezkor tahliliy guruh
- 6 Yuqori bosh qoʻmondonlik
- 7 NATO maslahatdoshlari Organi
- 8 Shahsiy ishtirokchilik rejasi ishtirokchilari
- 9 „Tinchlik yoʻlida hamkorlik“
- 10 Nato Harbiy Qoʻmitasi
- 11 NATO aʼzolari
- 12 Mudofaalar rejalashtirish qoʻmitasi
- 13 Bosh shtab
- 14 Xalqaro harbiy shtat
- 15 Iqtisodiy qoʻmita
- 16 Qoʻmondonlik kotibi
- 17 Stoltenberg siyosati
- 18 Sovet Ittifoqi, Rossiya
- 19 Oʻzbekistonning NATO bilan hamkorligi
- 20 Shuningdek qarang
- 21 Manbalar
- 22 Havolalar
Tashkilot maqsadi[tahrir]
Shimoliy Atlantika shartnomasi ittifoqiga qoʻshilgan mamlakatlar 1949-yilda oldilaridagi Shimoliy Atlantika doirasidagi davlatlar orasida tinch aholini xavfsizligini mustahkamlash maqsadi bilan birlashishgan. Ittifoqqa aʼzo mamlakatlar yahlit mudofaa tizimini yaratish va dunyo xavfsizligini saqlashni oʻz oldilariga maqsad qilishgan. 2010-yilda NATO „Zamonaviy mudofaaning ilgʻor ishtiroki“ ijtimoiy harakati uchta muhim vazifalarni taqdim etdi, bular: jamoaviy mudofaa, inqirozni oldini olish va hamkorlik asosida havfsizlikni kuchaytirish.
![](http://web.archive.org./web/20190323094211im_/https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/c1/Truman_signing_North_Atlantic_Treaty.jpg/220px-Truman_signing_North_Atlantic_Treaty.jpg)
Strukturasi[tahrir]
NATO hozirgi kunda 28 mamlakat oʻz ichiga olgan tashkilotdir. Ushbu tashkilot qamrovida yuzlab qoʻmitalar, guruhlar, hizmat boshqaruvlari yoki harbiylar va fuqarolar doirasi ostidagi rejalashtirish boʻlinmalari mavjud. Shuning bilan birga tashkilot tarkibida mutahassislarni tayyorlash va tayyorgarlikdan oʻtkazish oʻquv markazlari faoliyat koʻrsatadi. NATO zarur qarorlar yoki choralar koʻrish shartnomalarini qabul qilish uchun mamlakat aʼzolarini ikki toifaga boʻladi — vositachilar hamda zahiralar guruhlari, uchrashuvlar oʻtkazish va boshqa vazifalar yechimlarini alyansga aʼzo mamlakatlarni umumjamoa qiziqishlari va tassavuroti jamlanmasiga nazar tashlab koʻrib chiqadi. Doimiy barcha operatsiyalar oʻtkazilish uchun mablagʻlar, tashkilot ostidagi harbiylarga, zarar koʻrgan fuqarolarga NATO budjetidan pul ajratiladi. Moliyaviy holati qatnashayotgan mamlakatlar bilan birgalikda hal qilinib NATO xazinasi moliyalashtiriladi.
Yadroviy barqarorlik guruhi[tahrir]
NATO davlatlarining mudofaa vazirlari va mudofaa rejalashtirish qoʻmitasi ishida qatnashadiganlar bazi bir muhim hollarda yoki favquloddagi vaziyatlarda yadroviy rejalashtirish guruhi tarkibi ostida uchrashishadi. Bu guruh aʼzolari yigʻilganda yadroviy siyosat xavfsizlik, himoya, informatsiya sistemalari, boshqaruv, yadroviy qurollar) keng doirada muhokama qilinib va amalda targʻib qilinadi.
Oliy darajali guruh[tahrir]
Bu guruh NATOning rejalashtirish savollari va yadroviy siyosat organlari boʻyicha oliy konsultativ organ sifatida ish yuritadi hamda NATOning eng asosiy maʼsalalar koʻrib chiqilishida bu guruhning ahamiyati alohida rol oʻynaydi.
Tezkor tahliliy guruh[tahrir]
Ilk bor NATO mamlakatlari va hokimiyati boshliqlari 1999-yilning aprel oyi Vashingtondagi uchrashuvida Bolqon,Somali, Gaiti va boshqa hududlardagi oʻtkazilgan alyans harakatlaridan NATO mamlakatlarining oʻzlari orasida ommaviy inqirozga yuz tutayotgani qayd etilgan. 1990-yillarda jahonning har bir burchagida tanilgan NATO tashkiloti ushbu holatdan soʻng tahlilchilar NATOni bu xatti harakatlarini Shimoliy Atlantika kuchlari behuda yoʻqotilishi sifatida baholashishdi. Shuning uchun hozirgi vaqtlarda ushbu tahliliy guruh NATOni shu bilan birga Yevropa davlatlari hokimiyatlarini ochiq yuzini yaqqol va aniqlik bilan oʻrganishmoqda. Tahliliy guruh aʼzolari bosh kotib oʻrinbosarlarining nazorati ostida bir necha haftada yigʻilishib shu kungacha jahonda boʻlib oʻtgan hodisalarni tahlil qilishib ularga qarshi maxsus choralar qabul qilinadi.
Yuqori bosh qoʻmondonlik[tahrir]
Yuqori bosh qoʻmondonlik organi NATO tashkiloti ichida barcha bajarilgan harbiy yurishlar va hudulardagi barqarorlikni saqlash uchun qatʼiy javobgardir. Bu organ javobgarlikni oʻz boʻyniga olgani bois NATOdagi siyosiy va harbiy savollarga javob berish hamda tegishli tavsiyalar joriy etish huquqiga egadir. Yuqori bosh qoʻmondonlik organi bir vaqtning oʻzida aʼzo mamlakatlar bosh kotiblar taʼsirdan erkin holda ish yuritadi va milliy hokimiyatga tegishli barcha savollarga echim topish zaruriyati bilan javobgardir.
NATO maslahatdoshlari Organi[tahrir]
Shimoliy Atlantikaning shartnomasi roziligi asosida tashkilot ostidagi davlatlarning har doim ishtiroki qaʼtiyligi bilan saylangan aʼzolaridan iborat boʻlgan NATO Maslahat organi nomli boshliq organ mavjud boʻlib, ushbu organ vakillari maʼlum bir haftada uchrashuv elon qilib, oldiga qoʻyilgan muammolarni echimini muhokama qilish uchun yigʻilishadi.
Bu Maslahat organiga aʼzo boʻlgan mamlakatlarining Tashqi ishlar vaziri (kami bilan yiliga ikki marta), mudofaa vaziri (zaruriyat jihatidan) va boshliqlari hamda NATO hukumati raislari ham qatnashishadi. Nato Maslahat organi uchrashuvlarida tashkilotning olib borayotgan ishlari strategiyasi va ustuvorligini oliy darajada aniqlab koʻrib chiqiladi. Hamma darajalarda bu organ NATO qadam qoʻyayotgan ishlarni tashkilotga aʼzo mamlakatlarni deklaratsiya tushunchalari bilan yoritib berish va bogʻliq muammolarni hal qilish shuningdek asosiy qarorlarni echimini hal qilish huquqiga ega. Shimoliy Atlantika shartnomasiga aʼzo mamlakatlar tashkilot ichida teng huquqli sanaladi va oʻzaro NATO maslahat qoʻmitasi yigʻilishlari keng aylana stol atrofida oʻtkazilib, qoʻyilgan masalalar barchaning bir ovozlik echimi bilan qabul qilinadi. NATOning doimiy bosh kotibi raislik qilishi, elchining yoshiga nisbatan va uning katta yordamchisi sifatida ish yuritadi. NATO Maslahat organi raisi har yillik oʻtkaziladigan alifbo tartibi yoʻli bilan tashqi ishlar vaziri darajasida saylanadi. Organ Tashkilotning faoliyatini muvaffaqiyatli va barcha strukturalarini yaratish uchun maʼsul etib tayinlangan. Ushbu Maslahat organi echimlari yigʻinlarda ishtirok etgan raislar oʻrinbosarlari, ularning maslahatchilari va konsultantlari javobgarlik qoʻmitalari xamda iyerarxiya tartibidagi aniqliklari orqali yaxshigina shu yoʻsinda tayyorlanadi. NATO Maslahat organining Konsultativ boʻlimi, bunda ishtirok etgan barcha mamlakatlar vakillari va Bosh kotib qoʻl ostidagi yordamchilar siyosiy savollar boʻyicha Siyosiy Qoʻmitaga yondashilib masalalar oʻzaro baham koʻriladi.
Shahsiy ishtirokchilik rejasi ishtirokchilari[tahrir]
Mamlakat | Dunyo tinchligiga birdamlik | Shahsiy ishtirokchilik rejasi |
---|---|---|
![]() |
May 1994 | May 2005 |
![]() |
oktabr 1994 | Dekabr 2005 |
![]() |
May 1994 | Yanvar 2006 |
![]() |
May 1994 | May 2006 |
„Tinchlik yoʻlida hamkorlik“[tahrir]
NATO tashkilotga aʼzo boʻlgan Yevropa mamlakatlaridan tashqari, yana bir necha davlatlar bilan bitim tuzdi va Tinchlik yoʻlida hamkorlik nomi bilan atadi.
„Tinchlik yoʻlida hamkorlik“ ishtirokchilar: Avstriya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Bosniya va Gertsogovina, Gruziya, Irlandiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Makedoniya, Malta, Moldaviya, Rossiya, Serbiya, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston, Ukraina, Finlandiya, Chernogoriya, Shvetsariya, Shvetsiya.
Mamlakat | Bitimda ishtirok boshlashi |
---|---|
![]() |
May 1994 |
![]() |
May 1994 |
![]() |
May 1994 |
![]() |
Iyun 1994 |
![]() |
Iyun 1994 |
![]() |
Iyul 1994 |
![]() |
Yanvar 1995 |
![]() |
Fevral 1995 |
![]() |
Dekabr 1996 |
![]() |
Dekabr 1999 |
![]() |
Fevral 2002 |
![]() |
Dekabr 2006 |
![]() |
Aprel 1995 (1996 oktyabrigacha); aprel 2008 |
1 | Xastings Lionel Ismaј | ![]() |
4 aprel 1952 — 16 may 1957 |
2 | Pol Xenri Spak | ![]() |
16 may 1957 — 21 aprel 1961 |
3 | Dirk Shtiker | ![]() |
21 aprel 1961 — 1 avgust 1964 |
4 | Manlio Brosio | ![]() |
1 avgust 1964 — 1 oktyabr 1971 |
5 | Јosef Luns | ![]() |
1 oktyabr 1971 — 25 iyun 1984 |
6 | Peter Karington | ![]() |
25 iyun 1984 — 1 iyul 1988 |
7 | Manfred Vorner | ![]() |
1 iyul 1988 — 13 avgust 1994 |
8 | Serxio Balansino | ![]() |
13 avgust 1994 — 17 oktyabr 1994 |
9 | Vili Klaes | ![]() |
17 oktyabr 1994 — 20 oktyabr 1995 |
10 | Serxio Balansino | ![]() |
20 oktyabr 1995 — 5 dekabr 1995 |
11 | Xavier Solana | ![]() |
5 dekabr 1995 — 6 oktyabr 1999 |
12 | Jorj Robertson | ![]() |
6 oktyabr 1999 — 17 dekabr 2003 |
13 | Alesandro Minuto Riso | ![]() |
17 dekabr 2003 — 1 yanvar 2004 |
14 | Јap de Xop Shefer | ![]() |
1 yanvar, 2004 — 31 iyul 2009 |
15 | Anders Fog Rasmusen | ![]() |
1 avgust 2009 — 1 oktyabr 2014 |
16 | Yens Stoltenberg | ![]() |
1 oktyabr 2014 - hozirgi vaqtgacha. |
# | Nomi | Vatani | Faoliyat davri |
---|---|---|---|
1 | Jonkxer van Vredenburg | ![]() |
1952-1956 |
2 | Baron Adolf Bentink | ![]() |
1956-1958 |
3 | Alberiko Kasardi | ![]() |
1958-1962 |
4 | Kuido Kolona di Paliano | ![]() |
1962-1964 |
5 | Jeyms Roberts | ![]() |
1964-1968 |
6 | Osman Olkaј | ![]() |
1969-1971 |
7 | Paolo Pansa Tsedronio | ![]() |
1971-1978 |
8 | Rinaldo Petrignani | ![]() |
1978-1981 |
9 | Yerik de Rin | ![]() |
1981-1985 |
10 | Marselo Guidi | ![]() |
1985-1989 |
11 | Amedo de Franchis | ![]() |
1989-1994 |
12 | Serhio Balansino | ![]() |
1994-2001 |
13 | Alesandro Minuto Riso | ![]() |
2001-2007 |
14 | Klaudio Bisogniero | ![]() |
2007-2012 |
15 | Alexander Vershbow | ![]() |
2012-hozirgi vaqtgacha |
Nato Harbiy Qoʻmitasi[tahrir]
NATOning eng oliy harbiy yurishlarni oʻtkazadigan maxsus Nato harbiy qoʻmitasi mavjud boʻlib shulardan iboratdir: tashkilotga aʼzo mamlakatlarning oliy unvondagi harbiylari, qoʻmondonlar, Islandiya fuqarolar raisi (harbiy kuchga ega emasligi sababli) va oʻzlarining harbiy muammolarini oliy kengash bilan muhokama qilish uchun yiliga ikki marotiba yigʻilishadi. Harbiy qoʻmita vujudga kelishida NATO oʻzining harbiy tartibini uchga boʻldi va, shulardan iborat:
- Yevropadagi ittifoqning yuqori qoʻmondonligi, bularni asosan ittifoqga aʼzo davlatlar qoʻmondonlarining hamfikrligi ostida ish yuritadi.
- Atlantika okeani qoʻmondonligi, bunda Atlantika ittifoqini yuqori qoʻmondonligi tomonidan boshqariladi
- Kanal qoʻmondonligi (bu yerda La- Mansh boʻgʻozi nazarda tutilyapti), ushbu qoʻmondonlikka barcha harbiy flot armiyasi va suv osti kuchlari xizmat qiladi.
NATO harbiy qoʻmitasining vazifasi itttifoq mamlakatlar orasida qolaversa dunyo davlatlari orasida oddiy aholi tinchligini birdamlik sifatida saqlash rejalarini takomillashtirish va bu ishlarni amaliy ravishda jonlashtirishdan iboratdir. Yevropa yuqori bosh qoʻmondonlini Nato oliy qoʻmondonligi (asosan amerikalik qoʻmondonlar) nazorat qiladi. Bu qoʻmondonlikga uch Yevropa harbiy teatr qoʻmondonligi nomini olgan koloniyalar boʻysinadi:
- Shimoliy Yevropa qoʻmondonligi
- Markaziy Yevropa qoʻmondonligi
- Janubiy Yevropa qoʻmondonligi
Ushbu choralar orasida harbiy qoʻmita muammolarini NATO maslahatdoshlar qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
![]() NATO davlatlarining sammiti (2002) |
NATO aʼzolari[tahrir]
Sana | Davlat | Qaydlar |
---|---|---|
Tashkilotga asos solgan davlatlar | ||
4 aprel 1949 | ![]() |
|
4 aprel 1949 | ![]() |
|
4 aprel 1949 | ![]() |
|
4 aprel 1949 | ![]() |
|
4 aprel 1949 | ![]() |
Islandiya — oʻz armiyasiga ega boʻlmagan NATOning yagona aʼzosi, bu mamlakatning tashkilotga kirishining shartlaridan biridir. Shunga qaramay, davlatning qirgʻoq qoʻriqchilari bor. Shuningdek, NATOning tinchlikparvar missiyalarida ishtirok etish uchun Norvegiyaning bazalarida island koʻngillilarining tayyorlash qarori qabul qilingan. |
4 aprel 1949 | ![]() |
|
4 aprel 1949 | ![]() |
|
4 aprel 1949 | ![]() |
|
4 aprel 1949 | ![]() |
|
4 aprel 1949 | ![]() |
|
4 aprel 1949 | ![]() |
|
4 aprel 1949 | ![]() |
1966-yil iyulidan Fransiya NATO harbiy tashkilotidan chiqib ketadi, ammo Shimoliy Atlantika shartnomasining qatnashchisi boʻlib qolaveradi. |
Birinchi kengayish | ||
18-fevral 1952 | ![]() |
1974-yildan 1980-yilgacha Yunoniston blokning boshqa aʼzosi — Turkiya bilan tang munosabatlari sababli NATO harbiy tashkilotida qatnashmaydi. |
18-fevral 1952 | ![]() |
|
Ikkinchi kengayish | ||
9-may 1955 | ![]() |
Faqat Gʻarbiy Olmoniya qoʻshiladi, Saar GFR bilan 1957-yilda birlashadi, GDR — 3-oktabr 1990-yilda. |
Uchinchi kengayish | ||
30-may 1982 | ![]() |
2001-yili, Ispaniyani sotsialistlar boshqara boshlagandan soʻng Ispaniya NATOning harbiy organlaridan chiqadi, ammo NATOning aʼzosi boʻlib qolaveradi. |
Toʻrtinchi kengayish | ||
12 mart 1999 | ![]() |
|
12 mart 1999 | ![]() |
|
12 mart 1999 | ![]() |
|
Beshinchi kengayish | ||
29 mart 2004 | ![]() |
|
29 mart 2004 | ![]() |
|
29 mart 2004 | ![]() |
|
29 mart 2004 | ![]() |
|
29 mart 2004 | ![]() |
|
29 mart 2004 | Xatolik! | |
29 mart 2004 | ![]() |
|
oltinchi kengayish | ||
1 аprel 2009 | ![]() |
|
1 aprel 2009 | ![]() |
Mudofaalar rejalashtirish qoʻmitasi[tahrir]
Tashkilotda 1967-yilning dekabridan Oliy harbiy va siyosiy organ rukni ostida Mudofaalar rejalashtirish qoʻmitasi tashkillashtirildi. Ushbu organ oʻzining ichiga olgan qamrovliligi natijalarida Maslahat organi bilan teng huquqlidir. Bu alyansning oliy harbiy hukumati sanaladi hamda strukturasi doimiy aʼzo davlatlar raislaridan tarkib topgan boʻlib, kamida ikki yilda bir marta harbiy aloqalar bilan xavfsizlikni taminlash borasidigi savollarni muhokamalash uchun oʻzaro mudofa vazirlari darajasida yigʻinlar uyushtirilib hal qilinib turiladi. Qoʻmita NATOga aʼzo mamlakatlarni umumiy xavfsizlikni taʼminlash va yuksaltirish nuqtai nazarini NATOning siyosiy hukumatiga tavsiya qilib keladi. Mudofaalar rejalashtirish qoʻmitasi har yillik shahar va mamlakatlar miqyosida tinch aholini xavfsizlik bilan taminlashga tayyorgarlik samaradorligini oshirishiga koʻmaklashadi. Inqiroz yuz berganda yoki jang vaqtida qoʻmita urush holatini baholash maslahatini taklif etib, harbiy kuchlarning foydalanilishi va yangi qoidalar ish chiqishni tavsiya qiladi. Ushbu qoʻmita qarorlari bilan deyarli NATOning boshqa masalalari tez hal boʻlibgina qolmay shu bilan birgalikda tayyorgarliklar, echimlarning qabul qilinishi ahamiyatga molik darajada va bevosita bogʻliqdir.
Bosh shtab[tahrir]
NATOning harbiy qoʻmitasi raislari va yuqori bosh qoʻmondonlik organi bilan birgalikda oliy harbiy namoyandachilar hamda qurolli kuchlar ittifoqi sifatida NATO bosh qarorgohida oliy pogʻonlardan oʻrin olishgan. Birlashgan ittifoq doirasida Yevropa mintaqasidagi ikki qoʻmondonlikni oʻz maqsadlariga yoʻnaltirishadi.
- Shimoliy Yevropaning birlashgan kuchlari:
Asosiy qarorgoh Niderlandlarning Brunsam shahrida joylashgan;
- Janubiy Yevropaning ittifoq kuchlari:
Asosiy qarorgoh — Italiyaning Neapol shahrida joylashgan.
Atlantikaning oliy qoʻmondonligi besh asosiy boʻlinmalardan iborat:
- Sharqiy Atlantika,
- Gʻarbiy Atlantika,
- Janubiy Atlantika,
- Zarba beruvchi flot,
- Suvosti kemalarining birlashgan qoʻmondonligi.
Xalqaro harbiy shtat[tahrir]
Harbiy qoʻmitaga izchillik borasida xalqaro harbiy shtat yordam beradi va shahsiy harbiylardan tarkib topgan boʻlib davlat ishlarini toʻgʻri manbalarda yoʻnaltirish qoidasi bilan NATO asosiy qarorgohida faoliyat yuritadi . Ushbu qoʻmita NATOning echimlarini tahlil qilib tayyorlaydi hamda harbiy hamkorlikni davlatlarning aʼzolari oʻrtasida uchinchi ishtirokchi sifatida bitim tuzadi (bu yerda NATOning namoyandalari va unga aʼzo mamlakatlardan tashqari alohida keltirilyapti). 2002 yilda shtat ishtirokidagi faoliyatda 16 mingga yaqin odam qatnashgan. Xalqaro harbiy shtat hayati NATO davlatlari aʼzolari tomonidan tavsiya qilingan davogarlarni Harbiy qoʻmita yordamida saylangan toʻrt yulduzli qoʻmondon tomonidan boshqariladi. Ushbu qoʻmondon oʻzi bilan birga beshta boʻysinadigan vitse-direktorlarga ega, bularning har biri tegishli shtab ostida boʻlingan javobgarliklarga maʼsuldir (yaʼni rejalar va siyosat borasida, tahliliy amaliyotlar, bitimlar, mintaqalar xavfsizligi, qurolli va harbiy zahiralar). Shtab ichida maslahatchilar guruhi, konsultantlar va nazoratchilarga ega.
Iqtisodiy qoʻmita[tahrir]
Mamlakatlar orasida hamma taraflama hamkorlik maqsadlarini hayotiylashtirish va NATO masalalariga oid shartnoma yaratish Iqtisodiy qoʻmita tomonidan oʻz boʻyniga olingan va ushbu qoʻmita aʼzolari mamlakatlar orasida qiziqtirgan savollar yaʼni iqtisodiy rivojlanish hamda xavfsizlikni taʼminlash maqsadi va mudofaaga qobiliyatli mamlakatlar orasida oʻtkaziladigan forumlarni koʻrib chiqadi. Bu qoʻmita tabiy jihatdan iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qilishda keng dunyoqarash va sharoit vaziyatlarini mudofaa qobiliyatiga tayyorlash nigohi bilan nazar soladi (budjetdagi harbiy chiqim mablagʻlari, mudofa komplekslari sanoati rivojlanishi, mudofa rejalarini amalga oshirish uchun muhim zahiralar bilan taminlash va hokazo). Bu masalalar doirasiga kiradigan savollar boʻyicha har yili NATO tashkilotchilari orasida oʻrtaga tashlanib iqtisodiy muammolar va xom-ashyolar borasida muhokamalar qilinib tadbiq qilinadi. Bunday yigʻinlarni tayyorlash va oʻtkazishga Iqtisodiy qoʻmita rahbarlik qiladi.
Qoʻmondonlik kotibi[tahrir]
Deyarli kun ora NATOning barcha qoʻmitalari faoliyatidagi xalqaro kotibiyat yigʻinini hokimiyatda tayinlangan aʼzo Qoʻmondon kotibi boshchiligida tashkillashtiriladi.
Qoʻmondonlik kotibi bir vaqtning oʻzida NATO maslahatdoshlar organi raisi, mudofalar rejalashtirish qoʻmitasi, yadroviy rejalar guruhi hamda NATOning boshqa barcha qoʻmitalarning rasmiy raisi vazifasiga tayinlangan. Ushbu shaxs muhokamalarni harakatlantirish va tashkillashtirish, shu bilan birgalikda amalda tadbiq qilish choralarini uning echimi va dunyoqarashiga asoslanib koʻrib chiqiladi. Qoʻmondonlik kotibining oʻzi NATO doirasidagi aʼzo mamlakatlar muammolarini muhokama qilishi, bahslar bilan oʻrtoqlashishi, oʻzining shaxsiy xizmatidan foydalanishi va qabul qilingan qarorlarni taqdim qilish borasida tegishli huquqlarni qabul qiladi. U NATOning tashqi koʻlamligi borasida asosiy raisi va alohida hokimiyat yoki jamiyat bilan aloqa qiladigan targʻibotchisi sanaladi. Baʼzi bir holatlarda bosh kotib oʻz oʻrnida boʻlmaganida, uning vazifalarini vaqtincha barcha qoʻmitalarning oʻrta darajadagi raisi, yaʼni bosh kotib oʻrinbosari egallab turadi.
Qoʻmondonlik kotibining boshqaruv vakolatiga xalqaro hamkorlar, Qoʻmondonlik kotibining xizmati uchun ajratilgan besh operatsiya boʻlimi, boshqarma xizmati va moliyaviy nazorat xizmatlari kiradi va qaʼtiy qoidalarga rioya qilib erkin foydalanish huquqiga ega. Bu boʻlimlarning har biriga Qoʻmondonlik kotibining yordamchilaridan biri rahbarlik qiladi. Yordamchi esa asosiy qoʻmita javobgarligi boʻlimining raisi hisoblanadi. Qoʻmondonlik kotibi NATO tashkilotining yuritayotgan ishlariga vazirlar darajasida ado etuvchi kotib sifatida javobgarlikni oʻz boʻyniga oladi.
NATOning ish yuritadigan rasmiy tillari ingliz tili va fransuz tilidir.
NATO mahkamasi qarorgohi Belgiya poytaxti Brussel shahridan oʻrin olgan.
Stoltenberg siyosati[tahrir]
NATOning yangi rahbari Yevro-Atlantika ittifoqi turli tomonlardan yangi tahdidlar bilan yuzlashayotgani haqida ogohlantirgan.Afinada Yunoniston Bosh vaziri Antonis Samaras bilan ko’rishgan Yens Stoltenberg Rossiyaning Ukrainadagi xatti-harakatlarini hamda Iroq va Suriyadagi janglardan vataniga qaytayotgan xorijlik jangarilarni Yevropa uchun yangi tahdid manbalari deya sanagan.
![]() |
Rossiya Ukrainada xalqaro huquq normalarini buzdi. Bu holat mavjud ishonchga jiddiy putur yetkazib, Yevro-Atlantika ittifoqi xavfsizligiga tahdid solmoqda. Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada esa “Islomiy davlat” va boshqa ekstremist guruhlar zo’ravonlik va beqarorlikka sabab bo’lmoqda. Uyiga qaytayotgan xorijlik jangarilar ham tinchligimizni xavf ostiga qo’yyapti. Ko’plab tomonlardan turli shakllardagi tahdidlar bilan yuzlashyapmiz, - degan NATO Bosh kotibi.[3] | ![]() |
Antonis Samarasga ko’ra, Rossiya bilan to’liq harbiy hamkorlikni qayta tiklash hozir imkonsiz, ammo Moskva bilan muloqotni davom ettirish kerak, deya oʻz fikrini qayd etgan.
![]() |
NATO-Rossiya kengashi doirasida to’liq hamkorlikni qayta tiklash hozir imkonsiz. Lekin Rossiya bilan aloqa qilish yo’llari ochiq qolishi va siyosiy muloqot davom etishi kerak. Yevropa xavfsizligini ta’minlashda Rossiyaning ishtiroki muhim. Bunga muammo yechimining bir qismi sifatida qarash kerak, - Antonis Samaras. | ![]() |
Rossiya harbiy samolyotlarining Yevropa osmonida faollashishi ortidan NATO harbiy hozirligini oshirayotgani haqida xabar bergan.[3] Stoltenbergning aytishicha, ittifoq Boltiq, Shimoliy va Qora dengizlar uzra Rossiya amalga oshirayotgan havo reyslarini yaqindan kuzatib bormoqda. NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergning aytishicha, Rossiya Ukraina ichida va chegarasida harbiy kuch to'plab, ilg'or uskuna va havo mudofaasi tizimlarini o'rnatmoqda degan fikrlarni yuritgan.Stoltenberg Moskvadan qo'shinlarini ortga qaytarishni so'rab, Ukraina sharqidagi ixtilofni tugatishga hissa qo'shishga chaqirgan. G'arb nazarida Kreml isyonchilarni qo'llab-quvvatlagan degan farazlar boʻlgan. Moskva bu da'volarga javoban har doim ayblovlarni inkor etgan.Ukraina Mudofaa vazirligi 2014-yilning 16-noyabridan to 18-noyabriga qadar Ukraina gʻarbida sodir boʻlgan toʻqnashuvlarda besh askarini yo'qotganini, sakkiz nafari yaralanganini ma'lum qilgan.Olmoniya Tashqi Ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmeyer Ukraina hukumati va isyonchilarni 2014-yilning sentyabr oyida Minskda imzolangan tinchlik shartlarini bajarishga chaqirgan.Birlashgan Qirollik Tashqi Ishlar vaziri Filip Xemmondning fikricha, tinchlik bitimini imzolagan Rossiyaga uning majburiyatlarini eslatib turish kerakligini taʼkidlagan.Ukraina Bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk nazarida Ukraina va Rossiya rasmiylari neytral hududda masala bo'yicha muzokara qilishi lozimligini taʼkidlagan boʻlsa, Kreml bunga javoban Kiyevni sharqdagi isyonchilar bilan muloqotga chorlagan.Ukraina Prezidenti Petro Poroshenkoning Olmoniya matbuotiga aytishicha, kerak bo'lsa, Ukraina Rossiya bilan keng qamrovli urushga tayyorligini yashirib oʻtirmagan.[4]
Sovet Ittifoqi, Rossiya[tahrir]
1949-yili Bitimning tuzilishida Sovet Ittifoqi deputatlari orasida mamlakatning xususiy xavfsizligiga rahna solmoqchi degan fikrlar yuritilgan. 1949-yili va 1954-yillarda Berlin shahrida AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya kabi mamlakatlarining tashqi ishlar vazirlari va SSSR mahkamasi raislari oʻrtasida boʻlib oʻtgan yigʻilishda NATOni mudofa borasida haddan ziyod chuqurlashib ketgan tashkilot sifatida Sovet Ittifoqi tomonidan tanqid qilingan. Keyinchalik oʻzining tashqi aloqalarini mustahkamlash uchun alyans bitimiga aʼzo boʻlib shu bilan birga NATOga aʼzo barcha mamlaktlarni SSSR bilan hamkorlik qilishiga chaqiradi va oradan bir necha yillar oʻtib hech bir asossiz ushbu hamkorlik bekor qilingan. NATOning xatti harakatlariga javoban Sovet Ittifoqi Yevropa taʼsirini oʻzining ravnaqi yoʻlida bartaraf etish uchun 1955-yil davlat ichidan harbiy blokni Sovet Ittifoqi yuritayotgan siyosatni tahlil etish borasida Varshava shartnomasini tuzadi. Varshava shartnomasi tashkiloti va Sovet Ittifoqi parchalanib ketishidan [5],[6] soʻng NATO jamlanmasi xavflarni bartaraf etish mahkamasi borasida rasmiy bitim tuzdi va bu bitim oʻzining doirasiga Uzoq Sharq mamlakatlarini qamrab olish choralari qoʻyilgan edi. Va NATO oldindan Sovetlar xavfini bartaraf etish maqsadi ekanligini oshkora va yaqqol amerikalik publitsist Noam Xomsk, aytganidek bayon etib kelgan. Noam Xomsk iboralari:
![]() |
NATO oldidagi vazifalar xalqaro energetika sistemalarini nazorat qilish, dengiz yoʻllari, er osti quvurlaridan oʻtgan barcha narsalarni Hukmdor nazorati sifatida echish.[7] deya NATO borasidagi fikrlarini omma oldida takidlagan. | ![]() |
2006 yilning aprel oyida A. I. Soljenitsin, „Moskovskie novosti“ gazetasi muhbirlari savoliga javob berayotib shuni eʼlon qilgan:
![]() |
NATO metodik va ustuvorlik jihatidan harbiy doirasini juda ham keskin tarzda rivojlantiryapti bunga sabab Rossiyani janub tomondan qamrab olishdir. Bu yerda ochiq ravishda rangli inqilobni xom ashyo bilan qoʻllab quvvatlashi Shimoliy Atlantikani Oʻrta Osiyoga qiziqishlari balanda ekanligini namoyon qiladi. Bunda faqat birgina eʼtirof qoladi shu ham boʻlsa erkinlikni yoʻqotib Rossiya atrofini butunlay oʻrab olishidir[8] | ![]() |
7-iyun 2007-yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Shimoliy Atlantikaning ishtirokchi mamlakatlari va „Dunyo tinchligiga birdamlik“ programmasida ishtirok qiladigan boshqa mamlakatlar orasidagi rozilik shartnomasi , 19-iyun, 1995-yilgi qabul qilingan qaror holati hamda unga qoʻshilgan masalalar" borasidagi № 99 federal qonuniga imzo chekdi . 2008-yilning yanvarida NATO ishlarini koʻrib chiqishi boʻyicha Rossiyaning doimiy hukumat boshligʻi vazifasini ijro etish uchun Dmitriy Rogozin tayinlandi va u oʻz oʻrnida Rossiya Federatsiyasi va Shimoliy Atlantika shartnomasi munosabatlarini jamiyatda qiziqtirgan savollarga mavjudiyatlik balandligi sifatini oshirdi.
Londonda joylashgan tadqiqotlar markazi Rossiyani Uchinchi Jahon urushiga turtki bo’ladigan harakatlarda ayblagan. Havo makonini buzish, dengizda boshqa davlat hududiga kirish, G’arbga qarshi hujumlar uyushtirish niyatini namoyish qilish – bu Kremlning so’nggi oylardagi qadamlari deya 2014-yilning noyabr oyida yangi hisobotida aynan shu haqida yozgan.2014-yilning fevral oyidan, to 2014-yilning oktyabr oyiga qadar Rossiya harbiy samolyotlari NATOga a’zo davlatlar havo chagaralarini qariyb 40 marta buzib o’tgan. Bu “Yevropa yetakchilik tarmog’i” nomli tahliliy guruh ma’lumoti. Yana bir boshqa hisobotga ko’ra, Rossiya qiruvchi samolyotining Daniyaga tegishli yo’lovchi samolyot bilan to’qnashishiga oz qolgan. Bundan tashqari, Shvetsiya suvlariga Rossiya suvosti kemasi kirgani taxmin qilingan. Aynan shunday taxminlar hamda Estoniya razvedkasi agentining o’g’irlanishi va Rossiyaning mashqlar paytida AQShga qarata raketa uzishini faraz qilishi guruhni izlanish o’tkazishga majbur qilgan.
![]() |
Masala aslida nihoyatda jiddiy - deydi londonlik tahlilchi Jonatan Ayl - xavfsizlik kafolatlarini buzishga qaratilgan urinishlarga guvoh bo’lyapmiz. Vaholanki, G’arb sobiq kommunistik davlatlarga bu kafolatlarni bergan.[9] | ![]() |
Kafolatlar yozma ravishda berilgan, Polshada esa chegara zastavalari bunyod etilgan. Bugunda ular kengaytirilmoqda, NATOga a’zo davlatlar esa ko’proq mashqlar o’tkazyapti, xuddi Ukrainadagidek.
![]() |
Moskvaga urush boshlash niyatida emasligimizni namoyish qilishimiz zarur. Bizga mojaro kerak emas. Lekin Rossiyadan qo’rqmaymiz. Shuni ular tushunsin - degan Ayl.[9] | ![]() |
Ekspertlar fikricha, Rossiyaning hozirgi siyosati bir tarafdan G’arbning harbiy qudratini o’rganishga, boshqa tarafdan mamlakat ichida Putin obro’sini oshirishga qaratilgan degan iddaolar ilgari surilgan.Ammo harbiy tahdid jiddiy emas, deya fikr bildirgan Xalqaro strategik tadqiqotlar institutidan Duglas Barri.
![]() |
NATO yuzlashayotgani Sovet davridagidek katta havo kuchlari emas. Rossiya havo kuchlari undan ancha kichik, salohiyati ham 1980-yillardagi Sovet havo qo’shinlarinikiga yetmaydi - degan u. | ![]() |
Shunga qaramay, sarmoyalar hajmining oshgani Rossiyaga harbiy parvozlarni ko’paytirishga yordam bergan. 2015-yillarda Kreml qurolli kuchlarini zamonaviylashtirishni rejalagan.
![]() |
Bu Rossiya rahbariyatining ishtahasi naqadar yuqoriligidan darak beradi, - deya fikrini qayd etgan Barri. | ![]() |
Mutaxassislar fikricha, Rossiyaning asosiy maqsadi NATOning yanada kengayishiga chek qo’yish va hatto sobiq kommunistik davlatlarni o’z ta’sir doirasiga qaytarish deb hisoblashgan.[9] NATO rahbarining ta’kidlashicha, Sovuq urush davri qaytgani yo’q, ammo Rossiyaning harbiy harakatlari o’rtadagi ishonchga putur yetkazishi mumkinligini matbuot anjumanida bildirib oʻtgan.Alyans tarqatgan ma’lumotga ko’ra, o’tgan ikki kun ichida 20 dan ortiq Rossiya harbiy samolyoti to’rt guruhga bo’linib ittifoqning havo chegaralarini kesib o’tgan.2014-yilning o’zida bunday holatlar soni 100 dan oshgan. Bu esa o’tgan yilgi ko’rsatkichdan uch barobar ko’p demakligini mutaxasislar taʼkidlashgan.2014-yilning mart oyida Rossiya Qrimni o’z hududiga qo’shib olgandan keyin Rossiya va NATO aloqalari keskin sovuqlashgan. NATO, shuningdek, Moskvani sharqiy Ukrainadagi isyonchilarni qo’llab-quvvatlayotganlikda ayblagan. NATO so’zlovchisining aytishicha, Rossiya samolyotlarini to’xtatish uchun Norvegiya, Birlashgan Qirollik, Portugaliya, Germaniya va Turkiyaga qarashli qiruvchi samolyotlar havoga ko’tarilgan. Bu noma’lum samolyotlar NATO hududiga kirganda doim rioya qilinadigan odatdagi tartib, deya bu holatni izohlagan NATO rasmiysi. NATOning sharqiy a’zolari, xususan, Polsha va Boltiqbo’yi davlatlari, ayniqsa, Rossiyaning harbiy faolligidan norozi boʻlishgan. Ularning xavotirlariga javoban, AQSh yetakchiligidagi ittifoq mintaqada havo sarhadlarini qo’riqlovchi samolyot va harbiy mutaxassislar sonini oshirgan.
Oʻzbekistonning NATO bilan hamkorligi[tahrir]
Oʻzbekiston va NATO oʻrtasidagi hamkorlik 1994-yil 13-iyulda tasdiqlangan NATOning „Tinchlik yoʻlida hamkorlik“ dasturining Doiraviy bitimiga muvofiq, hamda 1996-yildan boshlab har yil ishlab chiqariladigan hamkorlikning muhim sohalarini qamrab oladigan (harbiy taʼlim, mudofaa siyosati, terrorizmga qarshi kurash, ilmiy izlanishlar, favqulodda holatlarda fuqarolar muhofazasini taʼminlashni rejalashtirish) sherikchilik boʻyicha individual dasturlar doirasida amalga oshiriladi.[10]
Oʻzbekiston va NATOning YeAHK doirasidagi maxsus yigʻilishlarida, jumladan YeAHKning tashqi ishlar va mudofaa vazirlari, elchilar, siyosiy qoʻmitalar, oliy harbiy-siyosiy qoʻmitalar, „Tinchlik yoʻlidagi fan“ boʻyicha Qoʻmitasi va fuqarolar muhofazasi boʻyicha Qoʻmitasi yigʻilishlarida ishtirok etib kelmoqda.
Xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirishda NATOga aʼzo mamlakatlar bilan hamkorik, yaʼni NATOning Fan qoʻmitasi alohida ahamiyat kasb etadi. Soʻnggi yillardagi Oʻzbekistonning NATOga aʼzo davlatlar bilan hamkorligi tajribasi uning juda samarali ekanligini koʻrsatmoqda. Hozirgi paytda Oʻzbekistonda NATO bilan informatsion texnologiyalar, tibbiyot va boshqa qator loyihalar amalga oshirilmoqda. 2007-yil may va 2008-yil oktyabr oylarida NATOning Fan qoʻmitasi raisi K.Uspelerning Oʻzbekistonga tashrifi hamkorlikning yanada yangi bosqichlarga koʻtarilishiga turtki boʻlgan.
2008-yil 3 aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov NATO Bosh kotibi Ya.Sxefferning taklifiga binoan NATO/EAHKning Buharest shahridagi sammitida ishtirok etdi va Afgʻonistonda barqarorlikni taʼminlash maqsadida „6+3“ Guruhini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.
Oʻzbekiston va NATO oʻrtasidagi ikki tomonlama aloqalarni rivojlanish masalalarini muhokama qilish maqsadida Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari boʻyicha NATO Bosh kotibining maxsus vakili R.Simmons respublikaga bir necha bor tashrif buyurgan.
Shuningdek qarang[tahrir]
Manbalar[tahrir]
- ↑ http://www.nato.int/cv/secgen.htm NATO Whoʻs who? — Secretaries General of NATO
- ↑ http://www.nato.int/cv/depsecgen.htm NATO Whoʻs who? — Deputy Secretaries General of NATO
- ↑ 3,0 3,1 http://www.amerikaovozi.com/content/nato-new-challenges/2502924.html
- ↑ http://www.amerikaovozi.com/content/ukraine-russia/2524638.html
- ↑ Tsentr Politicheskix Texnologiy
- ↑ Kommentarii ekspertov TsPT
- ↑ Aleksandr Soljenitsin o meste Rossii v sovremennom mire
- ↑ Sberejenie naroda — visshaya izo vsex nashix gosudarstvennix zadach
- ↑ 9,0 9,1 9,2 http://www.amerikaovozi.com/content/russia-flights/2521309.html
- ↑ Yevro-Atlantika hamkorlik kengashi (EAHK) va"Tinchlik yoʻlida hamkorlik" (TYH) dasturi doirasida Oʻzbekiston va Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO) hamkorligi toʻgʻrisida
- Rasmiy sayti
- Jamoaviy yangiliklar
- (1997) The 'Yugoslav' Crisis in International Law, Cambridge International Documents Series. Cambridge University Press. ISBN 978-0-521-46304-1.
- Clausson, M. I. (2006). NATO: Status, Relations, and Decision-Making. Nova Publishers. ISBN 1-60021-098-8.
- Garthoff, Raymond L. (1994). Détente and confrontation: American-Soviet relations from Nixon to Reagan. Brookings Institution Press. ISBN 0-8157-3041-1.
- (1985) Armies of NATO's Central Front. Jane's Information Group. ISBN 0-7106-0341-X.
- National Defense University (1997). Allied command structures in the new NATO. DIANE Publishing. ISBN 1-57906-033-1.
- Njølstad, Olav (2004). The last decade of the Cold War: from conflict escalation to conflict transformation. Psychology Press. ISBN 0-7146-8539-9.
- Osgood, Robert E. (1962). NATO: The Entangling Alliance. University of Chicago Press.
- Park, William (1986). Defending the West: a history of NATO. Westview Press. ISBN 0-8133-0408-3.
- Reynolds, David (1994). The Origins of the Cold War in Europe: International Perspectives. Yale University Press. ISBN 0-300-10562-2.
- van der Eyden, Ton (2003). Public management of society: rediscovering French institutional engineering in the European context. IOS Press. ISBN 1-58603-291-7.
- (2007) Transforming NATO in the Cold War: Challenges beyond deterrence in the 1960s. Taylor & Francis. ISBN 0-415-39737-5.
- Zenko, Micah (2010). Between Threats and War: U.S. Discrete Military Operations in the Post-Cold War World. Stanford University Press. ISBN 0-8047-7191-X.
Havolalar[tahrir]
- Rasmiy sayt
- Shimoliy Atlantika shartnomasining rus tilidagi tarjimasi (1949) (rus.)
- NATO bilan tanishing (oʻzb.)
- 21 yashar Doniyor Oʻzbekcha Vikipediyaga NATO toʻgʻrisida maqola qoʻshdi, Ozodlik radiosi, 20-mart, 2014
Bu sahifa oʻzbek tilining imlo qoidalariga muvofiq yozilmagan. | |
Iltimos, bu sahifaning imlosini tekshirib, xatolarni oʻnglang. Oʻzbek tilining imlo lugʻatlari: |