Okkultizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Okkultizm (lot. occultus - yashirin, sirli) — insonda va kosmosda yashirin kuchlar mavjudligini eʼtirof etuvchi taʼlimotlarning umumiy nomi. O.ga koʻra, bu kuchlarni maxsus psixik mashkutardan oʻtgan va oʻzini faqat shu yoʻlga bagʻishlaganlargina payqay oladi. Falsafiy jihatdan gilozoizm va panteizmha yaqin. O.ning hodisalar oʻrtasidagi umumiy yashirin aloqalar toʻgʻrisidagi va mikrokosm hisoblangan odam haqidagi taʼlimoti 14—16-asrlarda kuzatish va tajriba metodlari (Uygʻonish davri italyan natur-falsafasi va boshqalar)ning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Umuman, O. ilmiy tafakkurga zid taʼlimotdir.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil