Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Startap Shaxsiy rivojlanish SEO Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Web dasturlash

Dasturlash juda qiziqarli va har tomonlama foydali mashg’ulot. Dasturlashni o’rganish juda oson. Qiziqish va yangi bilimlarni o’zlashtirishga bo’lgan yuqori darajadagi istak bilan bir necha oylik mehnat orqali har kim malakali dasturchiga aylanishi mumkin. Web dasturlash mening sevimli mashg’ulotlarimdan biri.

Web dasturlash brauzeringiz orqali ko’rishingiz va foydalanishingiz mumkin bo’lgan barcha web dasturlarni tayyorlash jarayonini o’z ichiga oladi. Web dasturlash ham juda qiziqarli va katta daromad keltiradigan soha hisoblanadi. Malakali dasturchilarga bo’lgan talab bugungi kunda har doimgidan ham yuqori. Agar qachondir web dasturlashni o’rganish haqida o’ylab ko’rgan bo’lsangiz, hozir bu niyatingizni amalga oshirish uchun kirishishning ayni vaqti!

Web dasturlash darslari

Saytimda web dasturlashga oid ko’plab ma’lumotlarni topishingiz mumkin. Darslar ham bor. Dilshod O’ktamov muallifligida tayyorlangan “Yii2 asosida blog yaratish” video darslar seriyasi PHP framework yordamida dasturlashni o’rganmoqchi bo’lganlar uchun ayni muddao!

WordPress, WordPress, WordPress!

Kamina WordPress tizimining chempion muxlislaridan biri bo’laman! Menga WordPress juda yoqadi. U haqida saytimda juda ko’p darslar va maqolalar mavjud. Saytim orqali Sizga WordPressni o’rganishingiz va saytingizni yanada samarador qilishingizda yordam beraman.

Bundan tashqari saytda web dasturlashga oid ko’plab qiziqarli ma’lumotlar va foydali tavsiyalarni ham topishingiz mumkin.

Xabaringiz bor, saytim orqali web saytlar va web dasturlar tayyorlashga buyurtmalar qabul qilaman. Buyurtmalaringizning sifatli, o’z vaqtida bajarib topshirilishi kafolatlanadi. Sayt tayyorlash xizmatiga buyurtma berishdan oldin saytda mavjud bo’lgan maxsus Sayt tayyorlash kalkulyatori yordamida xizmat narxini hisoblab ko’rishingiz mumkin. Narxni o’zingiz shakllantirasiz!