Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Startap Shaxsiy rivojlanish SEO Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Qanday qilib sayt tayyorlash

Qanday qilib sayt tayyorlash

Internetda o’z saytingizni ochish uchun Sizda hosting va domain bo’lishi kerak. Agar sayt yaratish sohasida hech narsani bilmasangiz, hosting va domain haqida eng muhim asosiy tushunchalarga ega bo’lib olishingiz kerak.

Hosting – bu saytingiz asosini tashkil etiuvchi fayllar (html xujjatlar, rasmlar, ovozli va video fayllar, dasturlar va h.k.) saqlanadigan joy. Hosting xizmati turli hosting provayderlar tomonidan taklif etiladi. Bugungi kunda hosting narxi juda qimmat emas; bir oyga atigi 3 ming yoki 5 mingdan boshlab yaxshi hostingga ega bo’lish mumkin.

Domain – bu hostingda joylashtirilgan saytingizning bosh sahifasini foydalanuvchilarga olib uzatadigan, yo’l ko’rsatuvchi web-ism. Gap shundaki, hostingda saytingizni joylashtirganingizdan so’ng saytingiz faqat IP manzil orqali ko’rilishi mumkin bo’ladi. Masalan, foydalanuvchilar saytingizni 183.168.57.318 degan IP manzil orqali ko’rishlari mumkin deb hisoblaylik. Har safar saytingizga kirish uchun bu raqamlarni terish foydalanuvchilarga qiyinchilik tug’diradi. Bundan tashqari 183.168.57.318 kabi raqamlarni eslab qolish ham juda qiyin. Domainning asosiy vazifasi – mana shu IP manzilni odamlarga tushunarli bo’lgan qisqa, o’qiladigan, ma’no anglatadigan so’zlarga aylantirish. Masalan, www.sayt.uz yoki www.davron.uz. Bundan ko’rinib turibdiki, sayt.uz yoki davron.uz kabi domenlar eslab qolish uchun oson hamda ularni har qanday kishi qiyinchiliklarsiz brauzerda yozib ocha oladi. Har safar kimdir davron.uz kabi domeningizga murojaat qilganda bu domen 183.168.57.318 IP manzilini chaqiradi va natijada Sizning saytingiz foydalanuvchi ko’z o’ngida namoyon bo’ladi!

Hosting va domain olish juda oson.

Hosting olish uchun birinchi navbatda yaxshi hosting kompaniyasini tanlashingiz kerak bo’ladi. Bunda Sizga Hosting-Obzor.uz sayti yordam berishi mumkin. Bu saytda O’zbekistonning barcha hosting kompaniyalari baholangan.

Domain olish uchun Siz avvalroq hech kim tomonidan ro’yxatga olinmagan domain ismni tanlashingiz, yoki ko’p hollarda, topishingiz kerak bo’ladi. Bu uchun Whois.uz sayti qidiruvi orqali Siz qidirgan domain bo’sh yoki band ekanligini aniqlashingiz, agar bo’sh bo’lsa, o’zingiz tanlagan domain ismni taklif qilingan ro’yxatdan o’tkavuzchilar orqali o’zingizniki qilib olishingiz mumkin. Domain ismlarning registratsiya qilinishi eng kam muddati – bir yil.

Hosting va domain olish bosqichidan o’tib olganingizdan so’ng hostingda saytingiz fayllarini joylashtirishingiz hamda saytni “Ishga tushdi!” deb hisoblashingiz mumkin.

Saytlarni yaratish hozirgi vaqtda qiyin emas. Chunki kodni boshida yozib, saytning har bir detalini yaratishning xojati yo’q. Hozirda internet saytlarida eng ko’p ishlatilayotgan WordPress yoki Joomla! kabi sayt platformalari sayt yaratishdagi ishingizning 99% qismini Siz uchun bajaradi. Buning uchun WordPress yoki Joomla! web dasturlarini hostingingizga yuklashingiz va ularni o’rnatishingiz kerak. WordPress va Joomla! uchun saytlarning tayyor ko’rinishlari ham internetda yuklab olish uchun juda ko’plab topiladi.

Misol tariqasida aytmoqchimanki, Azamat.uz sayti WordPress dasturi asosida ishlaydi. Saytimizning hozirgi ko’rinishi va asosiy dasturi internetda bepul yuklab olinishi mumkin.

Sayt yaratishning boshida oxirigacha bo’lgan to’liq yo’riqnomalarini Google orqali rus yoki ingliz tillarida ko’plab topishingiz mumin. O’z saytingizni yaratishingiz va internetda o’z nomingiz, o’z ovozingizga ega bo’lishingizda tilakdoshman!

Qanday qilib sayt tayyorlash” maqolasida 324 fikr

  1. Odiljon Xamidov

    Maslahat uchun rahmat. men tarixiy sayt yaratish jarayonida fayl tayyorlab berganman/ Ammo osonligini bilmagan edim/

    Javob berish

  2. Noorbek

    salom men uz domenidan tasix da sayt ochish niyatim bor shunga uz domenini olish qanday boladi tolovlari tasix ka ulash malumot bersangiz

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Sizga Arsenal-D hosting kompaniyasini tavsiya etaman: ham ishonchli, ham yangi mijozlar bilan ishlashga juda tajribali kompaniya. Telefon qilsangiz hamma savollaringizga javob berib, sayt ochishingizda yordam berishadi. Telefon raqamlarini http://www.arsenal-d.uz saytidan topasi.

    1. Azamat Xodjakov

      Orzuingiz amalga oshishiga tilakdoshman. Sizga Arsenal-D kompaniyasi bilan bog’lanishingizni maslahat beraman, ular sizga sayt ochishingizda yordam berishadi. Kompaniyaning telefon raqamini http://www.arsenal-d.uz saytidan olishingiz mumkin.

  3. Hayotbek

    Assalomu Aleykum Azamat Xodjakov! Masalan men .RU domenida sayt yaratsam .UZ hostinglaridan foydalanishim mumkinmi? Meni niyatim .RU domenida sayt ochib Google AdSense dasturi yordamida ishlamoqchiman. Men sizning maslahatingizga muhtojman. Iltimos meni o`z shogirdingizdek qabul qiling.

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      O’zbekiston hosting kompaniyalaridan foydalanish uchun domeningizning ahamiyati yo’q. Qolaversa Google AdSense uchun ham domeningizning .uz yoki .ru bo’lishining umuman ahamiyati yo’q. Asosiysi saytingiz tarkibi AdSense talablariga javob berishi kerak.

  4. Noorbek

    salom Azamat. wordpress va joomla programmalari sayt ochishdagi ishlarning 99% zini bajaradi deyapsiz shunda php,css,html ni bilishimiz shart emasmi? yana shu proglar orqali xam .ru yoki boshqa pullik domenanan wap sayt ocha olamizmi?

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Albatta WordPress yoki Joomla tizimlarini o’rnatishda Sizga php, css bilimlari kerak bo’lmaydi, ularning o’rnatilishi juda oson. Ular yordamida istalgan host yoki domenda wap saytlarni ham tashkil etsa bo’ladi

    2. Great

      oka etomismi Hozirgi vaqda ko`p web saytlar qaysi dasturlash tillaridan ko`p foydalanadi,Joomla,WordPress,DataLifeEngine?Aytmoqchimanki o`zb yoki butun dunyo!

    3. Azamat Xodjakov

      WordPress ko’proq ishlatiladi, menimcha. Chunki bloglar uchun aynan shu CMS juda qulay.

  5. Shohruhbek

    Salom aka menda bir savol bor edi fo.ru da sait ochsa bo’ladi-a. Ularga menga sait ochib bersa ularga qanday foydasi tushumni qanchadir % ularga tegishlimi?

    Javob berish

  6. Bakhrom

    Assalomu alaykum. Sizga ikkita savolim bor edi. Siz saytingizni har hil brouzerlarda bir hil, buzulmasdan ochilishiga qanday erishgansiz? Javob uchun oldindan rahmat. Agar Wrdpressda desangiz, u yerda ham MVC da sayt yaratish mumkinmi?

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Shablon “responsive” hususiyatga ega, ya’ni moslashuvchan.

  7. Great

    uzr oka yana savolim bor edi,
    shu wordpresni ustanovka qilolmayapman ozgina yordam bervorin buni qanday amalga oshirsam bo`ladi,dle ga nisbatan sal qiyinroq ekan…

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Ha, topayapman. Hozirda sayt orqali daromadimni yangi yo’nalishga o’tkazish yo’lida harakat qilayapman.

  8. Noorbek

    Azamat aka men hostingdan wap sayt ochmoqchidim,shunga hali ochib kormadim lekin urinib kormoqchiman.hostinga joomla dasturini joylab telefonnan ochsam qulaymi yo hostingni ozidan qulaymi.joomla dasturiga script ornataolamanmi.Maslahat bering.oldin wen.ruda sayt ochib organganman

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Savolingizga bir oz tushunmadim, hostingning o’zida o’rnatiladigan Joomla! haqida so’rayapsizmi? FTP orqali hostingga chiqarib, keyin ustanovka qilish haqida so’rayapsizmi? Agar shunday bo’lsa, bu ikkisining farqi yo’q. WordPress o’rnatishingizni maslahat beraman.

  9. Great

    eeee bo`ldi oka uddaladim axiri ustanvkani.
    Yana bir savolim boridi shu wordpressda mobil versiyasi ham bormi,bo`lsa qanday ornatsa bo`ladi?

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Siz WordPressni o’rnating, keyin unga mobil telefonlarni avtomatik tarzda aniqlab, ularga mos ko’rinishni uzata oladigan shablon (responsive theme) o’rnatasiz. Saytingizga mobil uskunalardan kirishganida saytingiz ularning displeyiga mos tarzda ko’rsatiladi. Google orqali ‘wordpress responsive theme’ deb qidiring.

  10. Noorbek

    Menxam unda shunday qilaman.Wordpress ornataman lekin mobil teldan saytimni boshqara olaman togrimi WordPresstan.Lekin sayt dizayni uchun faqat wordpressni shablonlarini ornataolamanmi

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Ha, faqat WordPress shabloni to’g’ri keladi, boshqa dvijoklar temasi mos emas. Mobil uskunalardan kirishingiz mumkin.

  11. Noorbek

    Avval wordpressni ftp menedjeri orqali ustanovka qilib keyin wordpressni oziga responsive themeni joylaymizmi.Shularni qanday ustanovka qilishni,joylashni aytolmaysizmi?

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Huddi shunday. Bu amaliyotni bosqichma-bosqich tushuntirib bera olaman, imkoniyatingiz bo’lsa menga qo’ng’iroq qiling, yordam berishga harakat qilaman: +998937982200

  12. Noorbek

    Keyin men wap sayt yaratish uchun wap shablonni qayerdan olaman.tipa pux.su shu kabi saytlarday sayt yaratish uchun.Iltimos aka maslaxat bersangiz

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Google orqali shu turdagi shablonlarni qidiring, albatta topasiz.

    1. Azamat Xodjakov

      Saytimning yangi “Sayt yaratish” bo’limini kuzatib boring, u yerda sayt ochishingiz uchun kerakli bo’lgan maslahatlarni berib borishni niyat qilganman. Hozircha saytda o’zgarishlar kutilayapti, fevral oyidan boshlab yangi maqolalar qo’shiladi.

  13. mirsaid

    salom azamat aka web sayit tuzilib bolgach internetka tushirishdan oldin kompaniyalar bilan dagavor tuzilar ekan masalan kanday kompaniyalar bilan

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Hosting olish uchun hosting kompaniyasi bilan va domen olish uchun domenlarni ro’yxatga olish kompaniyasi bilan shartnoma qilasiz. http://www.arsenal-d.uz saytida hamma xizmatlar bor, men ular bilan hamkorlik qilishingizni tavsiya etaman!

  14. MuhammadSoliih

    Assalomualayku Azamat Xodjakov sayitingizga rivoj hamyoningizga daomat tilayman .
    bundanham rivojlanib ketsin.
    mendaham bazi savollar paydobugandi , agar sizga malol kemasa.

    Javob berish

  15. MuhammadSoliih

    sayt tuzishda pulni tejab, bepul fay obmenlardan foydalanishni rejalashtirgan bulsa .
    Hosting ni eng kami necha mb sotib olishligi yetarli bo’ladi

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Bunday holatlarda to’liq bepul bo’lgan hostingdan foydalanish ham mumkin, faqat bunday holatda saytingiz Tas-Ix doirasiga kirmaydi. Siz aytgancha bo’lishi uchun pulli hostingning eng kam 50 mb bo’lgan tarifi yetarli bo’ladi.

    1. Azamat Xodjakov

      Barcha ishingiz internet orqali bitadi, faqat ularga qo’ng’iroq qilishingizning o’zi kifoya!

    1. Azamat Xodjakov

      Dizayn alohida mahorat va qobiliyat bilan ishlanadi. Saytingiz uchun tayyor dizaynlardan foydalanishingiz, yoki tajribali web dizayrnerni yollash orqali saytingizning ko’rinishini o’zingiz istaganday qilib tayyorlashingiz mumkin.

  16. mohinur

    Assalomu alaykum, maslahatlar uchun rahmat. Saytni Tas-ix tizimida yaratish uchun nialar qilish kerak? Sizning saytingiz ham Tas-ix tizimida ishlar ekan

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Buning uchun TAS-IX tarmog’ida hosting xizmatini taklif qiladinga hosting provayderda saytingizni joylashtirishingiz kerak. https://www.azamat.uz sayti ham TAS-IX tarmog’ida joylashtirilgan.

    2. Azamat Xodjakov

      @Host yaxshi kompaniya, xizmat sifati boshqa hostinglarga nisbatan yaxshi bo’lishi mumkin, lekin menimcha narxi ancha qimmat. UzNet hostingida xizmat sifati yaxshi, narxlar ham arzon; bir oyga 3000 so’m. Boshqa tariflarni ham ko’rib chiqishingiz mumkin: http://uzdc.uz/hosting.html

  17. Olimjon

    Salom Azamat Xodjakov, men yaratmoqchi bo’lgan saytimda katta hajmli ma’lumotlarni joylashtirmoqchiman (Tas-ix tizimida). Lekin biror – bir yaxsh файлобменник ni topolmayapman. Dir.uz saytining sifati yaxshi-yu ammo undan registrasiya qilib bo’lmayapti. Menga qanday maslahat bera olasiz. Maslahatingiz uchun oldindan rahmat!

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Fayllarizni saqlash uchun dir.uz sayti eng yaxshi tanlov, menimcha. Bundan tashqari fdrive.uzdc.uz yoki myfolder.uz saytlari ham bor, ular TAS-IX tarmog’ida.
      Dir.uz xizmatidan foydalanish afzalligi shundaki, saytingizga ularning kichik yorlig’ini joylashtirasiz va ular sizga “Mediyshik” degan unvon berishadi. “Mediyshik”lar fayllari 6 oygacha saqlanadi. Boshqa fayllar almashinuvi saytlarida 1 oy chegirma bor: har oyda fayllaringizni yangidan yuklashingiz kerak. Shu qulayligi uchun ham men dir.uz xizmatini tanlaganman.

    1. Azamat Xodjakov

      Domeningiz bo’lsa uni hostga ulashingiz kerak. Agar hostingingiz bo’lmasa birorta bepul hosting kompaniyasidan hosting xizmatini olishingiz mumkin. TAS-IX tarmog’ida bo’lmasa ham saytingiz uchun bepul hosting topishingiz mumkin. http://www.hostinger.com saytini bepul host sifatida tavsiya qilaman.
      Agar o’z kompyuteringizni hosting server sifatida ishlatmoqchi bo’lsangiz va bu ishni qanday qilish kerakligini so’rayotgan bo’lsangiz, bu narsani qisqa gap bilan tushuntirib bera olmayman. Ammo google orqali qidirsangiz, juda ko’p ma’lumotlarga ega bo’lasiz. Shaxsiy kompyuteringizni hosting sifatida ishlatishni xohlasangiz, XAMPP dasturini yaxshi o’rganib chiqing.

    2. Muhammad Solih

      Assalomu alaykum Azamat aka huddi manashi mavzuda bir savolim boridi
      saytimga o’zimi komputerimdan server sifatida foydalanmoqchi bo’sam mening saytimni Tas -ix xududida qilish imkoniyati bo’ladimi

    3. Azamat Xodjakov

      Kompyuteringizdan server o’rnida foydalanishingizda saytingiz TAS-IX hududida bo’lishi uchun O’zbekiston internet provayderlariga ulanishingizning o’zi kifoya! Ya’ni, agar Siz TAS-IX tarmog’i bepul bo’lgan ISPga ulansangiz, demak Sizning serveringiz ham TAS-IX tarmog’ida hisoblanadi.

  18. Muhammad Solih

    javob uchun oldindan rahmat kattakon
    bepul DOMEN bo’lsa masalan ONLAYN.TK shu sayt orqali google Adsese da pul topish mumkinmi

    Javob berish

  19. Muhammad Solih

    Assalomu alaykum Azamat aka berayotgan maslahatlariz uchu katta rahmat , ishlarizga rivoj tilayman . Bugun googlAdsense ro’yhatidan o’tgan edim lekin azo bo’lganimni qaerdan bilaman .keyin meni saytimga hech narsa yozilmagan faqat menyu bor shunaqa busayam qabul qlishadimi saytdi adsens ga

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Yo’q, saytingiz bo’sh bo’lsa dasturga qabul qilinmaysiz. Saytingizga maqolalar kiritishingiz va saytingiz AdSense talablariga javob beradigan bo’lishi kerak. A’zo bo’lganligingiz va keyingi bosqichlarda nima ishlar qilishingiz kerakligi haqida ro’yxatdan o’tish mobaynida kiritgan email manzilingizga yuborilgan xat orqali bilib olishingiz mumkin.

    1. Azamat Xodjakov

      Ha, yillik to’lov. Domen va hosting uchun eng kamida yillik jami 61 000 so’mdan to’lab borasiz. Bu narx hozirgi vaqtda amal qilayotgan eng kichik tariflar asosida hisoblangan.

    1. Azamat Xodjakov

      Yo’q, agar login va parolingizni boshqa shaxslarga bermasangiz, pulingizga hech kim zarar yetkaza olmaydi.

  20. Alisher

    Assalomu alaykum Azamat!.. Saytingizni bir boshdan o’rganib chiqib, qoil qoldim ochig’i, foydali maqolalar yozibsiz. Azamat.uz dizayni, tuzilishi a’lo. Xavas qildim. Sizdan so’ramoqchi bo’lganim: saytimning robot.txt. programmasi ishlamayopti. SEOn ham to’g’ri o’rnata olmayapman. Google qidiruvida statyalarim yo’q umuman. Programmistlarga aytsam ham bo’ladi ammo boshidanoq hammasini o’zim qilishni istayapman. Sizda bu yuzasidan foydali maqola, ko’rsatma, yo’l-yo’riq bormi? Googledan topilgan “rus maslahatchilari”ning ko’rsatmalarini qilib ko’rdim, ohshamadi. . Robots.txt va SEO haqida o’zbekcha, tushunarli ma’lumot bo’lsa, yuboring. Javobini pochtada kutaman. Rahmat. Alisher ABDUMALIKXON. IDROK.UZ

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Robots.txt faylida barcha robotlarga ruxsat berib qo’yishingiz kerak. Bundan ortiq ish qilishning hojati yo’q, qidiruv mashinalari saytingizni o’zlari indeks qilishadi.

    1. Azamat Xodjakov

      Dizayn haqida o’rganing, yoki web dizayn bilan shug’ullanuvchi kompaniyaga murojaat qiling. Vaqt ajratishim qiyinroq, ammo yordam berishga harakat qilaman. Saytning savol-javob bo’limida savollar bilan murojaat qilishingiz mumkin.

  21. EnglishStar

    Man .tk domenini olgandim va hostinger dan ham o’tdim. ammo filezilla ga ulay olmayapman iltimos yordamlashib yuboring

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      FZda serveringiz ma’lotlarini, ya’ni server IP manzili, login va parolni (Normal mode) kiriting.

    1. Azamat Xodjakov

      +998937982200 raqamimga qo’ng’iroq qiling, buyurtmangizga ko’ra sayt tayyorlab beraman.

    2. abror356

      bularkanu uzbe laham shunaqa blog ochsa gap yuq juda foydali malumotlar
      oka icq busa kere ili telegramm mi azgina, sayt ochish buyicha azgina tshunchaga egaman yordam kere busa surab turardim qanday qilib siz bilan bog’lanib tursam buladi ?

    3. Azamat Xodjakov

      Faqat saytim orqali bog’lanasiz sayt ochish yuzasidan. Saytimning mahsus Savol-Javob bo’limi bor, iltimos, savollaringizni faqat shu bo’limda yozib qoldiring.

    1. abror356

      oka siz uziz qaysi hosting ni ishlatas ?
      qaysi hostingni taklif qilas?

    2. Azamat Xodjakov

      Hozir UzDC.uz hostingini (UzNET) ishlataman va shuni tavsiya qilaman.

  22. Nurbek

    Azamat aka men sayt ochishim uchun menga yordam berib tursangiz iltimos ! @mail loginingizni bering savollarimni @mail orqali beraman ILTIMOS AKA

    Javob berish

  23. BoBuR

    Assalom Azamat aka vidiouroklarni qayerda saqlashni maslahat berasiz. medicinaga oid sayt yaratmoqchidim
    Javob u.n rahmat.

    Javob berish

  24. ZuhriddinBek

    Salom Azamat aka! WordPress da ishlashni o`rganmoqchi edim.Ammo WordPress.org dan yuklab olgan dasturimni qanday ishlatishni bilmayapman.Yuklab olingan papkani ichida umuman kompyuter o`qiydigan fayllar yoq ekan.Qayerdan yuklab olish mumkin? Iltimos yordam qilib yuboring

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      WordPress saytga emas, hostingga (serverga) o’rnatiladi. Qanday qilib WordPressni o’rnatish haqida bilib olish uchun mana bu yerga o’ting.

    2. ZuhriddinBek

      sayt ochishni o`rgatadigan biror video darsligingiz bormi? 0 dan boshlab 100% gacha o`rgatadigani bo`lsa iltimos link bervoring (pulli bo`lsa ham Roziman) Juda ham qiziqaman va o`z saytim bo`lishini xoxlardim

    3. Ashurali

      salom Azamat bita savol qanaqa sayt yaratsaham u saytan pulishlashdi iloji bormi bul ishlab buladimi yani internetdagi barcha saytlar ozmi kubmi pul islayaptimi

    4. Azamat Xodjakov

      Deyarli barcha saytlar pul ishlab topish maqsadida tayyorlanadi. Istalgan mavzuda sayt ochishingiz mumkin. Har qanday mavzuda ochsangiz ham saytingiz orqali pul ishlab topsangiz bo’ladi. Faqat bu uchun yaxshi o’ylab, o’z qobiliyatlaringizni to’liq ishga solishingiz kerak bo’ladi.

  25. Jamshid

    Azamat aka . Men bir davlat tashkiloti uchun web sayt yaratdim . uni internetga joylash qoldi.
    Saytni qo`lda Adobe Dreamveawer dasturida qilganman. Bunday sayt uchun wordpress ni o`rnatsa bo`ladimi.

    Javob berish

  26. Ulugbek

    Salom Azamat aka men Navoiy viloyatidanman web sayt yaratishni o`rganmoqchiman. Shunga maslaxatiz kerak edi. Navoiydami, Toshkentdami o`rgatadigan kishi bilmaysizmi? O`ziz qayerdansiz agar sir bo`lmasa o`zizam o`rgatasizmi?

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      O’zim Termiz shahridaman. Siz so’ragan joylarda tanishlarim yo’q.

    2. Axror Ziyodinov

      Ulug’bek man navoiydanman, istasangiz sayt ochishni o’rgataman

  27. Aziz

    Asalomu alaykum
    Hostinger.ru dan ochilgan saytga arsenal-d.uz dan olingan domenni qanday qilib ulaydi?
    iltimos yordam bering. Oldindan rahmat!

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Arsenaldagi domeningizning Name Server degan joyiga Hostingerdagi IP manzilingizni yozing.

    2. ZuhriddinBek

      Salom! Saytning yuqori menyusiga sayt haqida,hamkorlik,biz bilan bog`lanish kabi rubrikalar qo`shdim.Endi shularni ichini qanday to`ldirish mumkin.Masalan sizda hamkorlikga kirsa “Uzundan uzoq yozgan matningiz” ko`rinadi.Menda esa oshibka 404 bo`lib qoladi.O`sha yerga o`z matnimni qanday kirgizaman

  28. Abdulaziz

    Salom! men yaqinda, aniqrog’i bir oy ichida sayt yaratmoqchiman. Saytim xuddi Ebay.com yoki bulmasam etsy.com day bo’lishini xoxlayman. Men saytimda o’zimni tovarlarimni sotmoqchiman. Xullas bunaqa sayt yaratish harkimni ham qo’lidan kemaydi. Shuning uchun men bazi bir sayt yaratuvchilariga murojaat qildim lekin ular bunaqa sayt uchun $2000 so’rashyapti… Nima qilishim kerak? Shunaqa qimmatmi sayt yaratish??

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Bundan arzonga ham tayyorlatsa bo’ladi. Ammo esingizda bo’lsin, Siz so’rayotgan turdagi saytni besh-o’n ming so’mga tayyorlata olmaysiz. Albatta o’ziga yarasha xarajati bo’ladi. O’zim tayyorlab berishim ham mumkin. Jiddiy takliflar bo’lsa qo’ng’iroq qiling: +998937982200

  29. Rustam

    oka manga “odno”barqaror” shunga o’xshash sayt yaratmoqchiman nima qilish kere hammasini qilaman oldindan rahmat

    Javob berish

  30. Oybek Nasirdinov Kamoldinovich

    Salom. Menda bir nechta savollarim bor edi.
    1.Windows XP sistemani ISO formatida olib Ultira iso dastur yordamida yozib boot menyudan ko’rsatib ustanovka ketmayapti nima qilsa bo’ladi?
    2. Web saytni ochish uchun yo’riqnomani batafsil bersangiz?
    1………………………….
    2………………………….
    3………………………….
    3.savol. TATU farg’ona viliyali 2010 yilda tugatganman Siz qayerni tugatgansiz?
    Ma’l uchun tel +998916701876
    Javoblar uchun oldindan kattakon rahmat.

    Javob berish

  31. mavjuda

    Assalomu alaykum, savol; uchinchi darajali uz. domenida maktab saytini yaratmoqchi edim, hostingni for.uz sahifasi orqali to’g’ridan to’g’ri olish mumkinmi? yoki biror joyga murojaat qilish kerakmi? uz. domenida sayt yaratish murakkab emasmi? javob uchun oldindan rahmat.

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      for.uz olish uchun Toshkentdagi Uzinfocom idorasiga pasportingiz bilan boring. Murakkab emas.

  32. -=.R.=-

    Azamat aka sayt ochkandan so’ng sayt ommaboblawsa uni hakkerlar yopib qo’yishi mumkin ekan shu rostmi agar wunaqa bo’sa saytni qanaqilib himoya qiliw mumkin

    Javob berish

  33. Asilbek

    Assalamalikim Azamat aka men Qaraqalpaqstananman siz aytkan yaratish saytlari pul turar ekan .bularnin bashqa bepul yaratish saytlarning parqi nimada?

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Bepulida ba’zi kichik cheklovlar bo’lishi mumkin, pullilari hech qanday cheklovlarsiz ishlaydi. Shularni hisobga olmasa, farqi yo’q.

  34. Feruz

    Azamat aka men hozir Korea daman shunga uz domendan Korea talim tizimi va University lar haqida malumot beruvchi sayt ochmoqchi edim. Koreadan turib iloji bormi.yoki ru yoki com dan ochish qulayroqmi.

    Keyin saytimni yuritganim va foydalanuvchi saytga tashrif buyurgani uchun mening Hisob raqamimga qandaydir miqdorda pul tusgadigan qilsa buladimi

    Javobiz uchun oldindan raxmat

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Domenning farqi yo’q. Pul tushadigan qilsa bo’ladi faqat sehr-jodu ishlatib emas, tinimsiz sayt ustida ishlash va mehnat qilish orqali. Shunday ekan, menimcha, “qanday qilib pul tushursa bo’ladi?” degan savol noo’rin.

    1. Madina

      salom Azamat aka szda bitta maslaxatlli ish boridi qanaqp uzclub.net yoki voydod.com laga oxshagan sayt ocwm mumkun?

  35. Madina

    salom Azamat aka bitta maslaxatiz keregidi…shu orgatgan saytizdan xudi uzclub.net voydod.net ii shunga oxshash sayt ocip bolladimi?

    Javob berish

    1. Qaxramon

      Azamat yaxshimisiz sayt yaratish uchun qancha vaqt o’qish kerak yoki shart emasmi….

    2. Azamat Xodjakov

      O’rganish shart, qanchalik tezligi esa o’rganishingizga bog’liq.

  36. Kobil

    Azamat yaxshimisiz! Blogingizni muntazam ravishda kuzatib boraman, juda ham mazmunli maqolalar bor. Foydali maslahatlar jamlangan. Sizdan bir masalada maslahat so’ramoqchi edim, agar imkoni bo’lsa atroflicha va batafsil ma’lumot bersangiz. Javob uchun oldindan o’z minatdorchiligimni izhor etaman. Men o’z shaxsiy kompyuterimda “Screencast”, ya’ni video darslik yaratmoqchi edim, buning uchun qanday markali va rusumli mikrofondan foydalanish mumkin? Agar iloji bo’lsa qo’ng’iroq qiling, iltimos. tel: +99890-xxx-xx-xx; +99893-xxx-xx-xx. Hurmat bilan, Kobil.

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      O’zim video darslar tayyorlashni endi o’rganayotgan vaqtimda mikrofon masalasida juda ko’p qiyinchiliklarga uchraganman. Mendagi asosiy muammo mikrofon sezuvchangilini oshirganda paydo bo’ladigan ovoz edi. Ko’p mikrofonlarni sinab ko’rganman. Hozirgi kunda Lupus nomli kompyuter mikrofonini eng ma’quli sifatida ishlatib kelaman.
      Mikrofon tanlayotganingizda ovozni tozalovchi filtri (gupka, to’r yoki boshqa biror ovoz o’tkazuvchi to’siq) borligiga e’tibor qiling. Camtasia Studio 8 dasturida ishlasangiz mikrofoningiz orqali yozilgan ovozni ortiqcha tovushlardan avtomatik tozalash qulayligi bor. Men shu dasturni ishlataman.

    1. Azamat Xodjakov

      Hostingga FTP orqali bog’lanib, sayt fayllarini serverga chiqaring.

  37. Bobur

    Salom azamat kaka!Saytingizni ko`dim undagi maqolalar bilan taniishib chiqdim menga juda yoqdi saytingiz.Bilasizmi sizdan bir narsa so`ramoqchi edim,gap shundaki hosting borasida savol tu`gulyapdi menda,ya`ni hsting tanlaganda muddatlar berilar ekan,1oyga,2oyga vahokozo aytaylik men 100mb lik hostingni 2oyga buyurtma qildim shunda menga 1-oyda hostingim to`lib qolsa 2-oyda yangi joy beriladimi yoki 1-oydagi to`lib qolgan hsting ikkinchi oyga ham o`tadi shu borada qiynalyapman,Javobizzi kutaman,oldindan rahmat!

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      To’lgan hosting joyi keyingi oyga borib bo’shab yoki kattaroq bo’lib qolmaydi. To’ldimi, demak yoki keraksiz ma’lumotlaringizni o’chirib joyni tejashingiz kerak, yoki kattaroq joy beradigan tarifga o’tishingiz kerak.

  38. Xumoyun

    salom yaxshimisiz Azamat aka menga saytiz juda yoqdi menam sayt ochib ko’rmoqchiman maktab xaqida avvalo qaysi saytda sayt ochaolaman masalan ziyo.netda ochsa bo’ladi ichida sayt va hakazo shunga o’xshash saytlar da sizning bironta saytiz bo’sa saytizni ichidan menam sayt ochaolamanmi

    Javob berish

  39. Sardor

    assalom aleykum azamat aka. 1 savolim bor edi. Siz ham domenni zakaz qilib olgansiz? Olgandan keyin saytga to’g’ridan to’g’ri kiriladimi yoki Shablonlar qilinishi kerakmi?

    Javob berish

  40. Eldor

    Azamat aka mening PC imda Blue Steks App bor lekun ustanovka bolmaydi yangi versiya ol diyapti ovman lekin yan ustanovka qilmaydi

    Javob berish

  41. Arslonbek

    Salom aleykum Azamat aka mumkun bulsa 1 savolim bor edi. Anchadan beri men ham sayt ochmoqchi bulib yurgandim. Saytizdagi Qanday qilib sayt tayyorlash maqolaizni uqib chiqib manda shunday bir savol bulyaptiki. Sayt ochishda qanday qurilma yani qanday programmali telefon bulsa yaxshi buladi ish jarayoni yengil buladi. Andiroid mi Iphone yoki Windows li telefonlar yaxshimi .

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Windows – kompyuter bo’lsa yaxshiroq. Android imkoniyati bir oz cheklangan sayt tayyorlashda, lekin WordPressni Android muhitida hech qanday qiyinchiliklarsiz boshqarishingiz mumkin.
      Bu kabi savollarga so’nggi vaqtlarda ko’p duch kelayapman. Tez orada aynan shu mavzuga yo’naltirilgan alohida maqola yozishni niyat qildim.

  42. shaxa

    assalomu alaykum Azamat aka. Men sayt yaratmoqchi edim shu haqidagi mavzularni qaysisaytlardan organsam boladi. javobingiz uchun oldindan raxmat.

    Javob berish

  43. STEAKER

    salom masalan biz hozir mbyoki kb larda oz mablag’larimizni sarflayapmiz masalan BEELINE UCELL yoki UMS savolim shuki sayt egasi vizitorlar sarflagan trfiklaridan masalan 1mb dan tahminan qancha daromad olishadi

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Saytdan keladigan daromad sarflangan mb miqdoriga hech qaysi tomonlama bog’liq emas.

  44. Jahongirmirzo

    MEN endigina sayt ochiyapman qimat hosting ochsamu u omabop bulmay qolsa men Zion kurmaymanmi shining uchun manga qanaqa sayt ochish haqoda g’oat bersangiz iltimos va arson hostinglarni attic utsangiz

    Javob berish

  45. shavkat

    salom azamat aka 2 darajali sayt ochiw uchun pul tolaw kerak oyiga yiliga royhatdan otkazish kerak shu haqida malumot bering

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Saytimdagi “Sayt tayyorlash: oddiydan murakkabgacha” qo’llanmasini olib o’qing.

  46. Shuhrat

    Salom Azamat! Siz yozgan “qanday qilib sayt yaratish” degan maqola juda yoqdi. Bu maqoladan man juda kup narsani tushinib oldim. Qisqa va aniq yozilgan. Man studentlik davrimda elektron darslik yaratgandim. Bunga 14-15 yil buldi. Hozir mani shaxsiy sayt ochish qiziqtirmoqda. Nima maslahat berasiz? Oldindan katta rahmat. Maqolangiz uchun rahmat. Ishlaringizga muvaffaqiyat tilayman.

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Sayt ochishingizni tavsiya qilaman. Axir bilimingizdan boshqalar ham manfaat topsa – bu yaxshiku!

  47. Ilhomjon kut

    AZAMAT AKA SIZGA BITTA SAVOL BOR EDI MASALAN ILHOM.UZ SAYTNI OLAYLIK SIZ KO`RSATGAN MA`LUMOTDA SHUNDAY WEB SAYT TAYYORLASAK BULADIMI

    Javob berish

  48. Axmadjon

    Salom Azamat aka men website ochmoqchiman Amazon eBay ga oxshagan, lekin ishni qayerdan boshlashni bilmayapman, kop saytlarda malumot izladim tog’risi xar xil malumotlar gangiratib qoydi, ozim management sohasida oqiyman IT Dan biroz xabarim bor. shunday website qilib berolasizmi va shunga kerakli bolgan barcha organishim lozim bolgan narsalar xaqida malumot berolasizmi. Iloji bolsa telegram yoki whatsapp Dan boglonsangiz, oldindan raxmat

    Javob berish

  49. Abduraxim

    salom.
    Man TATU da o’qiyman domla vazifa bergan saytni joylashtirish. saytim tayyor faqat internetga joylashtira olmayapman yordam berolmaysizmi

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Avval saytingiz fayllarini FTP orqali serverga chiqarasiz. Keyin phpMyAdmin orqali saytingiz bazasini eksport qilib olib, internetdagi serverda joylashgan yangi bazaga import qilasiz. Agar saytingiz oddiy HTML/CSS bo’lsa, bazadan foydalanishga xojat yo’q.

  50. obid

    assalomu alaykum azamat aka men pul ishledigon sayt ochmoqchiman pul ishledigon saytni rejalarini tuzib qoyganman ishni nimadan boshlashni bilmayabman qanaq qilib ochsam boladi javob uchun oldindan raxmat.

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Hosting va domen oling. Keyin sayt tayyorlang yoki tayyorlating va ishni boshlang!

  51. xurshida

    Salom Azamat! Menga sayt ochib berishingizni iltimos qilmoqchi edim. Faqat iltimos narxini Emailimga junatsangiz, chunki bunaqa ishlar bilan avval hech shug’ullanmaganman. Narxi umuman menga qorong’u.

    Javob berish

  52. Shuhrat

    Salom!
    Biz tashkilotimizga 1ta yahshi web-site ochmoqchidik. Shunga iltimos, e-mailimga kontakt raqamizni yozib yuvorsez.

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Qanday sayt ekanligiga bog’liq. Qo’ng’iroq qiling muhokama qilamiz: +998937982200

  53. shavkat

    Assalomu aleykum azamat aka agarda sait ochsam menga manfatli (moddiy manaviy) tomonlari qanday buladi va qanday tarzda buladi shularni tushuntirib bersangiz.javob un oldindan raxmat

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      WordPress – bu tizim. Tayyor shablonlari bor. O’rnatib, sayt tayyorlashni bilmasangiz ham yuritishingiz mumkin.

  54. (QUDRAT1LLO)

    AZAMAT aka bilasizmi men sizning komagingizda sayt ochib unga turli internet o’yinlar vahokazolar.
    Azamat aka sayt ochsam unga xamma reklamani ozim qo’yamanmi yoki xar xil bemani narsala kelib qomidimi

    Javob berish

    1. Bek

      Azamat aka siz Adobe Reader da ,,Sayt tayyorlash oddiydan murakkabgacha” qilgan qo’llanmangizni o’qib ko’rdim, lekin hozirgi http://www.hostinger.ru saytida umuman boshqacha ko’rinishda ekan. Iltimos iloji bo’lsa shunga o’xshash yengi qo’llanmangiz bo’lsa saytingizda tarqating. Oldindan raxmat

  55. Bek

    Salom Azamat aka wordpress da sayt qilgandim ikkta shablon o’rnatdim. Xarbir sahifa uchun alohida shablo’nni briktirsa bo’ladimi

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Bitta saytda bir vaqtning o’zida faqat bitta shablon faol bo’la oladi.

  56. Moonlight

    sayt yaratish bo’yicha video kusrlar xam bor lekin shulardan xam ba’zi narsalarni tushunmayapman
    shuning uchun yordam olish istagida shu saytga kirgandim

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Iltimos, umumiy savollaringizni saytning maxsus Savol-Javob bo’limida yozing.
      Savolingizni aniqlashtiring.

  57. Azizbek

    Assalomalekum AZAMAT aka men qansha urinsamham sayt osholmayapman. Menga bir yaxshilik qiling aka .sayt oshishga yordam bering oldindan RAXMAT

    Javob berish

  58. Erkinbek

    Asalamu aleykum Azamat aka men Sayt yaratmoqchi edim lekin Chet elda oqiyman Chet elde turib Houstingni yaratsa bolsdimi?

    Javob berish

  59. Sunnatilla

    Assalom alayku, Azamat aka. Maqolalaringizni sinchkovlik bilan o`qib chiqdim. Agar iloji bo`lsa sayt ochishni qadamba qadam o`rgata olasizmi. O`zbek saytlari ichida internetda sayt ochish mavzusiga aloqador faqat 2 ta proekt bor. Biri sizning blogingiz yana biri webologyuz ekan. Lekin unda ham ma`lumotlar to`liq emas. E`tiboringiz uchun rahmat

    Javob berish

    1. Doston

      Sayt ochishni ” w3schools.com ” sayti orqali qadamba qadam va tez o’rganib olishingiz mumkin.

    2. Arman Esimbaev

      WordPressda sayt yaratish bo’yicha kak.uz degan sayt ham bor. Bu sayt aynan wordpressda sayt ochishni o’rgatuvchi hisoblanadi. Darsliklar ketma-ketlikda joylashtirilmoqda. O’ylaymanki foydasi tegadi

    1. Azamat Xodjakov

      Buyurtma asosida sayt tayyorlatishingiz mumkin. Boshqalarga nisbatan ancha arzon narxda sayt tayyorlab beramiz: +998937982200 (+Telegram)

  60. Muhammad

    Aka assolomu alaykum. Saytni kupcbiligimiz ochdik endi unda ruyxatdan utish bulimini qanday yaratish va forum tuzish haqida maqola yozsangiz butun uzbekiston buni uqishga tayyor turibdi

    Javob berish

  61. Ismoil

    Жавобингиз учун раҳмат. Унда телефонда сайт очиш ва уни ривожлантиришни сирларини ўргатсангиз илтимос. Ака сизга ихлосимиз баланд сизни ғойибона устоз деб биламан.

    Javob berish

  62. Мухтасар

    salom men Namangan viloyatida istiqomaf qilaman szdan menga sayt ochishda yo’l yo’rig’ini korsatishingizni iltimos qilama oldindan raxmat

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Birinchi navbatda domen va hosting sotib olasiz. ahost.uz xizmatlarini maslahat beraman. Bir yilga tahminan 120 ming so’m to’lov qilasiz.
      Keyin o’zingiz sayt tayyorlaysiz yoki sayt tayyorlashga buyurtma berishingiz mumkin. Buyurtmaga saytni tahminan 1 million so’mdan boshlab tayyorlatishingiz mumkin. Sayt ishi qanchalik ko’p vaqt olsa, uni tayyorlash narxi ham shuncha yuqori bo’lishi mumkin.

  63. Rasulbek

    Assaalomu aleykum Azamat oka, raxmat shunday foydali malumotlar berganingiz uchun, men yaqindan boshlab internet orqali savdo qilish, maxsulotlarni reklamasini joylashtirishni o’rganishni boshladim, sizning saytingizdagi o’zbek tilida aniq va tushunarli tarif va malumotlaringiz orqali shu kungacha tushunmagan narsalarimni aniqlashtirib oldim. Kattakon raxmat, bundanda ko’proq malumotlarni kutib qolaman, ishlaringizga omad !

    Javob berish

    1. O’zbekistonning istalgan joyidan turib hosting/domenni aHostdan olsangiz bo’ladi. To’lov Paynet orqali, yoki online tarzda o’tkazilishi mumkin.
      Domen va hostingni boshqarish uchun Toshkentda bo’lishingiz shart emas.

  64. Fazliddin Raxmonov

    Salom. Web sayt ochmoqchidim qaysi dasturlash tilidan foydalanishni maslaxat beras ? Elektron kitoblarni qaydan olsam buladi.
    Javobingiz uchun oldindan raxmat 🙂

    Javob berish

  65. Sobirov Og`abek

    Hostingda faqat HTML matni yozilgan fayllarni joylashtirsak bo`lami,
    yoki PHP va shunga o`xshagan dastur kodlarini ham HTML fayllariga kiritish kerakmi?

    Javob berish

  66. Sherzod

    Salom Azamat aka, sizga savolim bor edi. Men siz bergan ma’lumotlardan foydalanib sayt ochgandim, lekin hali uncha yaxshi tushunmayman. Saytning boshqa bir sahifasiga o’tganda tepeda
    [an error occurred while processing the directive]
    degan yozuv chiqib qolyapti, nima qilsam bo’ladi?
    Yoki kirib ko’ring it-x nuqta uz

    Javob berish

  67. Dilovar

    Hozirgi kunda php texnolgyasi ko’p qo’lanilayaptimi yo html. sayt yaratishda.iloji bo’lsa pochtamga javobini jo’nating.

    Javob berish

    1. Birinchi navbatda domen va hosting sotib olasiz. Boshlanishiga bir yil uchun 120 ming so’m to’lasangiz kifoya: ahost.uz
      Hostingda sayt tayyorlash uchun tayyor konstrukturdan foydalanishingiz mumkin. Imkon bo’lsa pul to’lab sayt tayyorlashga buyurtma berishingiz mumkin. Albatta, professional darajada tayyorlangan sayt yaxshiroq ishlaydi.
      Omad tilayman!

  68. Jahongir

    Assalomu alaykum Azamat aka. ahost.uz dan xosting va domen oldim, saytimiz tayyor lekin saytni xostinga qanday joylashtirishni yoki yuklashni bilmayapman. Bu haqida videorolik yoki maqola yo’qmi? Maslahat bering iltimos

    Javob berish

    1. Samariddin Odilov

      Eya oka qaysi saytdan sayt ochsa bo’ladi faqat uz bo’lishi zarur

    1. Dilshod

      Salomalekim Azamat aka.

      Soccerlife.uz
      FootPlay.uz
      Futbol menedjer saytlarimni dirka sheellardan foydalanib buzib ketishdi.
      Sababi skripti tarqab ketgan.

      Endiki planim: shu futbol menedjer saytimni eski skriptini bersam qaytadan
      johncmsni 6-9 versiyalaridan birida yangi tuzib berolasizmi.
      Xizmat xaqini albatta kelishgan xolda.

  69. Muhammadqodir

    Assalom alekom. men sayt ochdim unga yangiliklarni qanday kiritsam boladi google yoki yandeksdan kochirib qoysam boladimi? iloji bolsa saytni boshqarishga oid video yoki yoriqnoma yuborsangiz oldindan rahmat

    Javob berish

  70. UMAR

    Assalomu Aleykum Men tanlagan nom ro‘yxatdan o‘tgan ekan qanday qilib shu nomni qaytib saytimni nomi qilsam bo‘ladi javob uchun rahnat

    Javob berish

  71. O'tkir Hoshimov

    Assalomu Aleykum. sayt ochish un avvalambor nima qilish kerak/ Mutaxasis siz. o’zim ochqmoqchi edim, Sayt.uz saytiga kirib ro’yxatdan otdim/ lekin natija yoq/ ishlamayapti. javobinguz uchun rahmat

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan