CSS

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

CSS (ingl. Cascading Style Sheets) — belgilash tillari formal tili.

CSS ning toʻliq shakli 1997 yil tashkil topgan boʻlib, „WWW Consorcium“ ida qoʻllab quvvatlangan va foydalanishga taqdim etilgan. Dastlab, CSS kodlarini Netscape Navigator 4.0 va Internet Explorer 4.0 brouzerlari tushuna olgan, hozirgi kunda CSS kodlarni istalgan brauzerlar qoʻllab quvvatlay oladi.

CSS elementlarni ekranda, qogʻozda va yoki boshqa medialarda koʻrinishini tasvirlaydi. CSS veb sahifalarga har xil stillar berish uchun ishlatiladi. Hamda bir vaqtning oʻzida bir nechta veb sahifalarni dizaynini oʻzgartirish mumkin. Biror bir veb sahifani turli xil qurilmalarda turli xil koʻrinishini ham taʼminlaydi. CSS file .css formati orqali tashqi xotira saqlab qoʻyishingiz va kezi kelganda veb sahifaning HTML kodini oʻzgartirmasdan, faqat CSS faylni oʻzgartirish orqali veb sahifaga yangidan koʻrinish berishimiz mumkin. Qisqacha qilib aytadigan boʻlsak, HTML faqat veb sahifani kodlarini yozish uchun ishlatiladi, HTML da ham veb sahifaga dizayn bersa boʻladi, lekin bu juda uzoq jarayon talab qilgani bois, CSS bu vazifani oʻz boʻyniga oʻlgan.

CSS ning boshqa tillardan bitta ustun tarafi shundan iboratki, CSS kodlarini kompilatsiya qilish uchun, hech qanday kompillyatorlar, redaktorlar yoki biror bir dasturlar shart emas. Bizga oddiygina Internet Explorer va shu kabi brauzerlar kifoya. Brauzerlar orqali biz CSS kodlarini bemalol tahlil qilishimiz, natijamizni toʻgʻridan toʻgʻri koʻrishimiz mumkin