Oʻzbek tilidagi Vikilugʻatga
xush kelibsiz! Vikilugʻat hamjihatlik bilan erkin va koʻp tillik lugʻat tuzish uchun yaratiglan loyihadir. Uning maqsadi dunyoning barcha tillaridagi barcha soʻzlarga oʻzbekcha izoh berishdir.
Vikipediya ochiq ensiklopediyasiga leksik hamroh sifatida yaratilgan Vikilugʻat bugungi kunga kelib oddiy lugʻatlardan oʻzib ketdi. Unda hozir tezaurus, qofiya boʻyicha qoʻllanma, iboralar kitoblari, til statistikalari va koʻplagan ilovalar bor. Biz soʻzning izohini berish bilan cheklanib qolmay, uni toʻliq tushunish uchun yetarlicha maʼlumot berishga harakat qilamiz. Shuning uchun lugʻatimiz sahifalarida soʻzning
etimologiyasini, talaffuzini, sinonimlarini, antonimlarini, u ishtirok etgan sodda
iqtiboslarni va tarjima soʻzlarni berib boramiz.