Jadidchilik miiliy maʼrifatparvarlik harakatining tarafdori. Turkiyada oʻqigan. Inqilobga qadar Oʻrta Osiyoni Rossiyadan ozod qilinishi harakatlarida faol qatnashgan, politsiya nazorati ostida boʻlgan.
Turkiyadagi „Yosh turklar“ harakatidan ilhomlanib, Buxoroda „Yosh buxoroliklar“ partiyasini tuzgan, uning maʼnaviy rahnamosiga aylangan. Doʻsti va maslakdoshi Munzim bilan hamkorlikda buxorolik 70 nafar yosh turkistonliklarni Germaniyaning bir qator oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga yuborgan (1922)
Maktab 1977-yil Oktabr inqilobining 60 yilligi arafisida ochilgan. Shuning uchun boshida Oktabr 60 yilligi (rus.60 лет Октября; qirgʻ.Октябрь 60 жылдыгы) deb atalgan. 1991-yil maktabga taniqli turkiy adib va davlat arbobi Alisher Navoiy nomi berilgan. Maktabda tarixiy muzey boʻlib, unda 300 dan oshiq eksponat, jumladan, Iosif Stalin isfanaliklarga yozgan maktub saqlanadi.