Biz haqimizda

Anvar Ulug’ov
O’zbek tilidagi WordPress sayti boshlig’i.
Dasturchi, ko’plab shablon va plaginlar muallifi.

Azamat Xodjakov
Tizimni o’zbek tiliga tarjima qilish guruhi boshlig’i.
Dasturchi, tarjimon, Yordam Forumlari boshqaruvchisi.

Loyihaga sizning yordamingiz kerak. Ayni vaqtda quyidagi ishlarni bajarish uchun ko’ngilli yordamchilar talab etilmoqda:

  • Yo’riqnoma ma’lumotlarini o’zbek tiliga tarjima qilish;
  • Shablonlar katalogini o’zbek tiliga tarjima qilish;
  • Plaginlar katalogini o’zbek tiliga tarjima qilish;
  • Yordam forumlarini o’zbek tiliga tarjima qilish;
  • Yordam forumlarida savollarga javob yozish;
  • Tizimning amaldagi joriy tarjimasidagi xatoliklarni tuzatish;
  • Tarjimadagi kamchiliklarni bartaraf etish;
  • WordPressning o’zbek tilidagi loyiha saytiga ko’proq e’tiborni jalb qilish.

Agar yuqoridagilardan birortasini bajarishda hissa qo’shishga imkoniyatingiz bo’lsa, WordPress tizimining o’zbek tilidagi loyihasi uchun yordamingizni ayamaysiz, degan umiddamiz. Tarjima va boshqa barcha yo’nalishdagi hissa qo’shishlar uchun WordPress.org saytida ro’yxatdan o’tgan bo’lishingiz kerak.

Hissa qo’shishingizga yordam berishga tayyormiz. Savollar yoki muammolar paydo bo’lganda biz bilan +99893 798 22 00 raqami orqali bog’lanishingiz mumkin. Eslatib o’tamiz, ushbu raqam WordPress asosida ishlaydigan alohida saytlarga yordam ko’rsatish maqsadida yozilmagan. Iltimos, faqat uz.wordpress.org saytini rivojlantirishga hissa qo’shish masalalari bo’yicha qo’ng’iroq qiling.