Vikipediya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Vikipediya:Haqidadan yoʻnaltirildi)
Vikipediya
Vikipediya logosi
Web-manzil www.wikipedia.org
Interviki XX:
Asosiy boʻlim jami 287 boʻlim
Oʻzbekcha boʻlimi uz.wikipedia.org
Asos solingan sana 15-yanvar 2001-yil
Asoschi Jimmy Wales va Larry Sanger
Maqolalar soni 20 milliondan dan ortiq
Litsenziya erkin
Reklama yoʻq

Vikipediya — koʻp tillik, vebga asoslangan, erkin ensiklopediya. U koʻpchilik tomonidan yoziladi va uni yozishda hech qanday cheklanishlar qoʻyilmaydi. Ushbu loyiha 15-yanvar 2001-yil mutaxassislarga moʻljallangan Nupediaga to‘ldiruvchi sifatida yaratilib, hozirda uni notijorat Wikimedia Foundation tashkiloti boshqaradi. Vikipediya bugunga kelib eng katta va eng koʻp qaraladigan maʼlumot manbasiga aylandi.[1] Hozirda bu bepul ensiklopediyada dunyoning 283 tilida 20 milliondan oshiq maqola bor. Vikipediyaning eng katta ingliz tili boʻlimi 5439118 ta maqolaga ega. Taqqoslash uchun, qogʻoz nashrdagi ensiklopediyalar orasida eng kattasi boʻlmish Encyclopædia Britannica (Britaniya Ensiklopediyasi)dagi maqolalar soni 130 ming atrofidadir. Bundan tashqari Vikipediyaning juda mashhur boʻlib ketishi tufayli unga yoʻldosh Wiktionary, Wikibooks, hamda Wikinews kabi loyihalarning ham paydo boʻlganidir.

Tarixi

Vikipediyaga 2001-yil Amerika Qoʻshma Shtatlari fuqarolari Jimmy Wales va Larry Sanger asos solishgan. Sanger „Vikipediya“ soʻzini inglzicha „wiki“ va „encyclopedia“ soʻzlarini birlashtirib oʻylab topgan. „Wiki“ sozi aslida Gavayiliklarning soʻzi boʻlib, „tez“ degan maʼnoni bildiradi va koʻpchilik birgalikda yaratadigan web sahifalar shu nom bilan ataladi. Jimmy Walesning niyati Britannica sifatiga erishish yoki undan ham yuqori darajaga erishish va bosma holida tarqatish.

Oʻzbek tilidagi Vikipediya

Asosiy maqola: Oʻzbekcha Vikipediya.

Oʻzbek tilidagi Vikipediyada 128 935 ta maqola bor. Foydalanuvchilar soni — 32 711, ulardan 80 nafari oxirgi oy ichida kamida bitta tahrir qilgan. Jami sahifalar soni (munozara, turkum va hokazo bilan qoʻshib hisoblaganda) — 616 201.

Oʻzbek Vikipediyasining Oʻzbekiston hududida toʻsilishi

2011 yilning oxirida noʻmalum sabablarga koʻra Oʻzbekiston hududida oʻzbek Vikipediyasi toʻsib qoʻyildi.[2] Bu oʻzbek Vikipediyasining rivojlanishini jiddiy oqsoqlantirmoqda.

Turli tillardagi nashrlari

Vikipedia juda koʻplab tillarda har kun, soat va soniyada turli tillarda toʻldirilib borilmoqda. Ayniqsa quyidagi tillar bunga yaqqol misol boʻla oladi:

  1. Ingliz (5439118)
  2. Olmon (2078906)
  3. Fransuz (1887530)

Toʻliq roʻyxat bu yerda.

Manbalar

  1. Wikipedia.org Sayt haqida ma'lumot (Inglizcha). Alexa Internet. 18 Fevral, 2012.
  2. Ўзбекистонда ўзбекча Wikipedia тўсиб қўйилди. Ozodlik Radiosi (16 Fevral 2012). 18 Fevral, 2012.