A
Vikilug‘at dan olingan
Oʻzbekcha[tahrirlash]
Yuklama[tahrirlash]
- (turli darajadagi talaffuz bilan) Taajjubli, eʼtirozli va sh.k. mazmundagi soʻroqni bildiradi: Nima? Nima deding? Nima dedingiz? Oʻn toʻrt soʻm berasiz. -A, oʻn toʻrt soʻm? Oybek, Tanlangan asarlar. Rafiq, nayni kim chaldi?— Yoʻlchi akam. — A! Rostdanmi? Aldama! Oybek, Tanlangan asarlar. Qanaqa oʻyin? — Qimor, — sekt javob berdi Qambar. — A, mehmonlari qimorbozga sira oʻxshamaydi-ku. Oybek, Tanlangan asarlar.