Samoa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Samoa Mustaqil Davlati
Samoa davlat bayrogʻi   Samoa davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Fa'avae i le Atua Samoa
(Samoa: Samoa is founded on God)
Madhiya: The Banner of Freedom
Samoa Xaritasi
Poytaxt Apia
Rasmiy til(lar) Samoa (til)
Hukumat Konstitutsion Rohiblik
 •  O le Ao o le Malo   Malietoa Tanumafili II
 •  Bosh Vazir   Tuila'epa Sailele Malielegaoi
Mustaqillik   BMT vasiylikdagi Yangi Zelandiya ma'muriyatidan
 •  Sana   1 yanvar 1962
Maydon  
 • Butun 2,944 km² (175-)
 • Suv (%)
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 177,287 (189- oʻrin)
 • Zichlik 60/km²
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$1,000 mil. (192-)
 • Jon boshiga AQSh$5,641
Pul birligi Tala (WST)
Vaqt Mintaqasi (UTC)
 • Yoz (DST)
Qisqartma WS
Internet domen .ws
Telefon prefiksi +685

Samoa (Samoa Mustaqil Davlati) poytaxti — Apia shahri. BMT aʼzosi Tinch okeanining janubiy sharqiy qismida joylashgan bu davlat, shu nomdagi arxipelagining g'arbiy qismini band qilgan. Poytaxti Apia shaxri Ulolu orolida joylashgan. Yangi Zelandiya lozim bo'lganda harbiy yordam ko'rsatish kafolatlagan.[1]

Samoa (Samoa), Samoa Mustaqil davlati (The Independent State of Samoa) — Tinch okeanning jan.gʻarbiy qismida, Polineziyada joylashgan davlat. Samoa arxipelagining gʻarbiy qismi— Savayi, Upolu, Apolima, Manono, Fanuatanu, Namua, Nuutele, Nuulua va Nuusafeye o.larini egallaydi. Maydoni 2,8 ming km². Aholisi 178,6 ming kishi (2002). Poytaxti — Apia sh. Maʼmuriy jihatdan 14 okrug (district)ra boʻlinadi.

Davlat tuzumi[tahrir]

S. — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi mustaqil davlat. Amaldagi konstitutsiyasi 1962 y. 1 yanvarda qabul qilingan, unga 1997 y. tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — 1963 yildan yoʻlboshchi Maliyetoa Tanumafili II, konstitutsiyaga binoan, qabilalarning boshliqlari tomonidan umrbod saylangan, uning vafotidan keyin davlat boshligʻi Qonun chiqaruvchi assambleya tomonidan 5 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Fono (Qonun chiqaruvchi assambleya), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Tabiati[tahrir]

Orollar vulkan otilishi natijasida vujudga kelgan togʻlik boʻlib, asosan, bazaltdan iborat. Eng baland joyi 1858 m (Savayi o.dagi Silisili togʻi). Qirgʻoklari baland va qoyali. Iklimi subekvatorial va tropik, passatli, sernam iqlim. Oʻrtacha oylik tra 25—27°. Nam tropik oʻrmonlar bilan qoplangan. Yillik yogʻin 2000– 4000 mm; kuchli boʻronlar boʻlib turadi. Oqar suvlari yoʻq. S. da 600 ga yaqin oʻsimlik turi boʻlib, ularning 25% endemik. Hayvonot dunyosida sut emizuvchilar kam, qush koʻp.

Aholisining 98% samoalar, qolganlari — Okeaniyaning boshqa orollaridan koʻchib kelganlar va qisman yevropaliklarning avlodlari. Rasmiy tillar — samoa va ingliz tillari. Shahar aholisi 21%. Dindorlarning 80% protestant; katoliklar ham bor.

Tarixi[tahrir]

S. hududida qadimdan polineziyaliklar yashab kelgan. 18-a.dan yevropaliklar bu yerga kela boshlagan. 1899 y. S.ni Germaniya, 1914 y. Yangi Zelandiya bosib oldi. 1920y.larda tashkil etilgan "May" vatanparvarlik tashkiloti mustamlakachilarga qarshi kurashga rahbarlik qildi. 1962 y. 1 yanvardan S. mustaqil davlat deb eʼlon qilindi. 1970 y. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlikka qoʻshildi. Mamlakat 1997 yilgacha Gʻarbiy Samoa deb ataldi. S. 1976 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami —1 iyun — Mustaqillik kun i (1962), obhavo sharoiti noqulay boʻlganligi uchun 1 yanvardan 1 iyunga koʻchirilgan.

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. S. liberal partiyasi, 1994 y. asos solingan; Inson huquklarini himoya qilish partiyasi, 1979 y. tuzilgan; S. milliy taraqqiyot partiyasi, 1985 yilda Xristiandemokratik partiya nomi bilan tashkil etilgan, 1988 yildan hozirgi nomda. Mamlakatda bir qancha tarmoq kasaba uyushmalari faoliyat yuritadi.

Xoʻjaligi[tahrir]

Iqtisodiyotining asosini qishloq xoʻjaligi (plantatsiya dehqonchiligi) tashkil etadi. Mamlakat hududining 32% ishlanadi, 66% ga yaqini oʻrmon. Eksport uchun banan, kokos palmasi, kakao yetishtiriladi. Mahalliy ehtiyoj uchun batat, yams, makkajoʻxori, sholi, taro, apelsin va ananas ekiladi. Chorvachiligida qoramol, choʻchqa, parranda boqiladi. Baliq ovlash rivojlangan. Oʻrmonda qimmatbaho nav yogʻoch tayyorlanadi. Sanoati qandolatchilik va mebel f-kalari, kiyimkechak, ggoyabzal, kokos yogʻi va sovun i.ch., yogʻochsozlik va kofe tuyish korxonalaridan iborat. Avtomobil ehtiyot qismlari z-di mavjud. Avtomobil yoʻllari uz. salkam 800 km. Apia shahrida dengiz porti va xalqaro aeroport bor. Chetga kopra, kakao, banan chiqaradi, chetdan oziq-ovqat va sanoat mollari, benzin, transport vositalari keltiradi. Asosan, Yangi Zelandiya, AQSH va Avstraliya bilan savdo qiladi. Sayyoxlik rivojlangan. Pul birligi — tala (S. dollari).

Maorifi. S.da davlat maktablari bilan bir qatorda xususiy va missionerlik oʻquv yurtlari ham bor. 6 y.lik boshlangʻich maktabda darslar ingliz va samoa tillarida, 6 y.lik oʻrta maktabda ingliz tilida olib boriladi. Apia shahrida 2 universitet, qishloq xoʻjalik va. ped. kollejlari, rasadxona, xalq kutubxonasi bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. "Savali" (hukumatga qarashli oylik nashr, 1904 yildan samoa va ingliz tillarida chikadi), "Samoa nyus" ("Samoa yangiliklari", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1994 yildan), "Samoa observer" ("Samoa kuzatuvchisi", samoa va ingliz tillarida haftasiga 5 marta chiqadigan gaz., 1979 yildan), "Samoa uikli" ("Samoa haftasi", ingliz tilida chiqadigan haftanoma, 1977 yildan). Mamlakatda axborot agentligi yoʻq. S. radioeshittirish xizmati hukumatga qarashli tijorat mahkamasi boʻlib, 1948 y. tashkil etilgan. S. televizion korporatsiyasi hukumat qaramogʻida, 1993 y. tashkil etilgan.

Meʼmorligi[tahrir]

Mahalliy aholi sohil yaqinidagi 400 qishlokda, choʻziqroq doira shaklidagi fale deb ataluvchi anʼanaviy chaylalarda yashaydi. Devorsiz chaylalar yogʻoch qoziqlar ustiga qurilib, tomiga kokos yoki pandanus yaprogʻi yopiladi. Yevropaliklar Apia shahrida istiqomat qiladi. Shahar markazida 1—2 qavatli yevropacha uylar qurilgan, ularning tepasida cherkov qoʻngʻirokxonalari qad koʻtargan. Bu yerda mehmonxonalar, mayda korxonalar, xorijiy kompaniyalarning idoralari, shuningdek, hukumat muassasalari joylashgan.[2]

Manbalar[tahrir]

  1. Abdulatif Atxamov. ARMIYASIZ DAVLATLAR
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil