Polsha

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Polsha Respublikasi Rzeczpospolita Polska
Polsha Bayrogʻi Polsha gerbi
Milliy shior: yoʻq
Madhiya: Mazurek Dąbrowskiego
LocationPoland.png
Davlat tili polyakcha1
Poytaxt Varshava
Eng yirik shahri Varshava
Prezident Andrzej Duda
Bosh Vazir Beata Szydło
Hududi
 — Jami
 — suv %i
Jahonda 70-oʻrinda
312,679 km²
2.6 %
Aholi
 — Jami (2014)
 — Zichlik
Jahonda 34-oʻrinda
38 485 779 [1]
123/km²
Mustaqillik
 — Sana
Qayta tiklangan
11 noyabr 1918
Valyuta Zloty (PLN)
Vaqt zonasi GMV+1
Milliy madhiya Mazurek Dąbrowskiego
Internet-domen .pl
Telefon kodi 48
1 2005 yil 6 yanvarda qabul qilingan qonunga ko`ra,
aholisining 20%idan kam boʻlmagan qismi milliy ozchilikdan iborat gminalarda,
(Polshada bunday gminalardan 41tasi mavjud), davlat idoralarida ikkinchi tildan foydalanishga ruxsat etiladi. Bu qonun joylarning nomlanishiga ham taʼsir etadi. Qonun beloruscha, litovcha va nemischa tillarga joriy etilgan.

Pólsha (Pólsha Respúblikasi, bunda mamlakatning rasmiy nomida zamonaviy polyakcha republika (respublika) soʻzi emas, balki eski — Rzeczpospolita (polyakchadan: Mushtarak narsa) soʻzi ishlatiladi) — Yevropadagi davlat, shimoldan Boltiq dengizi bilan yuviladi. Yevropa Ittifoqi aʼzosi.

Polsha (Polska), Polsha Respublikasi (Rzeczpospolita Polska) — Markaziy Yevropadagi mamlakat. Maydoni 312,7 ming km². Aholisi 38,5 mln. kishi (2014). Poytaxti — Varshava shahri Maʼmuriy jihatdan 16 voyevoda (wojewodztwo)ra boʻlinadi.

Davlat tuzumi. P. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1997 yil 25 mayda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (1995 yildan Aleksander Kvasnevski), u P. fuqarolari tomonidan umumiy teng va toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament (quyi palata — seym va yuqori palata — senat), ijrochi hokimiyatni prezident va Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi.

Tabiati. P. Visla va Odra daryolari havzasida, shim.da Boltiq dengizi va jan.da Karpat va Sudet togʻlari oraligʻida joylashgan. Hududining 90% dan koʻprogʻi tekislik va payettekislik, jan.da togʻliklar bor. Dengiz boʻylari past, qumloq. Qazilma boyliklari — toshkoʻmir, qoʻngʻir koʻmir, tabiiy gaz va neft, temir, mis, qoʻrgʻoshin, oltingugurt, rux; kaliymagniy tuz konlari bor. Iqlimi moʻʼtadil, okean iqlimi bilan kontinental iqlim oʻrta-sida. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi —G dan — 6° gacha, iyulniki 10—19°. Yillik yogʻin 500–1800 mm. Yomgʻir va qordan suv oladigan Odra, Visla, Bug , Notets va Var-ta daryolarida kema katnaydi. P.da 9000 dan ortiq koʻl bor. Eng kattalari: Snyar-dvi (113,8 km²), Mamri (104 km²).

P. hududining yarmidan koʻprogʻi haydaladigan yerlar, 28% oʻrmon. Aksariyat joylarda igna bargli, gʻarbi va jan. da keng bargli daraxtlar usadi. Mamlakat shim. va sharqida yaxlit oʻrmon-zorlar (Belaya Veja pushchasining bir qismi va boshqalar) saqlangan. Shim. va shim,-sharkda katta maydonlar vereyekzor va torfli yerlar bilan band. Tekisliklarda aksari chimli-podzolli tuproqlar, sharq va shim.-sharqda botqoqli tuproqlar, togʻ oldi va togʻ etaklarida qoʻngʻir oʻrmon va qora tuproklar, togʻlarda esa, togʻ qoʻngʻir, daryo vodiylarida allyuvial tuproqlar tarqalgan. Oʻrmonlarda boʻri, silovsin, tulki, boʻrsiq, ayiq; tuyoqlilardan toʻngʻiz, los, bugʻu yashaydi. Kushlardan karqur, kaklik, togʻlarda burgut uchraydi. Dengiz, koʻl va daryolarda baliq koʻp. P.da Tatra, Penin va boshqa milliy bogʻlar bor.

Aholisining 98,5% polyaklar; ukrainlar, beloruslar, slovaklar ham yashaydi. Rasmiy til — polyak tili. Dindorlarning koʻpchiligi — katoliklar. Shahar aholisi —62,1%. Yirik shaharlari: Varshava, Lodz, Krakov, Vrotslav, Poznan, Gdansk va boshqa

Tarixi. P. hududida paleolit davridayoq odamlar yashagan. Miloddan avvalgi 1-ming yillik va milodiy 1-ming yillikning 1yarmida P. hududida slavyan kabilalarining shakllanish jarayoni sodir boʻldi. 8—9asrlarda qabila knyazliklari vujudga keldi. 10-asrda Odra, Visla va Bug daryolari oraligʻida yashovchi polyan (Polsha, polyaklar nomi shundan kelib chiqqan), mazovshan, vislyan, pomoryan qabilalarining knyazliklari birlashtirildi va yagona P. davlati tashkil topdi. Biroq, 12-asrga kelib P. davlati yana knyazliklarga boʻlinib ketdi. 13-asr oxirida knyaz Pshemisl II rah-barligida P. yerlarini birlashtirish uchun kurash boshlandi. 14—15-asrlarda yagona P. davlati paydo boʻldi, madaniyat rivojlandi, polyak tili shakllandi. 15-asrning 1yarmida Krakovdagi Yagaylo universiteti (1364 yilda asos solingan) polyak fani markaziga aylandi.

16-asrning 2yarmidan P. davlati ukrain, belorus va rus yerlarini bosib ola boshladi. P. bilan Litvaning birlashuvi natijasida Rech Pospolita paydo boʻldi. 1609—12 yillarda P. Rossiyaga hujum qildi. Bir necha asr mobaynida P. Yevropadagi eng qudratli davlatlardan biri boʻlib turdi. Ammo ogʻir urushlar sababli mamlakat inqirozga uchrab, uch marta (1772, 1793, 1795 yillarda) Prussiya, Avstriya, Rossiya oʻrtasida boʻlinib ketdi, P. davlati tugatildi, xalqi asoratga tushdi. 1807 yil Napoleon I qoʻshinlari Prussiyani yengib, Fransiyaga tobe Varshava gersogligini tuzdi. 1814—15 yillarda Vena kongressida P. yana boʻlindi. Varshava gersogligining katta qismi P. qirolligiga aylantirilib, Rossiyaga topshirildi.

Prussiya Varshava gersogligining bir qismini oldi, Sileziya va Dengiz boʻyini oʻzida saklab qoldi. Avstriya (1867 yildan Avstro-Vengriya)ga Galitsiya berildi. Krakov respublikasi tuzildi. Polyak xalqi ozodlik uchun tinimsiz kurashdi (1794 yil T. Kostyushko boshchiligidagi qoʻzgʻolon, shuningdek, 1830—31, 1846, 1848, 1863—64 ylardagi qoʻzgʻolonlar). 19-asr oxiri —20-asr boshlarida P.da sanoat birmuncha rivojlandi, temir yoʻl qurildi. Ozodlik harakati yanada kuchaydi. 1-jahon urushida P.ga anchagina zarar yetdi. Bosqinchi qoʻshinlar olib chiqib ketilgach, P.ni boʻlish toʻgʻrisidagi barcha bitimlar bekor qilindi va 1918 yil noyabrda Polsha Respublikasi mustaqilligi eʼlon qilindi. 1920 yil apr.da Sovet-Polsha urushi boshlandi. 1921 yil shartnomasiga binoan, Gʻarbiy Ukraina bilan Gʻarbiy Belorussiya P.gaoʻtdi va 1939 yilda bu yerlar yana SSSRga kay-tarib olindi. 1939 yil 1 sentabrda Olmoniya P.ga hujum qilib, 2-jahon urushini boshladi. Polyak xalqi ozodlik uchun qattiq kurash olib bordi. 1945 yil mayda barcha polyak yerlari ozod qilindi. 1952 yildan 1989 i.gacha mamlakat P. Xalq Respublikasi deb ataldi. 80-yillar boshida mamlakatda chuqur ijtimoiy-iqtisodiy tanglik roʻy berdi. 1981 yildek. da xdrbiy holat joriy etildi. 1989 yilda "Birdamlik" kasaba uyushma birlashmasi vakillari hokimiyat te-pasiga chikdi va davlatning nomi P. Respublikasi deb atala boshladi. 1997 yil 25 mayda oʻtkazilgan referendumda mamlakatning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi. P. — 1945 yildan BMT aʼzosi. 1991 yil dek.da OʻzR suverenitetini tan olgan va 1992 yil martda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayramlari —3 may — 1791 yilgi Konstitutsiya kuni va 11 noyabr — Mustaqillik kuni (1918).

Asosiy siyosiy partiyalari, birlashmalari va kasaba uyushmalari. Demokrat k partiya, 1939 yil asos solingan; Konservativ xalq partiyasi, 1997 yil tuzilgan; Mustaqil P. konfederatsiyasi partiyasi, 1979 yil tashkil etilgan; Polyak dehqonlari partiyasi, 1990 yil asos solingan; Polyak xristian demok-ratlari kelishuvi partiyasi, 1999 yil tuzilgan; Oraliq kuchlari bitishuvi partiyasi, 1990 yil tashkil etilgan; Mehnat ittifoqi partiyasi, 1992 yil asos solingan; P.ni tiklash haraka-ti, 1995 yil tuzilgan; Demokratik soʻl kuchlar ittifoqi, 1991 yil saylovoldi birlashmasi sifatida tashkil etilgan; Ozodlik ittifoqi tashkiloti, 1994 yilda tuzilgan. Umumpolsha kasaba uyushmalari bitishuvi, 1984 yil asos solingan; Yakkahol dehqonlarning "Birdamlik" kasaba uyushmasi, 1981 yil tuzilgan; "Birdamlik" kasaba uyushmasi, 1980 yil tashkil etilgan; "Birdamlik-80" kasaba uyushmasi, 1990 yil "Birdamlik" kasaba uyushmasidan ajralib chiqqan va oʻzini 1980—81 yillardagi kasaba uyushma harakatining birdan-bir davomchisi deb hisoblaydi.

Xoʻjaligi. P. — industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 5,1%, qishloq va oʻrmon xoʻjaligining ulushi 26,6%, xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 68,3%.

Sanoati. P. toshkoʻmir, oltingu-gurt, tabiiy gaz, kumush qazib olishda, poʻlat eritishda Yevropada oldingi oʻrinlardan birida turadi. Kumir mamlakat yoqilgʻienergetika balansining asosini tashkil etadi. Toshkoʻmir Yuqori Sileziya, shuningdek, Valbshix va Lyublin havzalarida, qoʻngʻir koʻmir Bogatinda qazib chiqariladi. Elektr styalari, asosan, kumir konlari atrofida qurilgan. Issiklik elektr styalarida yiliga oʻrtacha 135,3 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Mis, qoʻrgʻoshin-rux rudalari, ozroq miqdorda neft ham qazib olinadi.

Mamlakat ehtiyojlari uchun zarur neftning 90% dan koʻprogʻi chet ellardan sotib olinadi. Neftni qayta ishlash sanoatining asosiy markazlari — Plotsk va Gdansk. Chetdan keltiriladigan temir ruda va mahalliy koks asosida ishlovchi metallurgiya z-dlari (shu jumladan, Krakovdagi metallurgiya k-ti va mashhur "Katovitse" k-ti) Yuqori Sileziya aglomeratsiyasida joylashgan. Rangli metallurgiya sanoati tarkibida mis (Gloguv, Legnitsa), qoʻrgʻoshin, rux (Katovitse, Bukovno, Myastechko-Slyonske) va alyuminiy (Konin) z-dlari bor. Sanoatning asosiy tarmoqlari boʻlmish mashinasozlik va metall ishlash sanoati xilma-xil mah-sulot ishlab chiqaradi. Kemasozlik (Gdansk, Gdinya, Shchetsin), samo-lyotsozlik (Varshava, Melen, Svidvin), vagon va lokomotivsozlik (Svidnitsa, Zelena Gura, Vrotslav, Poznan, Xshanuv), avtomobilsozlik (Varshava, Staraxovitse, Yelch, Lyublin, Nisa), traktorsozlik (Varshava) rivojlangan. Shaxta va metallurgiya z-dlari uchun texnologiya asbob-uskunalari, quyuv, kimyo, oziq-ovqat, yogʻochsozlik, bino-korlik materiallari korxonalari uchun komplekt asbob-uskunalar, shuningdek, stanoklar, kema dvigatellari, elektr motorlar, koʻtarma-trans-port vositalari, roʻzgʻor mashinalari va apparatlar, elektron asboblar va boshqa ham ishlab chiqariladi. Kimyo sanoatida oltingugurt kislotasi, mineral oʻgʻit, soda, xlor, plastmassa, sintetik tola, kauchuk ishlab chiqarish korxonalari bor. Asosiy markazlari — Tarnuv, Osvensim, Plotsk, Bidgoshch. Farmatsevtika, fotokimyo, parfyumeriya (Varshava, Lodz, Krakov), rezina, sement, shisha, chinnifayans, yogʻochsozlik, sellyuloza-qogoz, koʻn-poyabzal, tikuvchilik sanoati mavjud. Toʻqimachilik (ip, zigʻir, jun gazlama, trikotaj), oziq-ovqat (qand-shakar, spirt-araq, goʻsht, yogʻ, baliq, tamaki) sanoat tarmoklari rivojlangan. Oʻrmonlarda yogʻoch tayyorlanadi.

Kishloq xoʻjaligi. Mamlakat maydonining 61% qishloq xoʻjaligiga yarokli yerlar. Mayda xususiy dehqonchilik xoʻjaliklari ustun. Davlat xoʻjaliklari, shir-katlar va qishloq xoʻjaligi toʻgaraklari ham bor. Eng muhim qishloq xoʻjaligi ekinlari: javdar, bugʻdoy, arpa, suli, kartoshka, qand lavlagi va boshqa Sabzavot, tamaki, yem-xashak, re-zavor mevalar ham yetishtiriladi. Chorvachilik salmogʻi katta. Koramol, choʻchqa, qoʻy, ot, parranda boqiladi.

Transport ning asosini temir yoʻllar tashkil etadi. Transport yoʻli uzunligi — 24 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 372,5 ming km. Dare kemachiligi rivojlangan. Asosiy dengiz portlari — Gdansk, Gdinya, Shchetsin. Dengiz savdo flotining tonnaji — 4,5 mln. tonna dedveyt. Asosiy xalqaro aeroporti — Okense (Varshava yaqinida).

Tashqi iqtisodiy aloqala-r i . P. chet ellarga mashinalar, sanoat asbobuskunalari, kemalar, kimyo sanoati mahsulotlari, keng isteʼmol mollari, kumir, koks, mis, rux, kora metallar prokati va boshqa chiqaradi. Chetdan xom ashyo, yoqilgʻi, don, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va boshqa oladi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Rossiya, AQSH bilan savdo qiladi.

Tibbiy xizmati. Davlatga qarashli kasalxonalar bilan bir qatorda xususiy shifoxonalar ham aholiga tibbiy xizmat koʻrsatadi. Vrachlar 10 tibbiyot akademiyasida tayyorlanadi. Kurortlar orasida eng mashhurlari: Krinitsa, Polyanitsa-Zdruy, Sopot, Kolobjeg , Zakopane.

Maorifi, madaniymaʼrifiy va ilmiy muassasalari. Maorifi 15 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy, barcha pogʻonalari davlat taʼminotida. Hunartexnika maktabi boshlangʻich (1— 3-sinflar) va muntazam (4—10-sinflar) taʼlimni oʻz ichiga oladi. Ixtisoslashgan litseylar ham bor. Xususiy maktablar tarmogʻi kengaymoqda. P. da 130 oliy oʻquv yurti faoliyat koʻrsatadi. Yevropadagi eng qad. universitetlardan biri Krakov universiteti (1364), shuningdek, Varshava universiteti (1816), politexnika institutlari, oliy qishloq xoʻjaligi, iqtisodiyot, ped. maktablari, tibbiyot va rassomchilik akademiyalari shu jumlaga kiradi.

Mamlakatdagi ilmiy faoliyatni Polsha FA bilan birga Fan vazirligi muvofiklashtirib boradi.institutlar Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot institutlarida, oliy oʻquv yurtlarida, idoraviy ilmiy muassasalarda olib boriladi. P.da Banax nomidagi xalq-aro mat. markazi (Varshavada) va Xalq-aro’ kuchli magnit maydonlari va past temperaturalarlab. (Vrotslavda) ishlaydi. Yi-rik kutubxonalari: Krakov universiteti ku-tubxonasi (1364), Varshavadagi milliy kutubxona (1928), Varshava universiteti ku-tubxonasi (1817), Poznan universiteti ku-tubxonasi (1902), shuningdek, P. fanlar akademiyasining Varshava, Gdansk, Krakovdagi kutubxonalari. Eng yirik muzeylari: Varshavadagi milliy muzey (1863), Krakovdagi milliy muzey (1879), Poznandagi milliy muzey (1857), Varshavadagi F. Shopen va A. Mitskevich muzeylari.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. P. poytaxti va voyevodalarida koʻpgina gaz. va jur.lar nashr etiladi. Eng muhimlari: "Gazeta viborcha" ("Saylovchilar gazetasi", kundalik mu-staqil gaz., 1989 yildan), "Tribuna" ("Minbar", kundalik gaz., 1948 yil "Tribuna lyudu" nomi bilan asos solingan, 1990 yildan xoz. nomda chiqadi), "Gazeta Krakovska" ("Krakov gazetasi", kundalik gaz., 1949 yildan), "Gazeta Lyubuska" ("Lyubuska gazetasi", kundalik gaz., 1952 yildan) "Gazeta samojondova" ("Oʻzini oʻzi boshqarish", kundalik gaz., 1990 yildan), "Gromadarolnik polski" ("Polyak deqqoni minbari", haftasiga 3 marta chikadigan gaz., 1947 yildan), "Yednost" ("Birlik" haftanoma, 1989 yildan), "Jiche Varshavi" ("Varshava hayoti", kundalik gaz., 1944 yildan), "Rech Pospolita" ("Respublika", kundalik gaz., 1981 yildan), "Jiche gospo-darche" ("Iqtisodiy hayot", haftalik iqtisodiy jur., 1945 yildan), "Nova respublika" ("Yangi respublika", oylikjur., 1987 yildan). P. matbuot agentligi, davlat maxkamasi, 1918 yil tuzilgan; P. axborot agentligi, aksiyadorlik korxonasi, 1991 yil tashkil etilgan. P. radio va televideniye qoʻmitasi davlat mahkamasi boʻlib, 1944 yil tuzilgan, ra-dioeshittirish va telekoʻrsatuvlarga rahbarlik qiladi. Telekoʻrsatuvlar 1952 yildan olib boriladi.

Adabiyoti. P. adabiyoti 10-asrdalotin tilida vujudga keldi. 16-asrgacha unda diniy ruhdagi kitoblar, shuningdek, yilnoma va voqeiy hikoyalar ustun boʻlgan. Polyak tilidagi ilk asarlar ham diniy mazmunda edi ("Bibi Maryam" qoʻshigʻi, 13-asr). 15-asrda dunyoviy ruhdagi asarlar yaratila boshladi ("Yalqov dehqonlar hajvi"). 15-asr oxiri — 16-asr boshlarida Uygʻonish davri boshlandi. M. Rey, Ya. Koxanovskiy, Sh. Shimono-vich, S Klyonovich asarlari adolat va vatanparvarlik gʻoyalarini tarannum etdi. 16—17-asrlarda hajviy doston va qissalar, nasihatomuz koʻshiq va dramalar, qisqa hazil sheʼrlar ("frashka"lar) mashhur boʻldi. Maʼrifatparvarlik davri (18-asr oʻrtalari)da milliy mustaqillik uchun kurash, ilgʻor ijtimoiy-falsafiy gʻoyalar tarqaldi, adabiy-badiiy jur.lar nashr etila boshladi. 19-asr boshlarida A. Mitskevich milliy-ozodlik kurashi taʼsirida inqilobiy romantizmga asos soldi, demokratik P. haqidagi orzularini kuyladi. 1863 yildan keyin adabiyotda realizm yuzaga keldi (A. Asnik, M. Konop-’ nitskaya, E. Ojeshko, B. Prus ijodiyoti). 19-asr oxiri —20-asr boshlarida realizm bilan bir katorda modernistik okimlar hukmron boʻldi (L. Staff, S. Jeromskiy). 1va 2-jahon urushlari oʻrtasidagi davr adabiyetida ijtimoiy ziddiyatlar tanqidiy yoritildi. Urushdan ke-yingi adabiy asarlarda okkupatsiya yillarida yashirin kurash olib borgan vatanparvarlarning qiyofasi har tomonlama ochib berildi. Ammo sotsiali-stik realizm degan soxta adabiy qoliplar zoʻrlab tiqishtirilishi oqibatida polyak adabiyetida xalq hayoti va qahramonlarning ishlari, xulq atvori bir yoklama yoritilishiga olib bordi.

Polyak yozuvchilarining ayrim asarlari, jumladan, A. Mitskevich, Yu. Tuvim sheʼrlari, V. Vasilevskaya romanlari uzbek tilida nashr etilgan.

Meʼmorligi. Miloddan avvalgi 4—3-asrlarga oid Biskupin jamoa manzilgoxlarida yogochdan yasalgan inshootlar P. qududidagi eng qad. yodgorliklardir. Xristi-anlik qabul etilgach (966), diniy tosh meʼmorligi rivojlandi (Krakovning Vavel tepaligidagi bibi Maryam ka-pellarotondasi, 10-asrning 2yarmi). 11 -a. ning 2yarmidan roman uslubida haykallar bilan bezatilgan mahobatli binolar qurildi (Krakov va Tumadagi avliyo Anjey kostyollari, 1090, 1141—61 yillar; Vrotslavdagi Mariya Magdalina kostyoli, 12-asr vab.). 13—15-asrlarda gotika tarqaldi, shaharlar qad koʻtardi, ularning markazlarida meʼmoriy majmualar (bozor maydonlari) vujudga keldi, yangi turdagi imoratlar (minorali ratushalar, movut ras-talari), mudofaa istehkomlari va shahri k. paydo boʻldi. Ular orasida Torundagi ratusha (13—17-asrlar) va avliyo Yan kostyoli, Vrotslavdagi ratusha (13-asr 2yarmi —16-asr boshlari) va Ioann Krestitel kostyoli (13—18-asrlar), Gdanskdagi "Artus hovlisi" (14-asr) va boshqalarlarni koʻrsatish mumkin. Uygʻonish davrida ravoklar bilan oʻralgan hovlili saroylarning yangi turi yaratil-di (Krakovning Vavel tepaligidagi, Baranuv, Miruvdagi qasr saroylar). 16-asr oxiridan 18-asr 1yarmigachaP. meʼmorligida barokko us-lubi ustun boʻldi (Krakovdagi Petr va Pavel kostyoli, Varshavadagi Vilyanuv qirol chorbogʻi va boshqalar).

Xalq yogʻoch meʼmorligi rivojlandi. 18-asr 2yarmidan klassitsizm urf boʻldi; shaharlarda mahobatli jamoat binolari va majmualari barpo etildi (Varshavadagi Belveder saroyi, 1818—22, meʼmor Ya. Kubitskiy; Lazenka saroylar majmuasi, 1784—95, meʼmor D. Merlini, Ya. Kamzetser va boshqa; Katta teatr, 1820—32, meʼmor A. Koratssi, X. P. Aygner). 19a. 2yarmidan eklektizm, keyinroq konstruktivizm ustunlik qildi, 2-jahon urushi yillarida (1939—45) fashistlar P.ning shahar va qishloqlarini vayron etib, koʻpgina meʼmoriy yodgorliklarini gʻorat qil-dilar. Urushdan keyin ularni qayta tiklash va yangilarini barpo etish sohasida koʻp ish qilindi. "Krakoviya" mehmonxonasi, Varshavadagi "Oʻn yillik" stadioni, "Supersam" savdo mar-kazi, uy-joy dahalari, Poznandagi "Univermag", "Merkuriy" mehmonxonasi shu jumlaga kiradi.

Tasviriy sanʼati. P. hududidagi aholi neolit davridayoq naqshinkor sopol idishlar yasagan. Jez va temir davrlarida sopol va jez idishlar, parranda va xayvon rasmi tushirilgan ikki gʻildirakli aravalar ishlangan. 11 — 13-asrlarda roman uslubi hukmron boʻldi (Gneznodagi bibi Mariya kostyolining bronza eshiklari, taxminan 1170 yil, Stshelnodagi kostyolning oʻymakor ravokdari, 12-asr, Tumadagi kostyol naqshlari, taxminan 1161 yil, "Emmeran ko-deksi" miniatyuralari, 1099 yil va boshqalar). 13-asr oxiridan 15-asr boshlarigacha sanʼatda gotika urf boʻldi (Krakovdagi Vavel soborida V. Yagello daxmasi, 1421 yil, "Gnezno bibliyasi" miniatyuralari, 1414 yil). 15-asr oxiri — 16-asrda polyak Uygʻonish davri sanʼati shakllana boshladi, 16-asr oxiridan 18-asr oʻrtalarigacha barokko yoyildi. 18-asr 2yarmi — 19-asr boshlari P. sanʼati maʼrifatparvarlik ruhi bilan sugʻorilgan edi. Garchi ayrim moʻyqalam ustalari (M. Bachcharelli) saroybop rasmlarni klassitsizm uslubida yaratsalar ham, koʻpchilik rassomlar hayotni haqqoniy tasvirlashga (B. Bellotto, J. P. Norblin, A. Orlovskiy), polyak xalqining milliy ozodlik kurashini ifodalashga (A. Grotger) intildilar. A. Kotsis, V. Gerson asarlarida tanqidiy realizm nishonalari seziladi. 19-asrda A. va M. Gerimskiylar ijodida bu yoʻnalish yuqori pogʻonaga koʻtarildi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida L. Vichulkovskiy, Ya. Stanislavskiy, Yu. Falat asarlari impressionizm, S. Vispyanskiy, Ya. Malchevskiy asarlari simvolizm ru-hida yaratildi. 1918 yildan keyin polyak sanʼati ziddiyatli rivojlandi. Ayrim rassomlar Gʻarbiy Yevropa madaniyati yutuqlariga ergashsa, boshqalari zamo-naviy milliy uslubni yaratishga institutildi. Tanik^i polyak haykaltaroshi K. Dunikovskiy oʻz faoliyatini shu davrda boshladi. 2-jahon urushidan keyin tasviriy sanʼatda rassomlardan V. Veys, F. Kovarskiy, X. Krayevskaya va Yu. Krayevskiy, haykaltarosh S. Gorno-Poplavskiy, grafiklardan T. Kulise-vich, T. Trepkovskiy va boshqa mashhur boʻldi. Mahobatli haykaltaroshlik rivoj topdi. Amaliy bezak sanʼatining har xil turlari qadimdan keng tarqalgan, badiiy hunarmandchilik avj olgan.

Musiqasida boshqa slavyan xalqlari musiqa madaniyati bilan umumiylik koʻp. 20-asrgacha saqlangan xalq cholgʻu asboblari shaqildoq, buben, hushtaklar joʻrligida marosim qoʻshiqlar (asosan, bir ovozli), raqslar ijro etilgan.

Skripka, mazanka kabi torli, ligavka, bazun kabi puflab chalinadigan sozlar keng tarqalgan. 9—10-asrdan katolitsizm tarqalishi bilan birga grigo-rian xoralk keng oʻrin tutadi.

11 — 12-asrlarda cherkov ashulachilik maktablari ochilib, ularning talabalari cherkov musiqasini turli joylardagi xalqmusiqasi bilan boyitdilar. 12-asrdan dunyoviy professional musiqa (jumladan, ritsarlar qoʻshiqchiligi) rivoj topdi, saroy kapellalari tashkil etildi. 16-asrdan universitetlarda musiqa nazariyasi oʻrgatila boshladi. 16—17-asrlarda yetishib chiqqan kompozitorlar milliy kuylarni Gʻarbiy Yevropa raqs va musiqa janrlari bilan uygʻunlashti-ruvchi asarlar yarata boshladi. 1765 yil Varshavada ochilgan "Xalq teatri"da milliy operalar sahnalashtirildi. K. Kurpinskiy, M. Kamenskiy, M. Oginskiy, Yu. Elsner va boshqa milliy musiqa rivojiga katta hissa qoʻshdilar. 19-asrda bukj kompozitorlar F. Shopen, S. Monyushko, virtuozskripkachi aka-uka Venyavskiylar polyak musiqasini jahon musikasi darajasiga koʻtarishdi. 1901 yilda Varshava milliy filarmo-niyasi ochiddi. 20-asr musiqa madaniyatiga K. Shimanovskiy, V. Lyutoslavskiy, K. Penderetskiy kabi kompozitorlar katta hissa qoʻshdilar. P.da 21 simfonik orkestr, 10 opera teatri, 9 operetta teatri, 9 balet truppasi, 7 oliy mu-siqa maktabi,4 xoreografiya bilim yurti bor. 1927 yildan xalqaro Shopen nomidagi pianinochilar ganlovi, 1935 yildan Venyavskiy nomidagi skripkachilar tanlovi hamda Zamonaviy musiqa festivali va boshqa oʻtkaziladi.

Teatri. Xristianlikdan avvalgi davr xalq marosimlari va oʻyinlarida teatr sanʼati nishonalari boʻlgan. 13— 16-asrlarda turgʻun va sayyor xalq tomo-shaxonalari qurilgan, diniy dramalar rivojlangan. 13-asrning 2yarmida koʻrsa-tilgan teatr tomoshalarining ayrim ssenariylari saqpangan. 1633 yil Var-shavadagi qirol saroyida birinchi do-imiy teatr ishga tushdi. 18-asr oxirida ilgʻor milliy teatr sanʼati uchun ku-rashga rej., artist, dramaturg V. Bu-guslavskiy boshchilik qildi. 19-asr 60-yillari oxiridan Krakov teatri mamlakatnin g yetakch i teatri ga aylandi .1913 yil Varshavada "Polyak teatri" tashkil topdi. 20—30 yillarda L. Shiller Varshava, Lvov va boshqa shaharlardagi teatrlarda ishlab, mahobatli, nazmiy va siyosiy teatrlarni uygʻunlashtirishga harakat qildi. 2-jahon urushidan soʻng teatr hayoti tiklandi, yangi teatrlar barpo etildi. P.da 60 teatr bor. Varshava teatr hayotining markazidir("Xalq teatri", "Polyak teatri", "Zamonaviy", "Umumiy" teatrlari), Kra-. kov, Lodz, Lyublin va boshqa shaharlardagi teatrlarda jaqon mumtoz dramaturgiyasi va mahalliy mualliflarning asarlari sahnalashtirilgan. P.da sirk sanʼati rivojlangan.

Kinosi. Alohida badiiy filmlar 1908 yilda chiqarila boshlagan. Dastlabki filmlardan biri — "Antek Varshavaga ilk bor qadam ranjida qildi" hazil filmida mashhur hajvchi artist A. Fertner bosh rolni oʻynagan. 1909— 10 yillarda kinofirmalar tashkil etildi. Ularning eng nufuzlisi "Sfinks" kompaniyasi muntazam filmlar chiqara boshladi. 1914 yil 14 film suratga olindi. 1910—18 yillarda milliy adabiyot asarlari: "Gunoh tarixi" (rej. A. Bendarchik), "Qiyomat qoyim" (rej. S. KnakeZavadzkiy), "Meir Yezo-fovich" (rej. Yu. Ostoya-Sulnitskiy) ekranlashtirildi. "Start" kino uyushmasi (1930) va "Kinomualliflar ko-operativi" (1937) kino sanʼati rivo-jida muhim rol oʻynadi. 2-jahon urushidan keyin "Film polskiy" davlat studiyasi tashkil etildi. "Avlod", "Kul va olmos" (rej. A. Vayda). "Xayrlashuv" (rej. V. Xaye) filmlarida urush oqibatlari tasvirlandi. "Yoʻlovchi ayol" (rej. A. Munk), "Jangdan keyingi man-zara" (rej. A. Vayda), "Sehrli stolchalar" (rej. Ya. Mayevskiy), "Yer hidi" (rej. D. Yovanovich) filmlari polyak ki-nematografiyasida salmokli oʻrin oldi. Hujjatli va multiplikatsiya kinosi sohasida ham koʻpgina qiziqarli asarlar yaratildi. Varshava, Lodz, Vrotslavda kinostudiyalar, Krakovda multfilmlar studiyasi bor. Lodzdagi Oliy teatr, kino va televideniye maktabining rej.lik, aktyorlik, operatorlik, televideniye f-tlari, ayrim oliy oʻquv yurtlarining maxsus boʻlimlari kino xodimlari tayyorlaydi.

Oʻzbekiston — Polsha munosabatlari[tahrir]

Asosiy maqola: Oʻzbekiston — Polsha munosabatlari.
Polsha

Maydoni — 312,7 ming km². Aholisi — 38,6 mln. odam. Rasmiy til — polyakcha. Din — asosan katolizm, hamda iudaizm, lyuteranlik, pravoslavie; aholining 6 foizi ateist[2]. Davlat boshligʻi — prezident. Qonun chiqaruvchi organ — Ikki palatali parlament: Seym (quyi palata) va Senat (yuqori palata). Poytaxti — Varshava. Maʼmuriy-huduiy taqsimoti: 16 voyevodstvo. Pul birligi — zlotiy.

Tarixi[tahrir]

Asosiy maqola: Polsha tarixi.

X — XIX asrlar[tahrir]

Polsha 11 asrlarda.
Polsha 16-17 asrlarda.

X asrda Polsha davlati vujudga keldi, xristianlik qabul qilindi (966), 1025dan Polsha — qirollik.

XIV asrda Gall-Volin knyazligiga qoʻshilib, totor-moʻgʻul bosqinidan kuchsizlangan gʻarbiy rus yerlariga yurish qiladi.

Lyublino birligiga boʻysunib (1569) Polsha Buyuk Litva knyazligi bilan birgalikda yagona davlat — Mushtarak narsani tashkil qiladi.

Peterburg konvensiyalariga koʻra 1770 —90-x yillarda Pospolita Nutqi hududi Prussiya, Avstriya va Rossiya oʻrtasida boʻlinib olingan edi (3 boʻlim — 1772, 1793, 1795). Ukrain va beloruslar yashaydigan kattagina yer qismi, rus tarixchilari fikricha Polsha tomonidan XIV—XVI asrlar mobaynida bosib olingan asl rus yerlaridir.

1807da Napoleon I Polsha yerlarining bir qismidan Varshava knyazligini tashkil etdi. Vena kongressi (181415) Polshani qaytadan taqsimladi: Varshava knyazligining katta qismidan Polsha Chorligi barpo etildi (Rossiyaga berilgan); Poznanshchina Prussiyaga tegdi, hamda oʻzi bilan birga Sileziya va Pomoryeni saqlab qoldi; baʼzi hududlar Avstriyaga oʻtgan.

Polyak milliy-ozodlik harakatlari (1794) (T. Kostyushko boschiligida), 18301831, 1846, 1848, 186364da bostirilgan.

XX asr[tahrir]

191518da, Birinchi jahon urushi paytida, Polsha Germaniya va Avstro-Vengriya tomonidan fath etildi.

1918da Polsha mustaqilligi tiklandi.

1919-21 Sovet-polyak urushi Sovet Rossiyasi magʻlubiyati bilan tugaydi va 1921 yilgi Riga tinchlik shartnomasiga koʻra 1921yili G`arbiy Ukraina va G`arbiy Belarus yerlari Polsha tasarrufiga oʻtadi.

1926da Polshada Yuzef Pilsudskiy boshchiligida avtoritar milliy-separatik sanacion tuzum tuziladi.

1931 yilning 15 iyunida SSSR va Polsha doʻstlik va savdo aloqalari toʻgʻrisidagi Bitimga kelishishadi. 1932 yilning 25 yanvarida SSSR va Polsha oʻzaro hujum qilmaslik haqida Bitimni imzolashadi.

1938da Polsha Germaniya bilan Chexoslovakiyani boʻlib olishadi. Polsha qaramogʻiga koʻmir koni joylashgan Teshin rayoni oʻtadi.

Manbalar[tahrir]

  1. Główny Urząd Statystyczny. Baza Demografia. Ludność. Stan, ruch naturalny i wędrówki ludności w I kwartale 2014 r., stan na 31.03.2014. [1]
  2. 94% Polaków wierzy w Boga