Seul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
서울
Seul
Andoza:Koyreyscha nom ma'lumot qutisi/NomQuti
Qisqa Nomi
Andoza:WikifyQalin matn
Statistika
Axolisi (2007) 10 421 782 (Metropolitan area 23 million) [1]
Hukumati Seul Metropoliten Hukumati
M'er O Se Xun
Ma'muriy Tumanlari 25 gu
Tuman Seoul National Capital Area
Sheva Seul shevasi
Joylashuv Haritasi
Seulning joylashuv haritasi.
Seulning joylashuv haritasi.

SeulKoreya Respublikasining poytaxti. Xangan daryosi boʻyida, Sariq dengiz qirgʻogʻidan 100 km ichkarida. Iqlimi mussonli iqlim, yanvarning oʻrtacha temperaturasi —6,2°, iyulniki 24,7°. Yillik yogʻin 1200 mm. Aholisi 10,6 mln. kishi (1998). S. avanporti — Inchxon bilan birgalikda provinsiya huquqiga tenglashtirilgan alohida maʼmuriy birlik va yirik iqtisodiy r-nni tashkil etadi.

S. ilk oʻrta asrlarda harbiy qalʼa sifatida vujudga kelgan. 14-a. oxirigacha kichikroq savdo shaxri boʻltan. Mamlakatda Li sulolasi vujudga kelgach (1392), S. — Koreya poytaxti. 1592—93 ylarda S.ni yaponlar bosib olib, vayron qilgan. 1905 yildan S. Yaponiyaning Koreyadagi bosh rezidentining , 1910 yildan generalgubernatorining , 1948 yildan Jan. Koreya xukumati bosh qarorgohi.

S. — transport yoʻllarining yirik tuguni, dare porti. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Inchxon sh. bilan birgalikda mamlakatda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining deyarli 50% ni beradi. Elektrotexnika, radioelektronika, kimyo, toʻqimachilik, oziq-ovqat, poligrafiya sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chikariladi. Metallurgiya sanoati rivojlangan. Metropoliten bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan 3 yarusli marmar Xyonmyotxap ibodatxonasi (1085), 8 darvozali shahar devori qolldiqdari (19-a. oxirigacha S. baland mudofaa devori bilan oʻralgan edi), Kyonbokkun saroy majmuasi (1394), Vongaks ibodatxona pagodasi (1467) va boshqa sakdangan. S. — mamlakatning madaniy markazi: Davlat un-ti (1946), xususiy un-tlar, intlar, teatr va xoreografiya intlari, Milliy FA, ilmiy tadqiqot intlari, kutubxonalar, muzeylar, kartinalar galereyasi, teatrlar bor. 1988 yilda S.da 14-Olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtgan.[2]


Havolalar[tahrir]

Manbalar[tahrir]