Seul
서울 Seul |
||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Andoza:Koyreyscha nom ma'lumot qutisi/NomQuti | ||||||||||||
Qisqa Nomi | ||||||||||||
Andoza:WikifyQalin matn | ||||||||||||
Statistika | ||||||||||||
|
||||||||||||
Joylashuv Haritasi | ||||||||||||
Seulning joylashuv haritasi. |
Seul — Koreya Respublikasining poytaxti. Xangan daryosi boʻyida, Sariq dengiz qirgʻogʻidan 100 km ichkarida. Iqlimi mussonli iqlim, yanvarning oʻrtacha temperaturasi —6,2°, iyulniki 24,7°. Yillik yogʻin 1200 mm. Aholisi 10,6 mln. kishi (1998). S. avanporti — Inchxon bilan birgalikda provinsiya huquqiga tenglashtirilgan alohida maʼmuriy birlik va yirik iqtisodiy r-nni tashkil etadi.
S. ilk oʻrta asrlarda harbiy qalʼa sifatida vujudga kelgan. 14-a. oxirigacha kichikroq savdo shaxri boʻltan. Mamlakatda Li sulolasi vujudga kelgach (1392), S. — Koreya poytaxti. 1592—93 ylarda S.ni yaponlar bosib olib, vayron qilgan. 1905 yildan S. Yaponiyaning Koreyadagi bosh rezidentining , 1910 yildan generalgubernatorining , 1948 yildan Jan. Koreya xukumati bosh qarorgohi.
S. — transport yoʻllarining yirik tuguni, dare porti. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Inchxon sh. bilan birgalikda mamlakatda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining deyarli 50% ni beradi. Elektrotexnika, radioelektronika, kimyo, toʻqimachilik, oziq-ovqat, poligrafiya sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chikariladi. Metallurgiya sanoati rivojlangan. Metropoliten bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan 3 yarusli marmar Xyonmyotxap ibodatxonasi (1085), 8 darvozali shahar devori qolldiqdari (19-a. oxirigacha S. baland mudofaa devori bilan oʻralgan edi), Kyonbokkun saroy majmuasi (1394), Vongaks ibodatxona pagodasi (1467) va boshqa sakdangan. S. — mamlakatning madaniy markazi: Davlat un-ti (1946), xususiy un-tlar, intlar, teatr va xoreografiya intlari, Milliy FA, ilmiy tadqiqot intlari, kutubxonalar, muzeylar, kartinalar galereyasi, teatrlar bor. 1988 yilda S.da 14-Olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtgan.[2]
Havolalar[tahrir]
- ↑ http://english.seoul.go.kr/today/about/about_12stat.htm
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar[tahrir]
Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Osiyo poytaxtlari | |
---|---|
BMTga aʼzo mamlakatlar: Abu-Dabi | Amman | Anqara | Ostona | Ashxobod | Bagʻdod | Boku | Bandar-Seri-Begavan | Bangkok | Bayrut | Bishkek | Ventyan | Dakka | Damashq | Dili | Doʻha | Dushanbe | Jakarta | Yerevan | Quddus | Islomobod | Qobul | Katmandu | Kuala Lumpur | Male | Manama | Manila | Maskat | Moskva | Neypido | Nikosiya | Nyu Deli | Pekin | Pnompen | Putrajaya | Pxenyan | Sano | Seul | Singapur | Toshkent | Tbilisi | Thimphu | Tehron | Tokio | Ulan-Bator | Xanoy | Shri-Jayavardenepura-Kotte | Al-Quvayt | Ar-Riyod |