Angola

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Angola Respublikasi
Repubilika ya Ngola
Angola davlat bayrogʻi   Angola davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Forward Angola!
Madhiya:
Angola Xaritasi
Poytaxt Luanda
Rasmiy til(lar) Portugal tili
Hukumat Prezidentlik respublikasi
 •  Prezident   José Eduardo dos Santos
 •  Premyer Ministr   Paulo Kassoma
Mustaqillik   Portugaliyadan
Maydon  
 • Butun 1,246,700 km² (23-)
 • Suv (%) ahamiyatsiz
Aholi  
 • 2014 roʻyxat 25,789,024[1] (50- oʻrin)
 • Zichlik 20,69/km²
YaIM (XQT) 2008- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$105,078 mlrd.[2] (62-)
 • Jon boshiga AQSh$6,251[2]
Pul birligi Kvanza (AOA)
Vaqt Mintaqasi (UTC+1)
 • Yoz (DST)
Qisqartma AO
Internet domen .ao
Telefon prefiksi +244

Angola Respublikasi (por. República de Angola) — Afrikaning janubi-g‘arbidagi davlat. Atlantika okeani sohilida joylashgan. Ma’muriy jihatdan 18 viloyatga bo‘lingan. Maydoni 1246,7 ming km2, aholisi 18 498 000 kishi (2009). Poytaxti — Luanda shahri.

Davlat tuzumi[tahrir]

Angola — respublika. 1975-yilda qabul qilingan va 1991-yilda tuzatishlar kiritilgan konstitutsiyaga binoan Angola demokratik, huquqiy davlat, asosiy maqsadi — tinchlik, adolat va ijtimoiy taraqqiyot asosida erkin demokratik jamiyat qurishdan iborat. Davlat boshlig‘i — 5 yil muddatga saylanadigan prezident. U yana uch muddatga qayta saylanish huquqiga ega. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — 220 deputatdan iborat Milliy assambleya. Ijrochi hokimiyat bosh vazir boshchiligidagi hukumatdir. Uning tarkibini prezident tayinlaydi va Milliy assambleya tasdiqlaydi.

Tabiati[tahrir]

Benguela, Angola
Miradouro da Lua (Angola).jpg

Angola hududining ko‘p qismi 1000 – 1500 m balandliqdagi yassi tog‘lardan iborat. G‘arbdagi Biye tog‘ havzasining eng baland nuqtasi — 2610 m. li Moko cho‘qqisi. Atlantika okeani sohili bo‘ylab torgina dengiz bo‘yi pasttekisligi yastanib yotadi. Iqlimi tropik, qishda issiq, quruq, yozda nam. Eng issiq oydagi o‘rtacha harorat 21 dan 29 °C gacha, eng sovuq oyda 15 dan 22 °C gacha. Mamlakat ichkarisida yog‘ingarchilik 500 – 1500 mm, sohilda 50 – 500 mm. Eng katta daryolari: Kvanza, Kunene, Kubango va Kongoning irmoqlari — Kasai, Kvango. Angola hududining bir qismidan Zambezi daryosi oqib o‘tadi. Daryolari ko‘postonali, gidroenergiya zaxiralari katta. O‘simliklari yilning quruq faslida barg tashlaydigan savanna tipli va tropik o‘rmonlardan iborat. Milliy bog'lari: Portu-Aleshandri, Kameya, Kisama, Muna.

Aholisi[tahrir]

O'quvchilar sinfxonada, Angola
Luena, Moxiko Provinsiyasi

Aholining 96% ga yaqini bantu til oilasi xalqlari: mbundu, kongo, ovimbundu, lugazi va boshqalarga mansub. Portugallar ham yashaydi. Rasmiy tili — portugal tili. Aholining 90% mahalliy an’anaviy dinga e’tiqod qiladi; qolganlari — katoliklar. Aholining o‘rtacha zichligi — 1 km2 ga salkam 5 kishi. Aholining 28% shaharlarda yashaydi. Eng katta shaharlari: Luanda, Lobitu, Uambo.

Tarixi[tahrir]

Angola hududida 14- asrdan Kongo davlati, 15 - asrdan Ndongo, Lundo, Ben-gela, 17 - asrdan Matamba va Kasanje davlatlari mavjud bo‘lgan. 1482-yilda Angolada portugallar paydo bo‘ldi. 16-asrda ular qal’alar, shu jumladan San-Paulu-di-Luanda qal’asini (1576) barpo etdilar; bu qal’a kelgusida mamlakatni mustamlakaga aylantirish markazi bo‘ldi. 17-asrda Ndongo va Matamba davlatlarining ayol hukmdori Zinga Mbandi Ngola portugal bosqinchilariga qarshilik ko‘rsatish kurashiga boshchilik qildi. Uning vafotidan keyin Ndongo davlati portugal mustamlakachilarining zarbalari ostida parchalanib ketdi. Lundo davlati 19-asr oxirigacha mustaqilligini saqlab qoldi. Amalda Portugaliya Angolaning butun hududini 20-asrning 20-yillari boshlaridagina egallab oldi. 19-asr o‘rtalarigacha Angolada qul savdosi davom etdi (300 yil mo-baynida Angoladan salkam 5 mln. kishi olib ketildi). 1885 — 1899 yillarda Portugaliya, Belgiya, Germaniya va Bukj Britaniya o‘rtasida hozirgi Angola chegarasini belgilovchi bitimlar tuzildi. 1951-yilgacha Angola Portugaliyaning mustamlakasi maqomida bo‘ldi. 1951-yilda Portugaliyaning "dengiz orti viloyati" deb e’lon qilindi. Angola xalqi bosqinchilarga qarshi doimo kurashib keldi. 1961-yil Angolada boshlangan qurolli qo‘zg‘olon keyinchalik mustamlakachilarga qarshi umumxalq kurashiga aylanib ketdi. Unga uch siyosiy kuch: MPLA (Angola ozodligi xalq harakati), UNITA (Angolaning to‘la mustaqilligi uchun milliy ittifoq) va FNLA (Angola ozodligi milliy fronti) boshchilik qildi. 70- yillarga kelib bu tashkilotlar mamlakat sharqidagi va jan.-sharqidagi anchagina joylarni ozod qilishga erishdi. 1974-yilda Portugaliyadagi fashistlar diktaturasi ag‘darib tashlangach, demokratik hukumat Angola xalqining mustaqillikka bo‘lgan huquqini tan oldi. 1975-yilda tuzilgan o‘tish hukumatiga MPLA, UNI-482TA, FNLA vakillari kirdi. Biroq guruhlar o‘rtasidagi ixtiloflar natijasida hukumatning faoliyati to‘xtab, mamlakatda fuqarolar urushi boshlandi. UNITA Jan. Afrika Respublikasi (JAR)ning madadi bilan MPLAga qarshi kurashdi. MPLA esa Kubadan yordam so‘radi. 1988 y. mayda Angola, Kuba, JAR va AQSh o‘rtasidagi muzoqara yakunida imzolangan bitimga binoan Angoladan JAR va Kuba qo‘shinlari olib ketildi. Xalqaro hamjamiyatning kuch-g‘ayratlari tufayli 1991-yil 31-mayda MPLA hukumati va UNITA vakillari imzolagan hujjatlarga binoan 1992-yil 29 — 30 sentyabr kunlari Angolada BMT vakillari kuzatuvida parlament va prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi. Yangilangan konstitutsiya (1991-yil mart) ko‘p partiyali demokratiya qoidasini mustahkamladi; 30 dan ortiqroq partiya ro‘yxatga olindi. Angola 1976-yildan BMT a’zosi. Milliy bayrami — 11 noyabr — Mustaqillik e’lon qilingan kun (1975).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari[tahrir]

Angola ozodligi xalq harakati (MPLA) asosiy siyosiy kuch hisoblanadi. U 1956-yilda tuzilgan. Angolaning to‘la mustaqilligi uchun milliy ittifoq (UNITA) — soni va nufuzi jihatidan ikkinchi siyosiy kuch. O‘zini tarixiy partiya deb hisoblovchi Angola ozodligi milliy fronti (FNLA) siyosiy maydonda alohida o‘rinni da’vo qilmoqda.

Xo‘jaligi[tahrir]

Angola — iqtisodiy jihatdan kam rivojlangan mamlakat. Aholining 80% ga yaqini qishloq xo'jaligida band. Uning iqtisodiy ahvoliga so‘nggi 15 yil mobaynida urush yetkazgan bevosita moddiy zarar salkam 20 mlrd. dollarni tashkil qildi. Tashqi iqtisodiy aloqa va tovar muomalasining asosiy hajmi g‘arb mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. Chetga chiqariladigan mahsulotining 90% dan ko‘prog‘i (asosan neft) AQSh, Braziliya, Yevropa mamlakatlariga ketadi. 1985-yildan Angola Yevropa hamjamiyatining qo‘shib olingan a’zosi. 1989-yilda Xalqaro valyuta fondi va Xalqaro ta’mirlash va taraqqiyot banki (XTTB)ga qabul qilingan.

Sanoati[tahrir]

Neft, olmos, marganes, uran, oltin, kvars, marmar, mis va polimetall rudalar. Mamlakat yalpi ichki mahsulotining 56% neft va neft mahsulotlariga to‘g‘ri keladi. Qurilish industriyasi rivojlanmoqda. Sement, shina zavodlari, to‘qimachilik fabrikalari, qishloq xo'jalik xom ashyosini qayta ishlovchi (kofe, sholi oqlash, qand-shakar, baliq-konserva) korxonalari mavjud. Kofe, sizal, shakarqamish yetishtiriladi. Makkajo‘xori, oqjo‘xori, sholi, banan, batat ham katta o‘rin tutadi. Xurmo, arahis va tamaki tayyorlanadi. Qoramol, cho‘chqa, echki boqiladi, ammo chorvachilik mamlakat ehtiyojini to‘la qondirmaydi. Dengiz baliqchiligi rivojlangan.

Transport[tahrir]

Temir yo'llari — 3,3 ming km, avtomobil yo‘llari — 80 ming km, asfalt langan yo‘llari — 8,4 ming km. Dengiz portlari Lobitu, Luanda va Kabinda. Luandada xalqaro aeroport bor. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: G‘arbiy Yevropa mamlakatlari, AQSh, Braziliya. Pul birligi — kvanza.

Ijtimoiy soha[tahrir]

Maorifi[tahrir]

Ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasalari. 1975-yil aholining 90% savodsiz bo‘lgan. Mamlakat mustaqillikka erishgach, umumiy majburiy boshlang‘ich ta’lim joriy etildi, pedagog kadrlar tayyorlash markazi tashkil qilindi. Luandada universitet (1963-yil tashkil etilgan), bir qancha i.t. va ilmiy jamiyatlar, Milliy va Munitsipalitet kutubxonalari, tibbiyot tarixi va tarixiy-etnografik muzeylari bor.

Matbuoti[tahrir]

Radioeshittirishn, teleko‘rsatuvi. "Jornal de Angola", "Korreyno da Semana" gazetalari, "Terra Angolana", "Progressu" jurnallari nashr etiladi. Davlat televideniyesi va radiosi portugal hamda mahalliy tillarda ko‘rsatuv va eshittirish olib boradi. "Angola press" (ANGOP) axborot agentligi mavjud.

Adabiyoti[tahrir]

Angolada bantu tillari oilasiga mansub kimbundu, umbundu va boshqa tillarda boy og‘zaki adabiyot mavjud.

Adabiyoti[tahrir]

Yozma adabiyot asosan portugal tilida rivojlangan. Ilk davr (1855 — 1930) da kichik adabiy shakllar — she’r va feleton rivojlandi. Pedru Mashaduning "Afrika sahnalari" va Antoniu di Asiz Juniorning "Marhumaning siri" romanlari mashhur bo‘ldi. 1960-yilgacha mustamlakachilikni fosh qilish (Kash-tru Soromenyuning "O‘lik yer", 1949; "Burilish", 1957) markaziy mavzu edi. Shundan keyingi davrda milliy ozodlik kurashi mavzui ustun bo‘ldi. Ko‘pchilik yozuvchilar quvg‘inda bo‘lganligi uchun Angola taraqqiyparvar adabiyoti asosan chet ellarda rivojlandi. Mundele Dia Kvanza, A. Neto, K. Andradi, M.di Anradi, L. Viyeyra kabi yozuvchilarning qissa, she’r, dostonlari yuzaga keldi. Mustaqillikka erishilgandan keyin demokratik o‘zgarishlar uchun kurash asosiy mavzu bo‘lib qoldi.

Me’morligi va tasviriy san’ati[tahrir]

Angola qishloqlari doira shaklida qurilgan. Turar joylari to‘g‘ri burchakli (ba’zan doirasimon) shaklda, qoziq sinchlar shox-shabba bilan o‘raladi yoki loy bilan suvaladi. Yevropaliklar kelgach, shaharlar paydo bo‘ldi, ulardagi uylar portugalcha toifada, barokko va ilk klassitsizm shakllarida qurila boshladi. 20-asrdan yangi konstruksiyada yangi materiallardan zamonaviy binolar tiklandi. Angolada qadimdan amaliy bezak san’ati: yog‘och o‘ymakorligi (odam va hayvon haykalchalari, mebel naqshinkorligi), hashak va somondan to‘qimalar, naqshin sopol buyumlar yasash rivojlangan.[3]

Galleriya[tahrir]

Havolalar[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. 2014 population census (INE Angola)
  2. 2,0 2,1 Angola. International Monetary Fund. 2009-10-01.
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Afrika mamlakatlari

Aljir · Angola · Benin1 · Botsvana · Burkina-Faso · Burundi · Gabon · Gambiya · Gana · Gvineya · Gvineya-Bisau  · Janubiy Afrika Respublikasi  · Janubiy Sudan  · Jibuti · Misr3 · Zambiya · Zimbabve · Kabo-Verde  · Kamerun · Keniya · Komor Orollari · Kongo Demokratik Respublikasi · Kongo Respublikasi · Fil Suyak Sohili  · Lesoto · Liberiya · Liviya · Mavrikiy · Mavritaniya · Madagaskar · Malavi · Mali · Markaziy Afrika Respublikasi  · Marokash · Mozambik · Namibiya · Niger · Nigeriya · Ruanda · San-Tome va Prinsipi  · Svazilend  · Seyshell orollari · Senegal · Somali · Sudan · Syerra Leone · Tanzaniya  · Togo  · Tunis · Uganda · Chad · Ekvatorli Gvineya · Eritreya  · Efiopiya  ·


Qaram hududlar: Hind okeanidagi Britan hududi · Gʻarbiy sahroi kabir¹ · Kanar oroli · Madeyra · Mayotta · Melilya · Reyunon · Epars oroli · Seuta