Shariat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Islom
Istanbul, Hagia Sophia, Allah.jpg
Islom Tarixi

Din asoslari
Allohning birligiTavhid
FarishtalarKitoblar
PaygʻambarlarQiyomat
Qazo va Taqdir
Asosiy ibodatlar
Iymon
NamozRoʻza
HajZakot
Muhim Shaxslar
Muhammad

Abu BakrUmarUsmonAliSahobalarAhli baytIslom paygʻambarlari

Muqaddas matnlar
QurʼonHadisShariat
Islom huquqi Muhammadning hayoti
MakonlarIslom falsafasi
Islomdagi mazhablar
Siyosiy mazhablar
Eʼtiqodiy mazhablar
Fiqh mazhablariSoʻfizm
Jamoat
Islom taqvimi
JihodBayramlar
Muborak kechalar
Islom portali

Shariat (arab. — toʻgʻri yoʻl; islomda qonunchilik maʼnosida ishlatiladi) — islom huquqtizimi. shahrida sof huquqiy masalalardan tashqari axloqiy meʼyorlar va amaliy diniy talablarga ham qonun tuyey berilgan. shahriga musulmon kishi uchun dunyoga kelishidan to oʻlimigacha yurishturishini belgilovchi qoidalar toʻplami sifatida qaralgan. Ilk islomda jamiyatni huquqiy boshqarish Kurʼon asosida olib borilgan. Keyinroq musulmonlarning barcha ijtimoiyiqtisodiy, siyosiyhuquqiy va diniy faoliyatini kamrab oluvchi qonunlar majmuasiga ehtiyoj tugʻilgan. Islom xuquqshunoslari bir necha asr mobaynida Sh. meʼyorlarini ishlab chiqqanlar. shahriga Kurʼon, sunna, ijmo va qiyos asos qilib olingan. Sh. huquqiy tizim sifatida 11 —12-a.larda tugal shakllangan. Bunda yozma va ogʻzaki diniy, madaniy, axloqiy, huquqiy, mahalliy urfodat va anʼanalarning taʼsiri boʻlgan.

Islomda sunniylik va shiayaikdagch Sh. tizimlari oʻrtasida muayyan tafovutlar bor. Sunniylikda hanafiylik, molikiylik, shofiʼiylik, hanbaliylik, shialikda esa jaʼfariylik mazhabining oʻziga xos huquqiy tartiblari mavjud. shahrida davlat (xalifalik) xuquqi meʼyorlari, majburiyat, meros, jinoyat, jazo va oilanikox. huquqi, shuningdek, sud ishlarini yuritish, vasiylik koʻrsatmalari berilgan. Sh. xususiy mulkni xudo tomonidan belgilangan, doimiy va oʻzgarmas deb hisoblaydi. shahrida barcha xattiharakatlar dastlab 2 tur — harom va halolga ajratilgan. Keyinchalik Sh. shakllanib tugallangan davrda 5 toifaga boʻlingan. Bular: farz yo vojib — bajarilishi muhim va majburiy hisoblangan xattiharakatlar (mas, namoz oʻqish, zakot berish); sunnat yo mustahab — majburiy emas, lekin maʼqul, lozim deb hisoblangan normalar (mas, uylanish, sadaqa berish); muboh yo joiz — ragʻbatlantirilmaydigan va uni bajarmaslik gunoh hisoblanmaydigan ixtiyoriy xattiharakatlar (mas, bitim, savdo shartnomalari tuzish, safar qilish, yemoq, ichmoq va boshqalar); makruh — jazoga tortilmaydigan, ammo nomaʼqul hisoblanadigan xattiharakatlar (mas, soʻkinish, kattalarning hurmatini oʻrniga qoʻymaslik, suvni ifloslantirish, hayvonlarga haddan ortiq yuk ortish); harom — qatiy ravishda taqiqlangan xattiharakatlar (mas, choʻchqa goʻshti isteʼmol qilish, araq ichish, odam oʻldirish va boshqalar). Sh. jinoyat uchun qatʼiy, shafqatsiz choralarni koʻzda tutadi.

SH. ilmlari islom dini va unga bogʻliq boʻlgan masalalarni qamrab olgan. Bular tajvid (qiroat), tafsir, hadis, fiqh ilmlari, fiqhning farʼiy (juzʼiy) qismlari hamda kalom ilmidan iboratdir. Sh. ilmlari qatoriga arab tili va adabiyoti ham kiritiladi, chunki ularsiz Sh. ilmlarini oʻrganish mumkin emas, deb hisoblanadi (yana q. Musulmon huquqi).

Adabiyot[tahrir]

  • Burhoniddin Margʻinoniy, Hidoya, 1j., T., 2000; Abdulvahhob Xallof, Usul ul fiqh (Islom qonunshunosligi asoslari), 1—2qism, T., 1997; 3—4 qism. T., 1999; Abdulhakim Sharʼiy Juzjoniy, Islom huquqshunosligi, hanafiy mazhabi va Oʻrta Osiyo faqixlari, T., 2002; Saidov A.H., Burhoniddin Margʻinoniy — buyuk huquqshunos, T., 1997; Husniddinov 3., Islom: yoʻnalishlar, mazhablar, oqimlar, T., 2000.

Shariat (arab tilida:شريعة) deganda Islom Huquqshunosligi tushuniladi. Ushbu soʻz "yoʻl" maʼnosini anglatadi.