Xudo
Xudo — diniy sigʻinish va eʼtiqod qilishning obʼyekti sifatida namoyon boʻladigan ilohiy kuch; azaliylik va abadiylik, yaratuvchilik timsoli. Har bir dinda X. butun olamni yaratuvchi sifatida eʼtirof etiladi. X. turli taʼlimotlarda turlicha talqin qilinadi. Qad. diniy eʼtiqodlarda X.larga sigʻinish boʻlmay, jonsiz narsalarga, jon va ruhga, hayvon va usimliklarga topinilgan (q. Animizm, Fetishizm, Totemizm). Sharqda keng tarqalgan panteistik qarashlarda (q. Panteizm) X. tabiatning oʻzida, X. va tabiat bir butunlikni tashkil etadi deb qaralgan. Zardushtiylikda ikki X. — yorugʻlik, yaxshilik X.si Ahuramazda va qorongʻulik, yomonlik X.si Anxramaynu (Axriman) bir-biriga qaramaqarshi qoʻyilgan. Qad. Sharq dinlarida va boshqa politeistik (q. Politeizm) dinlarda juda koʻp X.larga eʼtiqod kilinib, ulardan biri bosh X., qolganlari ikkinchi darajali X.lar hisoblangan. Bunga yunon mifologiyasidagi X.lar iyerarxiyasi misol boʻla oladi. Monoteistik dinlarda (q. Monoteizm) bitta X.ga sigʻinilgan. Buddizma^ dastlab X.larga sigʻinish inkor etilgan boʻlsada, keyinchalik Buddanint oʻzi X. deb tanilgan, bu dinda u bilan birga boshqa X.lar ham bor. Hinduiylikdya asosiy X.lar — Vishnu va Shiva. Iudaizmdagi X. — Yahva dastlab qabila X.si va mahalliy X. boʻlgan, qad. yahudiilarning birlashishi va Yahudiy podsholiginij tashkil etilishi bilan hamma yahudiylarning X.siga, keyinchalik esa qudratli, yagona X.ga aylangan. Xristianlikda X. mohiyatan yagona, lekin 3 qiyofada (otaxudo, oʻgʻilxudo, muqaddas ruhxudo) namoyon boʻladi. Islom dinida yagona va qudratli X. — Allohta eʼtiqod qilinadi. Unga eʼtiqod qilish bu dinning asosiy aqidasi. X.ga eʼtiqod qilish, X.dan qoʻrqish har qanday dinga xos.
Xudo koʻpgina diniy taʼlimot va dunyoqarashlarda gʻayritabiiy mavjudot boʻlib, odatda diniy ibodatlar va sigʻinish obyekti hisoblanadi.
Mundarija
Taʼrifi[tahrir]
Monoteistik dinlarda xudo olamning yaratuvchisi va hukmdori sifatida ko'riladi. Zamonaviy teologiyaga ko'ra ilmiy metodlar bilan aniqlanmaydi. Yahudiylik va undan kelib chiqqan dinlarga ko'ra xudo hamma narsaga qodir, hamma narsadan boxabar va mutlaq ezgudir. Xudoni bitta deb ko'ruvchi dinlar monoteistik dinlar deb ataladi. Xudolar bir emas, bir nechta, deb hisoblovchi dinlar politeistik dinlar deyiladi. Xudo olamni yaratgan, lekin unga boshqa aralashmagan, payg'ambarlar, dinlar, kitoblar yubormagan, degan falsafiy qarash esa deizm deb nomlanadi. Xudoning borligiga ishonmaslik ateizm deb ataladi.
Etimologiyasi[tahrir]
Oʻzbekcha xudo so'zi forscha xodā (خدا) so'zidan olingan bo'lib, u esa o'z navbatida roman-german tillaridagi god, gott, gud (hammasi qadimiy olmon tilidagi *ǥuđándan kelib chiqqan) so'zlari bilan o'zakdoshdir.
Xudoning mavjudligi borasidagi bahs[tahrir]
- Asosiy maqola: Xudoning mavjudligi.
Xudoning mavjudligi yoki emasligi haqida Oʻrta Asrlardan beri falsafiy munozaralar olib borilgan. Bunda ilk muammo shundaki, xudoning oʻzi kimligi va qandayligi, taʼrifi keskin aniq qilib tayinlanmagan. Xudo mavjud emas, deb fikrlovchi faylasuflar olamni anglashda unga hojat yoʻqligini uqtirishadi.
Xudo haqidagi tasavvurlar[tahrir]
Monoteistik qarashlar[tahrir]
Islom[tahrir]
Islomda xudo Alloh (arabchada اﷲ) deb nomlanadi. Bu so'z Al-Iloh so'zidan kelib chiqqan, bu yerda al- prefiksi arab tilidagi artikl, iloh esa "xudo" deb tarjima qilinadi. Qur'onga ko'ra Alloh yagona, abadiy, tug'magan va tug'ilmagandir hamda unga teng keladigani yo'q [1].
Xristianlik[tahrir]
Xristian qarashlarga ko'ra xudo yolg'iz va yakka bo'lsa-da, o'zini uch ko'rinishda namoyon etishi mumkin: Ilohiy Ota, Ilohiy O'g'il (Iso Masih) va Muqaddas Ruh (ba'zi manbalarga ko'ra Ilohiy Muqaddas Ruh)[2].
Yahudiylik[tahrir]
Yahudiylikning muqaddas, deb hisoblanuvchi mil. avv. 3760 yilda yozilgan Tavrot kitobiga ko'ra xudo yakkadir va u olamni yaratgandir. Bu monoteizmning boshlanishi deb qaraladi. Yahudiy xudosi Yahve (YHWH) deb ataladi.
Politeistik qarashlar[tahrir]
Qadimgi Rim va Yunon mifologiyasi[tahrir]
Qadimgi Rim va Yunon mifologiyalariga ko'ra xudolar ko'pdir, va ularning har biri biror tayin tabiy hodisa yoki osmon jismini ifoda etadi.
Hinduiylik[tahrir]
Vedalarga ko'ra 33 xudo bor, lekin ba'zi hinduiy manbalarga ko'ra ularning soni 3399 tadir.
Shuningdek[tahrir]
Havolalar[tahrir]
Islom nazariyasi bilan qaralganda: Xudo bir va barcha payg'ambarlar uning elchilari, Zabur, Tavrot Injil va Qur'on kitoblari Xudo (Alloh) tomonidan tushirilgandir. Bugungi kunda faqat Qur'ongina sof, ya'ni o'zgartirishlar kiritilmagan.
Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |