Sanskrit
Sanskrit (qad. hindcha sam skrta — mukammal, sayqallangan) — hindevropa tillari oilasiga kiruvchi qad. hind tillaridan biri. Qad. hind lahjalari asosida shakllangan va mil. av. 1-a.da Shim. Hindistonda tarqalgan. S.ning bir necha turi bor: epik S. ("Mahabharata" va "Ramayana" tili), klassik S. (qatʼiy meʼyorga tushirilgan til, mil. av. 4-a.da yaratilgan Panini grammatikasida oʻz ifodasini topgan), budda (yoki gibrid) S. (budda dini bilan bogʻliq adabiyot tili), jayn S. (jayn diniga oid adabiyot tili), veda tili yoki veda S. (k, Vedalar).
S.da 7 ta kelishik, 3 ta jins va 3 ta grammatik son kategoriyalari mavjud. Feʼlda zamon va mayl tizimi nihoyatda rivojlangan. Nutkda soʻz va morfemalarning qoʻshilishi qoidalari (sandhi) turlituman. Qoʻshma soʻzlar keng qoʻllanadi. Baʼzi hollarda bita qoʻshma soʻz butun bir gapga teng keladi. S.da juda koʻp diniy, falsafiy, ilmiy asarlar yaratilgan, ayniqsa, badiiy adabiyot keng rivojlangan. S. Hindistonda gumanitar fanlar va ibodat tilidir. Tor doirada olim brahmanlar S. dan soʻzlashuv tili sifatida foydalanadilar. S. va S. tilida yaratilgan madaniy meros qoʻshni mintaqalar (Jan.Sharqiy va Markaziy Osiyo)ga, 18-a. oxirlaridan boshlab esa Yevropa va Amerikaga ham taʼsir oʻtkazgan. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning boshlanishi S.ning kashf etilishi va oʻrganilishi bilan bogʻliq.
S.dagi matnlarni yozuvda ifodalash uchun asli brahmi yozuvidan kelib chiqqan bir qator alifbolardan (kharoʻshthi, gupta, nagari, kushon yozuvi va boshqalar) foydalanilgan. S.ni oʻrganish 2500 y. burun boshlangan (Panini va uning salaflari).
Li..Ivanov V. V., Toporov V. N., Sanskrit, M., 1960; Barrou T., Sanskrit, M., 1976.[1]
Manbalar[tahrir]
Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |