Kvebek
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kvebek — Kanadaning jan.-sharqiy qismidagi shahar. Kvebek provinsiyasining maʼmuriy markazi. San-Lavrentiy daryosining quyilish yerida. Axolisi 169,6 ming kishi (1996); koʻpchiligi kanadalik fransuzlar. K. muhim temir yoʻl tuguni. Yirik dengiz porti (yillik kj ortib-tushirish 1,5 mln. t). K. orqali chetga yogʻoch-taxta, qogʻoz, gʻalla, sut mahsulotlari, asbest chiqariladi. Yogʻoch tilish, sellyuloza-qogʻoz, kemasozlik, koʻn poyabzal, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Turistlar koʻp keladi. Laval universiteti, institutlar, Kvebek provinsiyasi muzeyi, universitet muzeyi bor. Meʼmoriy yodgorliklardan 17—19a.larga oid binolar, San-Lavrentiy daryosiga qurilgan koʻprik va b. saqlangan. Shaharga 1608 y.da asos solingan.[1]
Manbalar[tahrir]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |