Ginkgo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ginkgo (Ginkgo biloba) — ochiq urugʻli oʻsimliklar boʻlimining gingkodoshlar oilasiga mansub hozirgi yagona vakili. Daraxtning boʻyi 40 m gacha, diametri 1 m gacha; yosh niholi baʼzi nina bargli daraxtlarga oʻxshab ketadi, ammo borabora tashqi koʻrinishdan terak tusini oladi. Barglari bandli, yelpigʻichsimon, oʻrtasida oʻyigʻi bor, kuzda toʻkiladi. G. ikki uyli oʻsimlik, erkak va urgʻochi gullari kichikroq koʻchalalarga toʻplangan. Urugʻi yumaloq, danakli mevaga oʻxshaydi. Mevasi va urugʻi yeyiladi. Jan. Xitoyning baʼzi joylaridagina yovvoyi holda oʻsadi. Qrimning jan.da va Kavkazning Qora dengiz sohilida ekiladi.

Oʻrta Osiyoda G.ning barg va yogʻoch qoldiklari yuqori perm va trias davriga tegishli yotqiziqlarda topilgan. Hududda G.ning 15 dan ortiqturi oʻsgan. Jumladan 2 turi Jan. Oʻzbekistonda, Tojikiston va Turkmanistonda oʻsganligi aniqlangan. G.ning bir qancha turlari Shim. Oʻzbekistan, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va deyarli qamma davlatlarda yura, boʻr va uchlamchi davr qatlamlaridan topilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil